Al-Azkor min kalami sayyidil abror


Download 5.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/38
Sana10.02.2017
Hajmi5.11 Kb.
#174
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
201/32. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
tongda va kech kirganida:  
 
«Robbiyalloh, tavakkaltu ‘alayhi la ilaha illa huv, ‘alayhi tavakkaltu va huva robbul ‘arshil 
‘aziym, la ilaha illallohul ‘aliyyul ‘aziym. Ma sha`allohu kana va ma lam yasha` lam 
yakun. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay`in 
‘ilma», deb aytsa, so’ng vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Rabbim Allohdir. 
Unga tavakkal qildim. Undan boshqa iloh yo’q. Unga tavakkal qildim. U ulug’ arshning 
Rabbidir. Ulug’ va oliy Allohdan boshqa iloh yo’q. U xohlagan narsa bo’ladi. U 
xohlamagan narsa bo’lmaydi. Alloh hamma narsaga qodir ekanini bilaman. Albatta, Alloh 
hamma narsani ilmi bilan ihota qilgan zotdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari  
 
202/33. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar Abu 
Zamzamdek bo’lolmaysizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, Abu Zamzam kim?» 
deb so’rashdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «U har tong otganida:  
 
«Allohumma inniy qod vahabtu nafsiy va ‘irziy lak» (Allohim, men nafsimni, obro’yimni 
Senga topshirdim), der, biror kishi uni so’ksa, u so’kmas, biror kishi unga zulm qilsa, u 
zulm qilmas, biror kishi uni ursa, u urmas edi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
203/34. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
har kuni tong otganida va kech kirganida:  
 
«Hasbiyallohu la ilaha illa huv, ‘alayhi tavakkaltu va huva robbul ‘arshil ‘aziym» (Alloh 
menga kifoya qiladi. Undan boshqa iloh yo’q. Unga tavakkal qildim. U ulug’ arshning 
rabbidir), deb yetti marta aytsa, uning dunyo va oxiratdagi muhim ishlarida Allohning 
o’zi kifoya qiladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
204/35. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim tong otganida «Ha, Miym»dan «ilayhil masiyr»gacha (o‘ofir surasi, 1--3) va 
Oyatul kursiyni o’qisa, kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kim u ikkitasini kech kirganida 
o’qisa, tong otgunicha muhofaza qilinadi», dedilar. Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod 
bilan rivoyat qilishgan. 
 
205/36. Talq ibn Habibdan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Abu Dardoning (r.a.) oldlariga 
kelib: «Ey Abu Dardo, uyingiz yonib ketdi», dedi. Abu Dardo esa: «Alloh azza va jalla 
bunday qilishi mumkin emas. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir 
nechta kalimani eshitganman. Kim ularni kunduzi aytsa, kech kirgunicha unga biror 
musibat yetmaydi. Kim ularni kechki payt aytsa, tong otgunicha unga biror musibat 
yetmaydi, deganlar. U duo quyidagicha: 
 
 «Allohumma anta robbiy, la ilaha illa anta ‘alayka tavakkaltu va anta robbul ‘arshil 
‘aziym. Masha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. La havla va la quvvata illa 
billahi ‘aliyyil ‘aziym. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr va annalloha qod ahato 
bikulli shay`in ‘ilma. Allohumma inniy a’uzu bika min sharri nafsiy va min sharri kulli 
dabbatin anta axizun binasiyatiha, inna robbiy ‘ala sirotim mustaqiym». (Ma’nosi: 
Allohim, Sen parvardigorimsan. Sendan boshqa iloh yo’q. Senga tavakkal qildim. Sen 
ulug’ arsh Rabbidirsan. Sen xohlagan narsa bo’ladi, xohlamaganing bo’lmaydi. Ulug’ va 
oliy Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Albatta, Alloh har bir narsaga qodir 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
ekanini bilaman. Albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir. Ey Rabbim, 
nafsimning yomonligidan va peshonasidan tutadiganing har bir hayvonning 
yomonligidan Sening noming ila panoh tilayman. Albatta, ey Rabbim, Sening yo’ling 
to’g’ri yo’ldir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan birining rivoyatida 
keltirilishicha, bir kishi u sahobaning oldlariga kelib, uyingiz yonib ketdi, deb xabar 
berganida, bu sahoba: «O’nishi mumkin emas. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamdan, kimki tong otganda shu kalimalarni o’qisa nafsiga, ahliga, moliga yomon 
ko’rgan biror narsa yetmaydi, deganlarini eshitib, bugun shu kalimalarni o’qigan edim», 
dedilar. So’ngra u kishi bilan birga hovlisiga borishsa, hovli atrofi yonib, uyga zarar 
yetmagan ekan.  
 
 
52-bob. Juma tongida aytiladigan zikrlar 
 
206/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma 
kuni bomdod namozidan oldin: 
 
«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta 
aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechirib yuboradi», 
dedilar. (Ma’nosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo’q va Unga istig’for 
aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
Juma kuni quyosh chiqqandan boshlab, toinki quyosh botgungacha, ijobat soatiga 
yo’liqish umidida duo bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. Bu ijobat vaqti xususida 
ixtiloflar ko’p. Bularning eng to’g’risi Abu Muso Ash’ariy Rasulullohdan qilgan quyidagi 
rivoyatlaridir: 
 
«Albatta, u vaqt juma kuni imom minbarga o’tirishi bilan namozdan salom bergungacha 
bo’lgan payt oralig’idadir». Muslim rivoyatlari 
 
 
53-bob. Quyosh chiqqanda aytiladigan zikrlar 
 
207/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
quyosh chiqsa:  
 
«Alhamdu lillahillaziy jallalanal yavma ‘afiyatahu va jaa bish shamsi min matla’iha. 
Allohumma asbahtu ashhadu laka bima shahidta bihi linafsika va shahidat bihi 
malaikatuka va hamalatu ‘arshika va jamiy’u xolqika annaka antallohu la ilaha illa antal 
qoimu bilqist, la ilaha illa anta ‘aziyzul hakiym. Uktub shahadatiy ba’da shahadati 
malaikatika va ulil ‘ilm. Allohumma antas salamu va minkas salamu va ilaykas salamu 
as`aluka ya zal jalali val ikromi an tastajiyba lana da’vatana va an tu`tiyana rog’batana 
va an tug’niyana ‘amman ag’naytahu ‘anna min xolqik. Allohumma aslih liy diyniyallaziy 
huva ‘ismatu amriy va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’iyshatiy va aslih liy axirotiyallatiy 
ilayha munqolabiy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bugun bizga ofiyatini buyuk etgan va 
quyoshni chiqadigan tarafidan keltirgan Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, tong ottirdim 
va o’zingga guvohlik bergan narsangga, farishtalaring, arshingni ko’tarib turuvchilar va 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
butun maxluqotlar guvohlik bergan narsalarga guvohlik beraman. Albatta, Sen Allohsan, 
Sendan boshqa iloh yo’q. Sen odillik bilan turuvchi zotsan. Aziz va hakim sifatli Zotdan 
boshqa iloh yo’q. Farishtalaring va ilm egalari shahodatlaridan keyin mening 
shahodatimni ham yoz. Ey Rabbim, Sen salom sifatli Zotsan. Salom Sendandir. Salom 
Senga qaytajakdir. Ey ulug’ va hurmatli Zot, Sendan duolarimizning ijobat bo’lishini, 
rag’batlarimizning hosil bo’lishini va maxluqlaringning behojatlari qatori bizlarni ham 
behojat qilishingini so’rayman. Ey Rabbim, ishlarimning poklaguvchisi bo’lgan dinimni 
isloh qil, yashashim unda bo’lgan dunyoimni isloh qil va qaytishim unga bo’ladigan 
oxiratimni ham isloh qil.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
208/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zot quyosh chiqishini kuzatishga 
bir kishini tayinlar edilar. Ana shu kishi quyosh chiqqanining xabarini bersa:  
 
«Alhamdu lillahillaziy vahaba lana hazal yavma va aqolana fiyhi min asarotina», deb 
aytardilar. (Ma’nosi: Bizga bu kunni bergan va xatolarimizni afv etgan Allohga hamdlar 
bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
 
54-bob. Quyosh ko’tarilganda aytiladigan zikrlar 
 
209/1. Amr ibn Abasa (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quyosh 
ko’tarilganida xalq qilingan narsalarning barchasi Allohga hamd va tasbih aytadi. 
Faqatgina shayton va odam bolalarining a’tolari bundoq qilmaydi», dedilar. Men: «Ey 
Rasululloh, odam bolalarining a’tolari kim?» deb so’radim. U zot: «Xalqning eng 
yomonlari», deb javob berdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 
 
 
55-bob. Quyosh zavolga ketganidan keyin asrgacha bo’lgan vaqt orasida 
aytiladigan zikrlar 
 
210/1. Abdulloh ibn Soibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
quyosh zavolga og’ganidan keyin peshindan oldin to’rt rak’at namoz o’qir va: «Bu bir 
soatki, unda osmon eshiklari ochiladi. Men uchun solih amallarim ana shu soatda 
ko’tarilishini yaxshi ko’raman», der edilar. Termiziy rivoyatlari 
 
G‘ofir surasining 55-oyatidagi Allohning:  
«Vasabbih bihamdi robbika bil ‘ashiyyi val`ibkar» (Quyosh og’ganida va kechqurun 
Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang), degan so’ziga binoan peshindan keyin 
zikrni ko’paytirish mustahabdir. Tilshunoslar «al-’ashiyyi» so’zini «quyosh zavolga 
ketganidan to botgungacha bo’lgan payt», deb aytishadi. Arablarda ham undan quyosh 
zavolga ketganidan to botgungacha bo’lgan fursat tushuniladi. 
 
 
56-bob. Asrdan keyin quyosh botgungacha bo’lgan fursatda aytiladigan zikrlar 
 
Bu vaqtda ham zikrlarni ko’paytirish mustahabdir. Salaf va xalaf ulamolari oyatdagi 
«solatul vusto»--«o’rta namoz»ni asr namozi deb ittifoq qilishgan. Allohning:  
 
«Quyosh chiqishidan oldin va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
ila (Uni) poklab yod eting» (Toha surasi, 130-oyat), degan so’zi ham ushbu 
so’zimizga dalil bo’ladi. Bu boradagi oyatlar juda ko’p: 
 
«Quyosh og’ganida va kechqurun Rabbingizga hamd aytish ila (Uni) poklang» 
(G‘ofir surasi, 55-oyat);  
 
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod eting» 
(A’rof surasi, 205-oyat);  
 
«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklab yod etadigan kishilar bordirki, 
ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan to’sa olmas» (Nur surasi, 
36-oyat). 
 
211/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Asr 
namozidan to quyosh botgunigacha Allohni zikr qiluvchi bir qavm bilan o’tirishim Ismoil 
alayhissalom zurriyotlaridan saksonta qulni ozod qilishdan mahbubroqdir», dedilar. Ibn 
Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 
 
 
57-bob. Shom azonini eshitganda aytiladigan duo 
 
212/1. Ummu Salama (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alay-hissalom menga shomga azon 
aytilganida,  
 
«Allohumma haza iqbalu laylika va idbaru naharika va asvatu du’atika fag’firliy», deb 
aytishni o’rgatdilar». (Ma’nosi: Allohim, bu (shom azoni) kechangning kelishi, 
kunduzingning ketishi, Senga duo qiluvchilarning ovozidir. Bas, Mening gunohlarimni 
kechir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
 
 
58-bob. Shom namozidan keyin aytiladigan duolar 
 
213/1. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam shom namozidan forig’ bo’lsalar, uylariga kirib, ikki rak’at namoz o’qir, so’ngra:  
 
«Ya muqollibal qulubi val`absor, sabbit qulubana ‘ala diynik», deb duo qilardilar. 
(Ma’nosi: Ey qalb va ko’zlarni o’zgartiruvchi Zot, qalbimizni diningda sobit qil.) Ibn 
Sunniy rivoyatlari 
 
214/2. Ammora ibn Shubayldan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Kim shom namozidan keyin o’n marta  
 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyiy va 
yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Alloh taolo unga qo’riqchilarni 
yuboradi. U qo’riqchilar uni subhgacha kafillikka oladilar va Alloh unga o’nta yaxshilik 
yozadi, o’nta yomonlikni o’chiradi, unga o’nta mo’min qul ozod qilganning savobini 
beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
59-bob. Vitr namozida o’qiladigan va undan keyin aytiladigan narsalar 
 
215/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitr 
namozida salom bersalar: 
 
 «Subhanal malikil quddus», deb aytar edilar. Abu Dovud rivoyatlari 
 
Nasoiy va Ibn Sunniyning rivoyatlarida «Subhanal malikil quddus»ni uch marta aytishlari 
rivoyat qilingan. (Ma’nosi: Malik va quddus sifatli Alloh pokdir.) 
 
216/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarining 
oxirida:  
 
«Allohumma inniy a’uzu birizoka min saxotika va a’uzu bimu’afatika min ‘uqubatika va 
a’uzu bika la uxsiy sana`an ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsik», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: Allohim, Sening roziliging ila g’azabingdan panoh tilayman, ofiyating ila 
uqubatingdan panoh tilayman, Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen 
o’zingga sano aytganingdeksan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari 
 
Uch rak’atli vitr namozini o’qiyotgan kishi avvalgi rak’atda «Fotiha» surasidan keyin 
«Sabbihisma robbikal a’la» surasini, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» surasini, 
uchinchi rak’atda esa, «Qul huvallohu ahad», yoki Falaq va Nos suralarini o’qish sunnat 
amaldir. Agar «Sabbihisma robbikal a’la» ni avvalgi rak’atda o’qishni unutsa, ikkinchi 
rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» bilan birga qo’shib o’qiydi. Agar ikkinchi rak’atda «Qul 
ya ayyuhal kafirun» ni o’qishni unutsa, uchinchi rak’atda «Qul huvallohu ahad» yoki 
Falaq va Nos suralariga qo’shib o’qiydi. 
 
 
60-bob. Uxlash uchun to’shakka yotganda aytiladigan zikrlar 
 
Alloh taolo Oli Imron surasini 190-oyatida: «Albatta, osmonlar va yerning 
yaratilishida, kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat-
alomatlar bordir. Ular turganlarida ham, o’tirganlarida ham, yotganlarida ham 
Allohni zikr qiladilar», deydi. 
 
217/1. Huzayfa (r.a.) va Abu Zarrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam o’rinlariga yotsalar:  
 
«Bismikallohumma ahya va amutu», der edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan 
tirilaman va o’laman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
218/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fotima bilan 
Aliga (roziyallohu anhumo): «To’shakka yotsangiz, o’ttiz uch martadan «subhanalloh, 
alhamdulillahi, Allohu akbar», deb aytinglar», deb tayinlaganlar. Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari 
 
Boshqa rivoyatda: «Tasbihni o’ttiz to’rt marta aytingiz», yana bittasida: «Takbirni o’ttiz 
to’rt marta aytingiz», deganlar. 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Ali (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganimdan beri ularni aytishni 
tark qilganim yo’q», degan edilar, «Siffin kechasida ham tark qilmadingizmi?» deb 
so’rashdi. «Yo’q», dedilar Ali (r.a.). 
 
219/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kishi to’shakka yotayotganida ko’rpa va izorini qoqib tashlasin. Chunki uning orasida 
nima borligini bilmaydi. So’ng:  
 
«Bismika robbiy vazo’tu jambiy va bika arfa’uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in 
arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi ‘ibadakas solihiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: 
Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening 
ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo’yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni 
saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
220/4. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga 
yotsalar, qo’llariga suflab, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qir, so’ng tanalariga surtar edilar». 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
221/5. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar 
ko’rpalariga kirsalar, ikki kaftlarini jamlab turib, unga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu 
birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qib, qo’llari yetgan joylarigacha surtar 
edilar. U ikki kaftlarini boshlari, yuzlari va jasadlarining old tomonidan boshlab uch 
martadan bajarardilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
222/6. Abu Mas’ud Ansoriy Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Baqara surasining oxirida ikki oyat borki, kim ularni kechasi o’qisa, o’sha 
kecha ofatlardan unga kifoya qiladi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
 
223/7. Barro ibn Ozib (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom menga: «Agar 
to’shagingga kelsang, namozga tahorat qilganingdek tahorat qil, so’ng o’ng tomoningga 
yonboshlab:  
 
«Allohumma aslamtu nafsiy ilayka va favvaztu amriy ilayka va alja`tu zohriy ilayk, 
rog’batan va rohbatan ilayk, la malja`a va la manja minka illa ilayk, amantu 
bikitabikallaziy anzalta va nabiyyikallaziy arsalta fain mitta mitta ‘alal fitroh», deb ayt. 
Yotishdan oldin oxirgi aytadiganing shu bo’lsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, nafsimni 
Senga taslim etdim. Ishimni Senga topshirdim. Sening ne’matingga rag’bat qilib, 
g’azabingdan qo’rqib, Senga suyandim. Sendan boshqa qochadiganim ham, najot 
topadiganim ham yo’q. Nozil qilgan kitoblaringga va yuborgan payg’ambarlaringga 
iymon keltirdim. Jonimni oladigan bo’lsang, islom fitratida ol.) Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari 
 
224/8. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni 
ramazon zakotiga qo’riqchi qildilar. Shunda bir kishi kelib, taomdan hovuchlab ola 
boshladi. Men uni ushlab: «Allohga qasamki, seni Rasululloh huzurlariga olib boraman», 
dedim. U : «Bolalarim ko’p, juda muhtojman», deb aytgan edi, qo’yib yubordim. Tong 
ottirganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, kechagi asiring 
nima qildi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini 
aytgan edi, unga rahm qilib, qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh: «U senga yolg’on 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
gapirgan bo’lmasin, yana keladi», dedilar. Men Rasulullohning so’zlaridan uning tag’in 
kelishini bilib, kutdim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Ushlab olib: «Seni 
Rasululloh huzurlariga olib boraman», dedim. U yana: «Meni qo’yib yubor, bolalarim 
ko’p, shunga juda muhtojman, boshqa qaytib kelmayman», deb aytdi. Rahmim kelib, 
yana qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu 
Hurayra, asiring nima qildi?» dedilar. Men: «Ehtiyoji juda qattiqligini va bolalari ko’pligini 
aytgan edi, rahm qilib qo’yib yubordim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Senga yolg’on gapiryotgan bo’lmasin, u yana qaytadi», dedilar. Uchinchi bora kuta 
boshladim. U kelib, yana taomdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab oldim va: 
«Kelmayman, deysan-da, yana qaytib kelaverasan, bu oxirgisi, seni Rasulullohning 
huzurlariga olib boraman», dedim. Shunda u: «Meni qo’yib yubor, agar qo’yib 
yuborsang, senga bir nechta kalimalarni o’rgatib qo’yaman, u bilan Alloh senga naf 
beradi», dedi. «Qaysi kalimalar?» deganimda, «To’shagingga yotsang, Oyatul kursiyni 
o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton senga 
yaqinlasha olmaydi», dedi, so’ng men uni qo’yib yubordim. Tong otgach, Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Kechagi asiring nima qildi?» deb so’radilar. Men: «Ey 
Rasululloh, u Alloh foyda beradigan kalimalarni o’rgatuvdi, quyib yubordim», dedim. 
Rasululloh: «Qaysi kalimalar ekan?» dedilar. Men: «Agar to’shagingga yotsang, Oyatul 
kursiyni o’qi, Allohning qo’riqchisi doim seni qo’riqlab turadi, tong otgunicha shayton 
senga yaqinlasha olmaydi», deb aytdi», dedim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «O’zi yolg’onchi bo’lsa ham, rost gapiribdi. Ey Abu Hurayra, uch kundan beri 
sen bilan gaplashayotgan kishi kimligini bilasanmi?» dedilar. «Yo’q», dedim. «U shayton 
edi», deb aytdilar Nabiy alayhissalom». Imom Buxoriy rivoyatlari 
 
225/9. Hafsa onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
yotishni xohlasalar, o’ng qo’llarini chakkalarining tagiga qo’yib:  
 
«Allohumma qiniy ‘azabaka yavma tab’asu ‘ibadak», deb uch marta aytar edilar. 
(Ma’nosi: Allohim bandalaringni qayta tiriltiradigan kundagi azobingdan saqla.) Abu 
Dovud rivoyatlari 
 
226/10. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
to’shaklariga yotsalar: 
 
«Allohumma robbas samavati va robbal arzi va robbal ‘arshil ‘aziym, robbana va robba 
kulli shay`in. Faliqul habbi van nava munazzilut Tavroti val Injiyli val Qur’an. A’uzu bika 
min sharri kulli ziy sharrin anta axizun binasiyatih, antal avvalu falaysa qoblaka shay`un 
va antal axiru falaysa ba’daka shay`un va antazzohiru falaysa favqoka shay`un va antal 
batinu falaysa dunaka shay`un iqzi ‘annad dayna vag’nina minal faqr», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: Allohim, Sen yeru osmonning va ulug’ arshning parvardigorisan. Ey Rabbimiz, 
Sen hamma narsaning tarbiyakunandasisan, urug’, danaklarning yoruvchisisan. Tavrot, 
Injil va Qur’onni tushirgan zotsan. (Bandalaringning) peshonasidan ushlashingga sabab 
bo’luvchi yomonlikning har qanaqasidan Sening noming ila panoh tilayman. Ey Alloh, 
Sen avvalsan, Sendan oldin biror narsa yo’q. Va Sen oxirsan, Sendan keyin biror narsa 
yo’q. Sen zohirsan, Sening ustingda biror narsa yo’q. Sen botinsan, Sening pastingda 
biror narsa yo’q. Ey Rabbim, qarzlarimni mendan yech, kambag’allikdan meni behojat 
qil.) Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati 
 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
227/11. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom o’rinlariga yotayotgan paytlarida:  
 
«Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va kalimatikat tammah, min sharri ma anta 
axizun binasiyatihi, Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sam, Allohumma la 
yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd. 
Subhanakallohumma va bihamdik», deb aytardilar». (Ma’nosi: Allohim, karim sifatli 
yuzing bilan va mukammal kalimalaring bilan (bandangning) peshonasidan ushlashingga 
sabab bo’luvchi yomonliklardan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sen ziyon va gunohlarni 
ochuvchi zotsan. Ey Rabbim, Sening askarlaring yengilmaydi, va’dang xilof qilinmaydi. 
Buyuklik Sendandir. Boshqaning buyukligi foyda bermaydi. Ey Rabbim, Senga hamd 
aytish ila Seni poklab yod eturman.) Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati 
 
228/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
to’shaklariga yotadigan bo’lsalar:  
 
«Alhamdu lillahillaziy at’amana va saqona va kafana va avana fakam mimman la kafiya 
lahu va la mu`viy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bizni yedirgan, ichirgan, kifoya qilgan va 
boshpana bergan Allohga hamd bo’lsin. Qanchadan-qancha kishilarning saqlaguvchisi va 
boshpana berguvchisi yo’q.) Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari 
 
229/13. Abu Zuhayr Anmoriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom kechasi 
joylariga yotsalar:  
 
«Bismillahi vazo’tu jambiy, Allohummag’fir zanbiy va axsi’ shaytoniy va fukka rihaniy 
vaj’alniy fin nadiyyil a’la», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, gunohlarimni kechir, 
shaytonimni hayda, garovdagi narsalarimni yech va meni oliy jamoalar (ya’ni, 
farishtalar) majlisida qil.) Abu Dovud rivoyatlari 
 
230/14. Navfal Ashjaiy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
menga: «Uxlashga shaylanganingda, «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qi, shirkdan seni uzoq 
qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
 
Abu Ya’lo Mavsiliyning «Musnad»larida Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga shirk keltirishdan saqlaydigan kalimalarni 
o’rgataymi? Uxlashga shaylangan paytingizda «Qul ya ayyuhal kafirun»ni o’qinglar», 
deganlar. 
 
231/15. Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam uxlashdan oldin «Sabbaha, yusabbihu, subhana»lar bilan boshlanadigan 
suralarni o’qiganlar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 
 
232/16. Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Bani Isroilga taalluqli suralarni va Zumarni o’qimagunlaricha uxlamas edilar. Abu Dovud 
va Termiziy rivoyatlari 
 
233/17. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yotishga 
shaylansalar:  
 
«Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy va at’amaniy va saqoniy vallaziy manna ‘alayya 

Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
 
 
Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling