Al-Azkor min kalami sayyidil abror


-bob. Iqomat paytida o’qiladigan duo


Download 5.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
#174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38

32-bob. Iqomat paytida o’qiladigan duo 
 
100/1. Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Duo ijobat bo’lishini askarlar dushmanga 
to’qnashganida, namozga iqomat aytilganida va yomg’ir yog’ayotgan paytda izlanglar». 
 
Bu hadisni Imom Shofe’iy mursal holatda rivoyat qilganlar. 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
33-bob. Namozga kirganda o’qiladigan zikrlar 
 
Bu bob juda kengdir. Juda ko’p sahih hadislar turli darajada kelgan. Ammo biz bu yerda 
asl maqsadlardan ogoh etgan holda, nozik va nodirlariga to’xtalamiz. Ko’p dalillarni 
qisqartirdik. Bu kitobni yozishimizdan maqsad, boshda aytilganidek, dalillarni bayon 
qilish emas, balki amal qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aytishdir. Alloh o’zi muvaffaq 
qilsin. 
 
 
34-bob. Takbiri tahrima 
 
Har qanday namozning boshida, u xoh farz bo’lsin, xoh nafl, takbiri tahrimani (namoz 
amallaridan boshqa narsalarni harom qiluvchi takbirni) aytish bilangina namoz durust 
bo’ladi. (Bizning Hanafiy mazhabida buni aytish namozning birinchi farzidir.) Takbiri 
tahrimaning lafzi «Allohu akbar» kalimasidir. Bu takbir ikki rak’atli namozda o’n bir 
marta takrorlanadi. Uch rak’atli namozda o’n yetti, to’rt rak’atli namozda yigirma ikki 
marta takrorlanadi. Ya’ni, har bir rak’atda beshtadan takbir aytiladi. Bularning bittasi 
ruku’da, to’rttasi ikkita sajdaga borishda va undan ko’tarilishda. Yana avvalgi 
tashahhuddan turayotgandagi takbir ham bor. 
 
Bu takbirlarni aytish sunnatdir. Ularni qasddan yoki xato qilib tark etgan bilan namoz 
buzilmaydi, sahv sajdasi ham qilinmaydi. Faqat namozning avvalidagi takbiri tahrima 
bunday emas. 
 
 
35-bob. Takbiri tahrimadan keyingi duolar 
 
Bu borada juda ko’p hadislar kelgan. Ular umumiy holda quyidagicha duolar qilishni 
taqozo etadi:  
 
«Allohu akbar kabiyro, valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi bukrotan va asiyla, 
vajjahtu vajhiy lillaziy fataros samavati val-arza haniyfam musliman va ma ana minal 
mushrikiyn, inna solatiy va nusukiy va mahyaya va mamatiy lillahi robbil olamiyna la 
shariyka lahu va bizalika umirtu va ana minal muslimiyn. Allohumma antal maliku la 
ilaha illa anta robbiy va ana ‘abduka zolamtu nafsiy va’taraftu bizanbiy, fag’firliy zunubiy 
jamiy’a, fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta, vahdiniy liahsanil axloqi la yahdiy 
liahsaniha illa anta, vasrif ‘anniy sayyiaha la yasrif sayyiaha illa anta, labbayka va 
sa’dayka valxoyru kulluhu fiy yadayka vashsharru laysa ilayka ana bika va ilayka 
taborokta va ta’alayta, astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Alloh buyuklarning 
buyugidir. Allohga bisyor hamd bo’lsin. Allohni ertayu kech poklab yod eturman. Yuzimni 
hanif va musulmon bo’lgan holda yeru osmonni yaratgan Zotga yuzlantirdim. Men 
mushriklardan emasman. Albatta, namozim, qurbonligim, tirikligim va o’limim 
olamlarning rabbi Alloh uchundir. Uning biror sherigi yo’qdir. Men shuni aytishga 
buyurilganman va men musulmonlardanman. Ey Rabbim, Sen malikdirsan, Sendan 
boshqa iloh yo’q. Sen rabbimsan, men esa, bandangman. Men nafsimga zulm qildim. 
Gunohlarimni e’tirof qildim. Gunohlarimning barchasini kechirgin, chunki gunohlarimni 
Sengina kechirasan, xolos. Xulqlarning eng yaxshisiga meni hidoyat qil. Sendan 
boshqasi hidoyat qila olmas. Va meni yomonliklardan chetlatgin. Sendan boshqasi 
chetlata olmas. Ijobat qilaman, yaxshilikning barchasi Sening qo’lingda. Yomonlik esa, 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
Senga emas. Men esa, Sening noming ila Senga qaytaman. Sen barakotli va oliysan. 
Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.) Muslim rivoyatlari 
 
Muhaddislar, fuqaholar, sahobalar, tobe’inlar va ulardan keyin kelgan musulmon 
ulamolar barchalari, yaxshilik, yomonlik va foyda, zararning hammasi Allohning hohishi 
va taqdiri bilan bo’lishiga ittifoq qilishgan.Shuning uchun duodagi «yomonlik esa, Senga 
emas» degan iborani bir oz ta’vil qilishga to’g’ri keladi. Ulamolarimiz javoblari qu-
yidagicha bo’lgan. Nazr ibn Shumayl, yomonlik Senga yaqin bo’lmaydi, deganlar. 
Ikkinchilari, yomonlik Senga ko’tarilmaydi, senga faqat yaxshi so’zlar ko’tariladi, 
deganlar. Uchinchilari, odob jihatidan Unga nisbat qilinmaydi, ya’ni, haqiqatda 
cho’chqani yaratgan bo’lsa ham, ey cho’chqani yaratuvchi, deyilmay-di-ku? To’rtinchilari 
esa, Sening hikmatingda yomonlikka nisbat beriladigan narsa yo’qdir, chunki Sen biror 
narsani behuda yaratmaysan, deyilgan.  
 
Takbiri tahrimadan keyin quyidagi duoni o’qisa ham bo’ladi: 
 
 «Allohumma ba’id bayniy va bayna xotoyaya kama ba’adta baynal mashriqi val mag’rib. 
Allohumma naqqiniy min xotoyaya kama yunaqqis savbul abyazu minad-danasi, 
Allohumma ag’silniy min xotoyaya bis-salji val-mai val-barod». (Ma’nosi: Ey Rabbim
men bilan xatolarim orasini mashriq bilan mag’ribning orasini uzoq qilganingchalik uzoq 
qil. Ey Rabbim, oq kiyimni kirlardan tozalaganingdek, meni xatolarimdan tozala. Ey 
Rabbim, mening xatolarimni qor, suv va do’llar bilan yuv.)  
 
101/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozni boshlasalar:  
 
«Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha 
g’oyruk», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni aybu 
nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa 
iloh yo’qdir.) 
 
Bu hadisni «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan va zaif deyishgan. Lekin Umar ibn 
Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan xuddi shu lafzdagi hadisni sahih, deb aytishgan. 
(Bizning Imomi A’zam (r.a.) mazhablarida mana shu duoni o’qiladi.-- Tarjimon.) 
 
102/2. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirsalar:  
 
«La ilaha illa anta subhanaka zolamtu nafsiy va ‘amiltu su’an fag’firliy, innahu la 
yag’firuz zunuba illa anta, vajjahtu vajhiy»ni oxirigacha o’qir edilar». Bayhaqiy 
rivoyatlari 
 
Bu hadis zaifdir, chunki Alidan rivoyat qilgan roviy Horis al-A’varni yolg’onchi ekaniga 
ittifoq qilingan. Sha’biy, Horis yolg’onchi edi, deb aytgan.  
 
 
36-bob. Namozni ochuvchi duodan keyin «a’uzu»ni aytish 
 
Namozda takbiri tahrimadan keyin «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytish 
sunnat amaldir. Qur’oni karimning Nahl surasi 98-oyatida:  

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
 
«Agar Qur’on o’qisang, la’nati shaytondan Allohning (nomi) ila panoh tila»
deyilgan.  
Bu oyatdan ixtiyor qilingan narsa «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytishdir. 
 
Ba’zilar, bundan «A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym»ni aytish qasd 
qilingan, deyishgan. 
 
Lekin avvalgi lafz bilan aytish mashhurdir. 
 
 
37-bob. «A’uzu»dan keyingi qiroat 
 
Namozda qiroat qilish farzdir. Uning o’rnini boshqasi bosmaydi. Bunga quyidagi sahih 
hadis dalil: Rasululloh alayhissalom: «Fotiha surasi o’qilmagan namoz hisobga 
o’tmaydi», dedilar. Ibn Huzayma va Ibn Hibbon rivoyatlari 
 
Yana: «Namoz Fotiha surasi bilangina namozdir», deb aytganlar Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
104/1. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Bir kechasi Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam bilan birga namoz o’qidim. U zot Baqara surasini boshladilar. Yuz oyatda 
ruku’ qilsalar kerak, deb o’yladim. Ammo namozda davom etdilar. Hammasini o’qib 
bo’lib, ruku’ qilsalar kerak, deb o’yladim. Ammo namozda davom etdilar. So’ng Oli 
Imron surasini boshladilar. Keyin Niso surasini shu taxlit o’qidilar. Ohista va shoshilmay 
qiroat qildilar. Biror oyatni o’qiyotganlarida tasbih kelsa, tasbih aytdilar, so’raladigan 
narsa kelsa, so’radilar, panoh tilaydigan oyat kelsa, panoh tiladilar». Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
Sohiblarimiz aytishadi: «Imomga, ergashuvchiga, yolg’iz o’qiyotgan kishiga namozda 
yoki boshqa narsada tasbih aytish, so’rash, panoh tilash oyatlari kelganida, ana shularni 
qilish mustahabdir. Shuningdek, Vat-tiyn surasining  
 
«Axir Alloh hukm qilguvchilarning eng adolatlisi emasmi?!» oyati o’qilganini 
eshitsa, «Ha, Alloh taolo qiyomat kunida eng odil hukm qilguvchi ekaniga iqrorman», 
deb aytish, Qiyomat surasining 40-oyatidagi  
«Ana shu (Alloh) o’liklarni tiriltirishga qodir emasmi?!» oyatini eshitganida, 
«Albatta, Alloh bunga qodirdir!» deb javob qilish yoki A’lo surasidagi  
«Eng oliy zot bo’lmish Parvardigoringizning nomini (har qanday aybu 
nuqsondan) poklang!» oyati o’qilganida, «Oliy rabbim Alloh ayb-nuqsonlardan 
pokdir», deyish mustahabdir. 
 
 
38-bob. Ruku’dagi zikrlar 
 
Namoz o’qiyotgan kishi ruku’ga to’la egilsa;  
«Subhana robbiyal ‘aziym», deb ruku’ zikrlarini aytadi. (Ma’nosi: Ulug’ Rabbim 
nuqsonlardan pokdir.) 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
105/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’larini 
Baqara, Niso va Oli Imron suralarini o’qish darajasida uzun qilar edilar. Unda «Subhana 
robbiyal ‘aziym»ni takrorlardilar». Imom Muslim rivoyatlari 
 
«Sunani Abu Dovud»da esa, quyidagicha kelgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar sizlardan biringiz «Subhana robbiyal ‘aziym», deb uch marta aytsa, ruku’si komil 
bo’ladi», dedilar». 
 
106/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’lari va 
sajdalarida:  
 
«Subhanakallohumma robbana va bihamdik, Allohummag’firliy», deb aytar edilar». Buni 
Qur’ondan ta’vil qilardilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey 
Rabbim, gunohlarimni mag’firat qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari  
 
107/3. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ qilsalar:  
 
«Allohumma laka raka’tu va bika amantu va laka aslamtu xosha’a laka sam’iy va basoriy 
va muxxiy va ‘azmiy va ‘asabiy» (Allohim, Senga ruku’ qildim va Senga iymon keltirdim. 
Senga bo’yin egdim va Senga qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, paylarim bo’ysindi), 
der edilar». Imom Muslim rivoyatlari 
 
«Sunan» kitoblarida esa,  
 
«Xosha’a sam’iy va basoriy va muxxiy va ‘azmiy va mastaqollat bihi qodamiy lillahi 
robbil ‘alamiyn» lafzi bilan kelgan. (Ma’nosi: Qulog’im, ko’zim, miyam, suyagim, 
yuruvchi oyog’im olamlarning rabbi Alloh uchun bo’ysindi.) 
 
108/4. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ 
va sajdalarida:  
 
«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh» (Farishtalar va Jabroilning rabbi subbuh 
va quddus sifatli Allohdir), deb aytar edilar». Imom Muslim rivoyatlari 
 
109/5. Avf ibn Molik (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga 
namoz o’qiganimda, u zot Baqara surasini o’qidilar. Rahmat oyati kelsa, rahmat 
so’radilar, azob oyati o’tsa, to’xtab panoh tiladilar. So’ng qiyomda turganlaricha ruku’ 
qildilar. Ruku’larida:  
 
«Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat» (Jabarut, malakut, kibriyo 
sifatli Allohni poklab yod eturman), deb o’qidilar. So’ng sajdalarida ham xuddi shundoq 
qildilar». Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 
 
110/6. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ruku’ga borganingizda Rabbingizni ulug’langlar», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 
 
Bu hadisdan Alloh taoloni qaysi lafz bilan bo’lsa ham, ruku’da ulug’lash tushuniladi. 
(Bizning Imomi A’zam mazhablarida «Subhana robbiyal ‘aziym»ni aytish yuqoridagi 
hadisda aytilganidek, Allohni ulug’lash hisoblanadi. – Tarjimon.)  

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
 
111/7. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’da yoki 
sajdada qiroat qilishdan qaytardilar». Imom Muslim rivoyatlari 
 
112/8. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Ogoh bo’linglarki, 
men ruku’da yoki sajdada Qur’on o’qishdan qaytarildim», dedilar. Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
 
39-bob. Ruku’dan bosh ko’targanda va tik turganda o’qiladigan duolar 
 
Ruku’dan bosh ko’tarilganida «Sami’allohu liman hamidah», deyilishi sunnat amaldir. 
 
113/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ruku’dan qomatlarini ko’targanlarida: 
 
«Sami’allohu liman hamidah» (Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi), tik bo’lganlarida esa, 
«Robbana lakal hamd» (Rabbimiz, Senga hamd bo’lsin), deb aytar edilar (ba’zi 
rivoyatlarda: «Robbana va lakal hamd», bo’lib kelgan). Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
114/2. Ali (r.a.) va Ibn Abu Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ruku’dan boshlarini ko’targanlarida:  
 
«Sami’allohu liman hamidah, Robbana lakal hamdu mil`as samavati va mil`a larzi va 
mil`a ma shi`ta min shay`in ba’d», der edilar. (Ma’nosi: Kim hamd aytsa, Alloh uni 
eshitadi. Rabbimiz, Senga osmon to’laligicha, yer to’laligicha va undan keyin nimani 
xohlasang, o’shaning to’laligicha hamd bo’lsin.) Muslim rivoyatlari 
 
115/3. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ruku’dan boshlarini ko’tarsalar:  
 
«Allohumma robbana lakal hamdu mil`as samavati val arzi va mil`a ma shi`ta min 
shay`in ba’d, ahlas sanai val majd. Ahaqqu ma qolal ‘abdu va kulluna laka ‘abd. 
Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi 
minkal jadd», der edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Senga yeru osmon to’laligicha va undan 
keyin nimani xohlasang, o’shaning to’laligicha hamd bo’lsin. Ey Alloh Sen sano va 
ulug’lik ahlidansan. Banda aytadigan narsaga haqliroqsan. Va barchamiz Senga 
bandamiz. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man’ qiluvchi yo’q. Sen man’ qilgan narsani 
beruvchi yo’q. Boshqalarning buyukligi hech narsa emas, buyuklik faqat Sendandir.) 
Imom Muslim rivoyatlari  
 
116/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyatlarida: 
 
«Robbana lakal hamdu mil`as samavati va mil`al arzi va ma baynahuma va mil`a ma 
shi`ta min shay`in ba’d», lafzida kelgan. Imom Muslim rivoyatlari 
 
117/5. Rifo’ata ibn Rofi’ Zarqiy (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam ortlarida namoz o’qiyotganimizda, u zot ruku’dan boshlarini 
ko’tarib:  

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
 
«Sami’allohu liman hamidah», dedilar. Shunda bir kishi:  
 
«Robbana va lakal hamd, hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh» (Ey Rabbim, 
Senga ko’p, yaxshi, muborakli hamd bo’lsin), dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozni tugatib: «Bu kalimalarni kim aytdi?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Men», deb 
javob berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’ttizdan ortiq farishta uni birinchi 
bo’lib yozishga shoshilayotganini ko’rdim», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
 
40-bob. Sajdadagi zikrlar 
 
Huzayfa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqara, Oli Imron, Niso 
suralarini bir rak’atda o’qiganlarida, rahmat oyati kelsa, uni so’rar, azob oyati kelsa, 
undan panoh tilar, so’ng sajda qilar edilar, sajdalari qiyomlariga yaqin bo’lardi. Unda 
«Subhana robbiyal a’la»ni aytardilar. (Ma’nosi: Oliy Rabbim aybu nuqsonlardan pokdir.) 
Muslim rivoyatlari 
 
118/1. Mo’minlar onasi Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom ruku’ va 
sajdalarida:  
 
«Subhanakallohumma robbana bihamdik, Allohummag’firliy», der edilar. (Ma’nosi: Ey 
Rabbim, Senga hamd aytib, Seni poklayman. Ey Rabbim, mening gunohlarimni mag’firat 
qil.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari  
 
119/2. Yana Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruku’ 
va sajdada:  
 
«Subbuhun quddusur robbul malaikati varruh»ni aytar edilar. Muslim rivoyatlari 
 
120/3. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar sajda qilsalar:  
 
«Allohumma laka sajadtu va bika amantu va laka aslamtu, sajada vajhiy lillaziy 
xolaqohu va sovvarohu va shaqqo sam’ahu va basoroh, tabarokallohu ahsanul xoliqiyn», 
deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga sajda qildim va Senga iymon keltirdim va 
Senga bo’yin egdim. Yuzim xalq qiluvchi va suvrat beruvchi va ko’zni, quloqni ochuvchi 
Zotga sajda qildi. Xalq qiluvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli bo’ldi.) Imom Muslim 
rivoyatlari 
 
121/4. Avf ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzoq 
ruku’ qilib, unda:  
 
«Subhana zil jabaruti val malakuti val kibriyai val ‘azomat»ni aytar edilar. Sajdalarida 
ham xuddi shundoq qilardilar. Sunan kitoblarida rivoyat qilingan. 
 
122/5. Rasululloh alayhissalom: «Agar birortangiz sajda qilsa, kamida uch marta:  
 
«Subhana robbiyal a’la», deb aytsin», dedilar. Sunan kitoblarida rivoyat qilingan. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
123/6. Oisha (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Bir kuni Rasulullohni topolmay qoldim. 
Axtarib borsam, ruku’ (yoki sajda) qilayotgan ekanlar. Unda:  
 
«Subhanaka va bihamdika la ilaha illa anta»ni aytayotgan edilar. (Ma’nosi: Senga hamd 
aytish bilan Seni poklayman. Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari 
 
Muslimning boshqa bir rivoyatlarida Oisha onamiz aytadilar: «Mening qo’lim Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallamning oyoqlariga tegib ketdi. U zot oyoqlarini uzatib, sajdada 
turganlarida:  
 
«Allohumma a’uzu bika birizoka min saxotika va bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu 
bika minka, la axsiy sanaan ‘alayk, anta kama asnayta ‘ala nafsik»ni o’qiyotgan edilar». 
(Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening roziliging bilan g’azabingdan, ofiyating bilan uqubatingdan 
panoh tilayman. Sening noming ila Sendan panoh tilayman (ya’ni g’azabingdan). Men 
Senga Sen o’zingga sano aytganing kabi ko’p sano ayta olmayman.)  
 
124/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ruku’da Allohni ulug’langlar, sajdada duoni ko’paytiringlar, chunki (sajdadagi duo) 
ijobat bo’lishga loyiqdir», dedilar. Muslim rivoyatlari 
 
125/8. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bandaning 
Rabbiga eng yaqin bo’ladigan payti sajdada turganidadir. Unda (sajdada) duoni 
ko’paytiringlar», dedilar». Muslim rivoyatlari 
 
126/9. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
sajdalarida: 
 
«Allohummag’firliy zambiy kullahu, diqqohu va jillahu va avvalahu va axirohu va 
‘alaniyatahu va sirroh»ni aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, gunohlarimning hammasini, 
ozini va ko’pini, avvalgisi va oxirgisini, ochiqchasini va maxfiyini kechir.) Muslim 
rivoyatlari 
 
Agar imkoni bo’lsa, yuqoridagi zikr qilgan duolarimizning hammasini jamlab, bitta 
sajdada o’qish mustahabdir. Ammo imkoni bo’lmasa, uch marta «Subhana robbiyal 
a’la», desa kifoya qiladi. 
 
Fasl: Tilovat sajdasini qilganda, namoz sajdasining duolari o’qilaveradi. Ularga 
qo’shimcha quyidagi duoni o’qish mustahabdir:  
 
«Allohummaj’alha liy ‘indaka zuxron va a’zim liy biha ajron va zo’ ‘anniy biha vizron va 
taqobbalha minniy kama taqobbaltaha min Davuda ‘alayhissalam». (Ma’nosi: Ey 
Rabbim, uni menga huzuringda zaxira qil, u sababli ajrimni ko’paytir, u tufayli 
gunohlarni mendan ketkaz, Dovud alayhissalomdan qabul qilganingdek, mendan ham 
qabul et.) 
 
127/10. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur’on sajdasida: 
 
«Sajada vajhiy lillaziy xolaqohu va shaqqo sam’ahu va basorohu bihavlihi va quvvatih», 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
der edilar. (Ma’nosi: «Yuzimni yaratgan va unda kuch-quvvati bilan ko’z-quloqni ochgan 
Zotga yuzim sajda qildi.) Termiziy, Abu Dovud, Nasoiy rivoyatlari 
 
 
41-bob. Sajdadan boshini ko’targanda va ikki sajda orasida o’qiladigan duolar 
 
128/1. Huzayfa (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tungi 
namozda qiyomni uzun qilib, Baqara, Niso, Oli Imron suralarini o’qirdilar. Ruku’lari va 
sajdalari qiyom miqdoricha bo’lar edi. Ikki sajda o’rtasida: 
 
«Robbig’firliy, robbig’firliy» (Rabbim, meni mag’firat et), der va orada sajda miqdoricha 
o’tirar edilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Bayhaqiylar rivoyati 
 
129/2. Ibn Abbos (r.a.) xolalari Maymuna (r.a.) uylarida yotib qolganlarida, 
Rasulullohning tungi namozlari haqida ko’rganlarini quyidagicha rivoyat qiladilar: 
«Rasululloh sajdadan boshlarini ko’tarsalar:  
 
«Robbig’firliy varhamniy vajburniy varfa’niy varzuqniy vahdiniy va ‘afiniy», deb aytar 
edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunohlarimni kechir, menga rahm qil, menga yordam ber, 
meni oliy martabalarga ko’tar, menga rizq ber, meni hidoyatda va ofiyatda qil.) 
Bayhaqiy va Abu Dovud rivoyatlari 
 
 
42-bob. Ikkinchi rak’atdagi zikrlar 
 
Birinchi rak’atda nimalar o’qilgan bo’lsa, ikkinchi rak’atda ham shular aytiladi. Faqat 
takbiri tahrima, sano va a’uzu aytilmaydi. Va ikkinchi rak’atdagi qiroat avvalgisiga 
qaraganda qisqaroq bo’ladi. 
 
 
43-bob. Vitrdagi qunut duosi 
 
Vitr namozida qunut duosini o’qish vojibdir. 
 
130/1. «Allohumma inna nasta’iynuka va nastahdiyka va nastag’firuka va natubu ilayka 
va nu`minu bika va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyro kullah, nashkuruka va 
la nakfuruka va naxla’u va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka 
nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna 
‘azabakal jidda bilkuffari mulhiq» (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening yordam berishingni, 
hidoyat qilishingni, gunohlarni kechishingni so’rayman. Senga tavba qildim, iymon 
keltirdim va Senga suyandim. Yaxshiliklarning barchasi bilan Seni sifatlaymiz. Senga 
shukr qilamiz, noshukrlik qilmaymiz. Senga fojirlik qilganlardan chetlashamiz. Ey 
Rabbim, Senga ibodat, namoz, sajda etamiz. Va Sening yo’lingda sa’y-harakat qilib, 
rahmatingni umid qilamiz. Azobingdan qo’rqamiz. Albatta, haq azobing kofirlarga ro’para 
qilinuvchidir.) Ibn Abu Shayba rivoyatlari 
 
131/2. Hasan ibn Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhicsalom menga bir qancha 
kalimalarni o’rgatdilar. Ularni men vitrda aytaman. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling