Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish
- 47-bob. Namozdan salom bilan chiqish
www.ziyouz.com kutubxonasi 41 «Allohummahdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman tavallayta va barik liy fiyma a’toyta va qiniy sharro ma qozoyta fainnaka taqziy va la yuqzo ‘alayka va innahu la yazillu man valayta tabarokta robbana va ta’alayt». (Ma’nosi: Ey Rabbim, hidoyat qilgan kishilaring qatori meni hidoyat qil, ofiyatda qilgan kishilaringdek meni ofiyatda qil, yordam bergan kishilaringdek menga ham yordam ber. Bergan narsalaringni menga barakali qil. Hukm qilgan narsalaringning yomonidan saqla. Sen hukm qiluvchisan. Senga hukm qilinmaydi. Senga do’st bo’lgan kishilar aslo xor bo’lmaydi. Ey Rabbim, Sen barakotli va oliy zotsan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Bayhaqiylar rivoyati Ba’zilar Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyatlarida kelgan quyidagi duoni o’qishni yaxshiroq deyishadi: «Allohumma inna nasta’iynuka va nastag’firuka va la nakfuruk va nu`minu bika va naxla’u may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq. Allohumma ‘azzibil kafarotallaziyna yasudduna ‘an sabiylika va yukazzibuna rosulaka va yuqotiluna avliyaak. Allohummag’fir lilmu`miniyna val mu`minat val muslimiyna val muslimat vaslih zata baynihim va allif bayna qulubihim vaj’al fiy qulubihimul iymana val hikmata va sabbithum ‘ala millati Rosulillah sollallohu alayhi vasallam va avzi’hum ay yufu bi’ahdikallaziy a’hadtahum ‘alayhi vansurhum ‘ala ‘aduvvika va ‘aduvvihim ilahal haqqi vaj’alna minhum». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan yordam so’raymiz va Senga istig’for aytamiz, kufr keltirmaymiz, Senga iymon keltirib, Senga fojirlik qiladiganlardan chetlanamiz. Ey Allohim, Senga sajda qilib, namoz o’qib, ibodat qilamiz. Harakat etib, Senga intilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan qo’rqamiz. Albatta, haqiqiy azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir. Ey Allohim, Sening yo’lingdan to’sadigan, rasullaringni yolg’onchiga chiqaradigan va do’stlaringni o’ldiradigan kofirlarni azobla. Ey Rabbim, mo’min-musulmon erkaklarning va mo’mina- muslima ayollarning gunohlarini kechir. Ularning oralarini isloh etib, qalblarini ulfat qil, qalblariga iymon va hikmat urug’larini soch. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam millatlarida sobitqadam qil va ahdlashgan narsalarida Sening ahding bilan vafo qilishni ularga nasib et. O’zingning va ularning dushmanlariga qarshi ularga yordam ber. Ey haq Iloh, bizni ulardan (ya’ni, nusrat berilganlardan) qil.) Imom namozda bu duolarni o’qiyotganida, faqat o’ziga xoslab emas, balki jamoat uchun qiladi. Rasululloh alayhissalom quyidagi hadislarida shunday qilishga buyurganlar. 132/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qavmga imom bo’lgan kishi duoda o’zini xoslab olmasin. Agar shundoq qiladigan bo’lsa, jamoatdagilarga xiyonat qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari (Masalan, imom «gunohlarimni kechir», demasdan, «gunohlarimizni kechir», deb ko’plik lafzida aytadi. – Tarjimon.) 44-bob. Tashahhud 133/1. Ibn Mas’ud (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 42 «Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: «Salomlar, duolar va yaxshiliklarning barchasi Alloh uchundir. Ey Payg’ambar, sizga salom va Allohning rahmatiyu barakoti bo’lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga ham salom bo’lsin. Allohdan boshqa iloh yo’q deb guvohlik beraman. Va yana Muhammad Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.) (Bizning Imom A’zam mazhablarida shu hadisdagi lafz ixtiyor qilingan. -- Tarjimon.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 134/2. Ibn Abbos (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: «Attahiyatul mubarokatus solavatut toyyibatu lillah. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadar rosululloh». Muslim rivoyatlari 135/3. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatlarida tashahhud quyidagi lafzda kelgan: «Attahiyyatut toyyibatus solavatu lillah. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Muslim rivoyatlari 136/4. Qosimga (r.a.) Oisha onamiz (r.a.) Rasululloh alayhissalomning tashahhudlari, deya quyidagilarni o’rgatganlar: «Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Imom Bayhaqiy yaxshi isnod bilan rivoyat qilganlar. 137/5. Abdurahmon ibn Umar Qoriydan rivoyat qilinadi. U kishi Umar ibn Xattob (r.a.) minbarda turib, quyidagi tashahhudni kishilarga o’rgatayotganlarini eshitgan ekanlar: «Attahiyyatu lillah, azzakiyatu lillah, attoyyibatus solavatu lillah, assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh, assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». Imom Molik va Bayhaqiy rivoyatlari 138/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu onamiz tashahhud o’qiydigan bo’lsalar, quyidagilarni aytar edilar: «Attahiyyatut toyyibatus solavatuz zakiyatu lillah. Ashhadu alla ilaha illallohu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Assalamu ‘alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». Oisha onamizdan qilingan boshqa rivoyatda esa, quyidagicha: «Attahiyyatus solavatut toyyibatuz zakiyatu lillah. Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Assalamu ‘alayka ayyuhan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 43 nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn». Imom Molik, Bayhaqiy va boshqalar rivoyati 139/7.Molik Nofe’dan, u kishi ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qiladilar: «Ibn Umar (r.a.) tashahhudni quyidagicha aytar edilar: «Bismillah, attahiyyatu lillah, assolavatu lillah, azzakiyatu lillah, assalamu ‘alan nabiyyi va rohmatullohi va barokatuh. Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn. Shahidtu alla ilaha illallohu. Shahidtu anna Muhammadar rosululloh». Imom Molik va Bayhaqiy rivoyatlari Mana shu zikr qilganlarimiz turli tashahhud duolari bo’lib, avvalgi uchtasi, ya’ni Ibn Mas’ud, Ibn Abbos, Abu Musolardan (roziyallohu anhum) qilingan rivoyatlar Rasulullohdan sobit bo’lgandir. (Bizning mazhabimiz, ya’ni Imom A’zam (rahmatullohi alayh) mazhablarida Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan birinchi hadis ixtiyor qilingan. – Tarjimon.) 140/8. Tashahhudni maxfiy o’qish sunnat amaldir. Bunga Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.): «Tashahhudni maxfiy qilish sunnatdir», deb aytgan gaplari dalil bo’ladi. Abu Dovud, Termiziy, Bayhaqiy rivoyatlari 45-bob. Tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish Namoz oxirida tashahhuddan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish Shofe’iy mazhablarida vojibdir. Kim uni tark etsa, namozi namoz emas. Nabiyning ahliga salovot aytish vojib emas, balki mustahabdir. Ammo vojib deganlar ham yo’q emas. (Imomi A’zam mazhablarida namoz tashahhud miqdorida o’tirish bilan tugallanadi. Tashahhuddan keyin ushbu salovotni aytish esa, sunnatdir.--Tarjimon.) «Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadin va ‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va rahmatda qilganing kabi, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan. Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovli ulug’ zotsan.) Tashahhuddan keyin mana bu salovotni o’qish afzaldir: «Allohumma solli ‘ala Muhammadin ‘abdika va rosulikan nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma va borik ‘ala Muhammadin nabiyyil ummiyyi va ‘ala ali Muhammadin va azvajihi va zurriyyatihi kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiyma fil ‘alamiyna innaka hamiydum majiyd». (Ma’nosi: Allohim quling, rasuling, omi nabiyying Muhammad alayhissalomni, ayollari va zurriyotlarini rahmat va yaxshilikda qil, xuddi Ibrohim alayhissalomni va oilalarini rahmat va yaxshilikda qilganingdek. Omi nabiy Muhammad alayhissalomni, u zotning ayollari va zurriyotlarini barakotli qil, xuddi Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 44 Ibrohim alayhissalomni olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq ulug’ zotsan.) 46-bob. Oxirgi tashahhuddan keyin o’qiladigan duo Tashahhuddan keyin duo qilish hech bir ixtilofsiz joiz ishdir. 141/1. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga tashahhudni o’rgatib, undan keyin xohlagan duoni o’qishni aytdilar», deydilar. Imom Muslim rivoyatlarida: «U zot xohlagan narsalarini so’rardilar», deb aytilgan. 142/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o’qib bo’lsa, to’rtta narsadan panoh so’rasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o’lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning yomonligidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Agar birortangiz tashahhudda bo’lsa, to’rt narsadan panoh tilab aytsin: «Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabi jahannama va min ‘azabil qobri va min fitnatil mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal». 143/3. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda quyidagicha duo qilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va a’uzu bika min fitnatil masiyhid dajjal va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamat. Allohumma inniy a’uzu bika minal ma`sami val mag’rom». (Ma’nosi: Allohim, qabr azobidan, Masih Dajjolning fitnasidan, tiriklik va o’lim fitnasidan, gunohkor va qarzdor bo’lishdan panoh tilayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 144/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin): «Allohummag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi o’zing bilgan gunohlarimni kechir. Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari 145/5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda o’qib yurishlari uchun bir duo o’rgatishlarini so’radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga: «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va la yag’firuz zunuba illa anta fag’firliy mag’firatan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym», deb ayting», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 45 hech kim kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan bo’lgan mag’firat ila gunohlarimni kechir va menga rahm qil. Albatta, Sen kechirguvchi hamda rahmli zotsan.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 146/6. Abu Solih Zakvondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishiga: «Namozda qanday duo qilasan?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Tashahhud o’qiyman va: «Allohumma inniy as`alukal jannata va a’uzu bika minannar» (Ey Rabbim, Sendan jannatni so’rayman va do’zaxdan panoh tilayman), deb aytaman. Ammo siz so’raganingizdek va panoh tilaganingizdek go’zal qilolmayman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shunga yaqin qilib so’ra», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari Har bir o’rinda «Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyah. Allohumma inniy as`alukal huda vattuqo val ‘ifafa val g’ina», deb aytish mustahab amaldir. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sendan afv va ofiyatni so’rayman. Ey Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni so’rayman.) 47-bob. Namozdan salom bilan chiqish Namozdan salom bilan chiqish uning asosiy ruknlaridan biri, farzlaridan bir farzdir. Uningsiz namoz namozga o’tmaydi. (Bizning mazhabimizda salom bilan chiqish vojib sanaladi. – Tarjimon.) O’ng tomonga burilganda ham, chap tomonga burilganda ham «Assalamu ‘alaykum va rohmatulloh», deb aytadi. Ammo «va barokatuh»ni qo’shmaydi. 48-bob. Kishi namozda turganida bir odam gapirsa, unga nima deydi? 147/1. Sahl ibn Sa’d Soidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning namozida biror hodisa yuz bersa: «Subhanalloh», deb aytsin», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Agar biror ish sodir bo’lsa, erkaklar tasbih aytsin, ayollar qarsak chalsin», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: «Tasbih erkaklar uchun, qarsak ayollar uchun», deyiladi. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 49-bob. Namozdan keyingi zikrlar 148/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalomdan: «Qaysi duo yaxshi eshitiladi?» deb so’rashdi, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari so’ngida qilingan duo», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari 149/2. «Sahihayn»da keltirilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini takbir bilan tugatganlarini bilaman», deb xabar berganlar. U zot boshqa bir rivoyatda yana aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida odamlar farz namozidan qaytayotib, ovozlarini baland qilib, takbir aytishar edi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 46 150/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag’firulloh», deb so’ngra: «Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug’ va hurmatli zot, Sen barakotlisan.) Muslim rivoyatlari 151/4. Mug’iyra ibn Sho’’ba (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig’ bo’lsalar: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: «Allohdan o’zga iloh yo’q, Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani ma’n qiluvchi yo’q. Va Sen ma’n qilgan narsani beruvchi yo’q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 152/5. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz ketidan tahlil aytar edilar», deydilar. O’zlari ham har namoz ketidan: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Allohdan boshqa iloh yo’q. Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh yo’q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham.) Muslim rivoyatlari 153/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kambag’al muhojirlar kelib: «Badavlat kishilar oliy darajalarga ko’tarilib, ne’matda bizdan o’zib ketishdi. Ular biz namoz o’qigandek namoz o’qiydilar, biz ro’za tutgandek ro’za tutadilar, shularning ustiga, mollarini sarflab, haj, umra, sadaqa hamda jihod qiladilar», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga bir narsa o’rgataymi? U bilan sizlardan o’zib ketganlarga yetib olasiz va keyingilardan o’zib ketasizlar, biror kishi sizlardan afzal bo’lolmaydi. Faqat sizlar qilgan amalni qilsa, afzal bo’ladi», dedilar. Sahobalar: «O’rgating, ey Rasululloh», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir namozning ortidan o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb aytinglar», deb buyurdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 154/7. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har bir farz namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», tasbihlarini aytsa kambag’al bo’lmaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari 155/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb yuzinchisini «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 47 shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechiriladi», dedilar. Muslim rivoyatlari 156/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz so’ngida ushbu kalimalarni aytib, panoh tilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni va a’uzu bika an arudda ila arzalil ‘umuri va a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min ‘azabil qobr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, qo’rqoqlikdan, umrning zoe’ bo’lishidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh berishingni tilayman.) Buxoriy rivoyatlari 157/10. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, -- dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. – Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Birinchisi, har bir namoz so’ngida o’n martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deyish. Bu bir kunda tilda 150 ta, mezonda bo’lsa, 1500 tadir. Ikkinchisi, to’shakka kirganda, uxlashdan oldin o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah» va o’ttiz to’rt marta «Allohu akbar», desa, tilida 100 ta, mezonda esa, 1000 ta bo’ladi». Rasululloh buni qo’llari bilan ta’kidladilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun yengil bo’lsa ham, uni bajaradiganlar oz?» deb so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uxlashni xohlagan paytda shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishdan oldin uxlatib qo’yadi. Namoz o’qib bo’lganidan keyin ham shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishidan oldin unga bir zarur ishni eslatadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari 158/11. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so’ngida o’qishni buyurdilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Abu Dovudning rivoyatlarida: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qish lozim, deyilgan. 159/12. Muoz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo’llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko’raman va senga har namoz so’ngida «Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya qilaman», dedilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go’zal bajarishda menga yordam ber.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 160/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini tamomlasalar, o’ng qo’llarini peshonalariga surtib: «Ashhadu alla ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ‘annil hamma val hazan», deb aytardilar. (Ma’nosi: Rahmon va rahiym sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q, deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, mendan g’am va xafachiliklarni ketkaz.) Ibn Sunniy rivoyatlari 161/14. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror farz yoki nafl namoz so’ngida yaqinlashsam, u zotning: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 48 «Allohummag’firliy zunubiy va xotoyaya kullaha. Allohumman’ishniy vajburniy vahdiniy lisolihil a’mali val axlaq, innahu la yahdiy lisolihiha va la yasrifu sayyiaha illa anta», deb aytayotganlarini eshitar edim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimning hammasini kechir. Ey Rabbim, meni ishlarimda faol qil, isloh et va xulq, amallarning yaxshisiga hidoyat qil. Sendan o’zgasi ishlarning yaxshisiga hidoyat qilib, yomonidan burolmaydi.) Ibn Sunniy rivoyatlari 162/15. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar (salom berishdan oldin yoki keyin – aniq bilmayman): «Subhana robbika robbil ‘izzati ‘amma yasifun va salamun ‘alal mursaliyn valhamdu lillahi robbil ‘alamiyn», deb aytar edilar» (Ma’nosi: Izzat egasi bo’lgan Parvardigoringiz ular sifatlayotgan narsadan pokdir. Barcha payg’ambarlarga salom bo’lsin, olamlarning Rabbiga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 162-b/16. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig’ bo’lsalar: «Allohummaj’al xoyra ‘umuriy axirohu va xoyro ‘amaliy xovatimahu vaj’al xoyro ayyamiy yavma alqoka», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Alohim, umrimning yaxshisini oxiri, amalimning yaxshisini xotimasi va kunlarimning yaxshisini Senga yo’liqadigan kun qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 163/17. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz so’ngida: «Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri va ‘azabil qobr», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim, kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan Sendan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 164/18. Fazola ibn Ubaydullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz namoz o’qisa, Allohga hamd va sano aytish bilan boshlasin. Keyin Rasulullohga salovot aytib, so’ngra xohlaganicha, duo qilsin», dedilar. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling