Al-Azkor min kalami sayyidil abror
Download 5.11 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Yangi kiyim yoki yangi poyabzal va shunga o’xshash narsalar kiyganda o’qiladigan duolar
- «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo’lgan muborak pokiza salomni aytinglar
www.ziyouz.com kutubxonasi 16 32/7. Yana Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar: «La ilaha illa anta, subhanakallohumma va bihamdik, astag’firuka lizanbiy va as`aluka rohmatak, Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy min ladunka rohmah, innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Senga hamd aytish bilan Seni poklayman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Rahmatingni so’rayman. Ey Rabbim, ilmimni ziyoda et. Hidoyatga sol-ganingdan keyin qalbimni og’dirma. Huzuringdan menga rahmat ber. Albatta, Sen ko’plab ato etguvchisan.) Abu Dovud rivoyatlari 3-bob. Kiyim kiyishda o’qiladigan duolar Kiyim kiyishda va shu singari amallarda bismillohni aytish mustahabdir. 33/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’ylak, rido yoki salla kiysalar, bismillohni aytib, so’ng: «Allohumma inniy as`aluka min xoyrihi va xoyri ma huva lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma huva lahu», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini va unga beriladigan narsaning yaxshisini so’rayman. Va uning yomonidan hamda unga beriladigan narsaning yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 34/2. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kiyim kiyib, «Alhamdu lillahillaziy kasaniy haza va rozaqoniyhi min g’oyri havlin minniy va la quvvah», desa, Alloh uning oldingi gunohlarini kechiradi», dedilar. (Ma’nosi: O’zgartirmasdan, quvvatimni ketkazmasdan menga rizq bergan va meni kiyintirgan Allohga hamd bo’lsin). Ibn Sunniy rivoyatlari 4-bob. Yangi kiyim yoki yangi poyabzal va shunga o’xshash narsalar kiyganda o’qiladigan duolar Yangi kiyim kiyganda bismillohni aytish mustahabdir. 35/1. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh yangi kiyim kiysalar, sallami, ko’ylakmi yoki ridomi, bismillohni aytib, so’ng quyidagi duoni o’qir edilar: «Allohumma lakal hamdu anta kasavtaniyhi, as`aluka xoyrahu va xoyra ma suni’a lahu va a’uzu bika min sharrihi va sharri ma suni’a lahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim, meni kiyintirganing uchun Senga hamd bo’lsin. Sendan buning yaxshiligini va unga qilingan yaxshilikni so’rayman. Va buning yomonligidan va unga qilingan yomonlikdan panoh tilayman.) Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyatlari 36/2. Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim yangi kiyim kiyib, so’ng: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 17 «Alhamdu lillahillaziy kasaniy ma uvariy bihi ‘avrotiy va atajammalu bihi fiy hayatiy» duosini o’qib, so’ng eskirgan kiyimini sadaqa qilishni qasd qilsa, u Allohning hifzu himoyasida va Uning yo’lida bo’ladi», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Avratlarimni to’sib, meni kiyintirgan va hayotimni go’zal qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Termiziy rivoyatlari 5-bob. Birodari yangi kiyim kiyganda aytiladigan duolar 37/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qora astarli ko’ylak berishdi. U zot: «Bu ko’ylakni kimga ravo ko’rasizlar?» deb so’radilar. Hech kim indamadi. Shunda: «Ummu Xolidni keltiringlar», dedilar. Ummu Xolid kelganlaridan keyin u zot ko’ylakni muborak qo’llari bilan kiydirdilar va: «Kiyib-kiyib to’zdirgin», deb ikki marta aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 38/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Umarning (r.a.) egnida bir ki-yim ko’rib: «Bu yangimi yoki yuvilganmi?» dedilar. Umar (r.a.): «Yuvilgan», dedilar. Shunda Rasululloh: «Ilbas jadiydan va ‘ish hamiydan va mut shahiydan sa’iydan», ya’ni, «Yangisini kiy, maqtovli yasha, shahid bo’lib dunyodan o’t», dedilar. Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 6-bob. Kiyim va poyabzalni kiyib-echish tartibi Kiyim, poyabzal, ishton va shunga o’xshash yengli, pochali liboslarni o’ng tomonidan kiyib, chap tomonidan yechish mus-tahabdir. Shu singari, surma qo’yish, misvok ishlatish, tirnoq olish, mo’ylovni qisqartirish, qo’ltiq tukini yulish, soch olish, namozdan salom bilan chiqish, masjidga kirish, hojatxonadan chiqish, tahorat olish, g’usl qilish, taom yeyish, ichimlik ichish, qo’l berib so’rashish, Hajarul asvadni ushlash, birovdan narsa olish hamda berish va shunga o’xshash ishlar o’ng tomon bilan boshlanadi. 39/1. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhissalom har bir narsani o’ng tarafdan boshlashni yoqtirar edilar. Hatto, poklanish va soch tarashda ham». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 40/2. Yana Oisha (r.a.) onamiz aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng qo’llari poklanish va taom uchun, chap qo’llari esa, xalo hojati va boshqa noxush narsalar uchun edi». Abu Dovud rivoyatlari 41/3. Hafsa (r.a.) onamiz xabar qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’ng qo’llari taom, ichimlik va kiyim kiyish, chap qo’llari bulardan boshqa ishlar uchun bo’lgan. Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyatlari 42/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar libos kiysangiz yoki tahorat qilsangiz, o’ng tomoningizdan boshlanglar», deb aytdilar. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 18 7-bob. Uxlash, yuvinish yoxud boshqa ehtiyojlar uchun kiyim yechilganida aytiladigan duo 43/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi kiyimini yechmoqchi bo’lsa: «Bismillahillaziy la ilaha illa huva», deb aytsin, shu so’z odam bolasi avrati bilan jin ko’zi orasida pardadir», dedilar. (Ma’nosi: Undan boshqa iloh yo’q bo’lgan Allohning ismi bilan.) Ibn Sunniy rivoyatlari 8-bob. Uydan chiqayotganda o’qiladigan duolar 44/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydan chiqayotib: «Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya», degan duoni o’qir edilar». (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va to-yiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko’rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so’rayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 45/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim uyidan chiqqanida: «Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi va la havla va la quvvata illa billah» (Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirishg ham, quvvat ham yo’qdir), desa, unga: «Kufiyta va vuqiyta va hudiyta» (Hidoyat qilinding, shaytondan saqlanding va himoya etilding), deyiladi va undan shayton uzoqlashtiriladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Abu Dovudning rivoyatlarida quyidagi so’zlar ziyoda qilingan: «Shayton boshqa bir shaytonga: «Bir kishi hidoyat etilib, sendan himoya qilinibdi. Endi ahvoling qanday bo’ladi?!» deydi». 46/3. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam manzillaridan chiqsalar: «Bismillahi tuklanu ‘alalloh, la havla va la quvvata illa billahi», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’qdir.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 9-bob. Uyga kirayotganda o’qiladigan duolar Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 19 Manzilga kirayotganda bismillohni aytib, zikrni ko’paytirib, uyda odam bo’lsin-bo’lmasin, salom berib kirish mus-tahabdir. Alloh taolo Nur surasining 61-oyatida: «Bas, qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo’lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni, assalomu alaykum, denglar)», deb buyuradi. 47/1. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh menga: «Ey o’g’ilcham, uyingga kirsang, salom berib kir. Bu ishing o’zingga va ahli ayolingga baraka keltiradi», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari 48/2. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kishi uyiga kirayotganida: «Allohumma inniy as`aluka xoyral mavlaji va xoyral maxraji, bismillahi valajna va bismillahi xorojna va ‘alallohi robbina tavakkalna» (Ey Rabbim, Sendan kirishning ham, chiqishning ham yaxshisini so’rayman. Allohning ismi bilan kirdik. Allohning ismi bilan chiqdik. Rabbimiz Allohga tavakkal qildik), deb aytib, so’ngra ahliga salom bersin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 49/3. Abu Umoma Bohiliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch kishi Alloh taoloning himoyasidadir: Allohning yo’lida g’azotga chiqqan kishi to shahid bo’lib, jannatga kirgunicha yoki o’lja-mukofotlarni olib qaytgunicha; masjidga ketayotgan kishi yo vafot etib, jannatga kirgunicha yoki ajr-savoblarni olib (ahliga) qaytgunicha; uyiga salom berib kirgan kishi», dedilar. Hasan isnod bilan Abu Dovud rivoyat qilganlar. 50/4. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Rasulullohdan quyidagilarni eshitdim: «Kim uyiga kirayotganida va taom paytida Allohni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Sizlarga yotoq ham, ovqat ham yo’q», deb aytadi. Kim uyiga kirayotib, Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Yotoqlaringizga yetishdingiz», deydi. Taom paytida ham Allohni zikr qilmasa, shayton sheriklariga: «Ovqatgayam yetishdingiz», deydi». Imom Muslim rivoyatlari 51/5. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylariga kunduzi qaytsalar: «Alhamdu lillahillaziy kafaniy va avaniy valhamdu lillahillaziy at’amaniy va saqoniy valhamdu lillahillaziy manna ‘alayya, as`aluka an tujiyroniy minan nar», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Menga boshpana berib behojat qilgan, meni yedirib-ichirgan va ko’p ne’matlarni in’om etgan Allohga hamd bo’lsin. Undan meni do’zaxdan saqlashini so’rayman.) Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Imom Molik «Muvatto’» kitoblarida aytishlaricha, kishi o’zi yashamaydigan uyga kirganida: «Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn» (Bizga va Allohning solih bandalariga salom bo’lsin), deb aytishi mustahab. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 20 10-bob. Kechasi uyg’onganda va uyidan chiqayotganda o’qiladigan duolar Kechasi uyg’onganda va uyidan chiqayotganda, osmonga qarab, Oli Imron surasining 190-oyatidan to oxirigacha o’qish mus-tahab sanaladi. 52/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uy-g’onsalar yoki uylaridan chiqsalar, Oli Imron surasini 190-oyatidan boshlab oxirigacha o’qir edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 53/2. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi tursalar, tahajjud o’qir, so’ng ushbu duoni aytar edilar: «Allohumma robbana lakal hamd, anta qoyyimus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, laka mulkus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, anta nurus- samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, antal haqq va va’dukal haqq va liqouka haqq va qovluka haqq val-jannatu haqq van-naru haqq va Muhammadun haqq vas-sa’atu haqq. Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hakamtu, fag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu. Antal muqaddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta». Ba’zi rivoyatlarda «La havla va la quvvata illa billah» ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd bo’lsin. Sen osmonlaru yer va undagi narsalarni saqlovchisan. Senga hamd bo’lsin. Osmonlaru yer va undagi narsalar Sening mulking. Senga hamd bo’lsin. Sen osmonlaru yer va undagi narsalarning nurisan. Senga hamd bo’lsin. Sen haqsan, va’dang haq, Senga yo’liqish haq, so’zing haq, jannat haq, do’zax haq, Muhammad alayhissalom haq, qiyomat haq. Ey Rabbim, Senga bo’yin egdim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal qildim, Senga qaytuvchiman, xusumat qilish Sening qo’lingda, hukm chiqarish ham Sening qo’lingda, oldingiyu keyingi, maxfiyu oshkora gunohlarimni mag’firat qil. Sen eng avvalgi va eng oxirgisan. Sendan boshqa iloh yo’q.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 11-bob. Hojatxonaga kirayotganda o’qiladigan duolar 54/1. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh hojatxonaga kirayotganlarida: «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais» duosini o’qir edilar». (Ma’nosi: Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 55/2. Imom Termiziy, Abu Dovud, Nasoiylarning rivoyatlarida: «Bismillah. Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais», deb kelgan. 56/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hojatxonaga kirayotganda bismillahni aytish odam bolasining avrati bilan jinlar ko’zi orasida parda bo’ladi», dedilar. Bu hadisni Termiziy rivoyat qilganlar va: «Isnodi unchalik kuchli emas», deb aytganlar. Yuqorida zikr qilganimizdek, zaif hadislarga fazilatli ishlarda amal qilinaveradi. Ba’zi Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 21 birodarlarimiz: «Bismilloh to’silgan joyda yoki sahroda ham aytilaveradi», deyishadi. Ba’zilari esa: «Avval bismilloh, so’ng «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xobais» aytiladi», deb aytishgan. 57/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonaga kirsalar: «Allohumma inniy a’uzu bika minar rijsin najasi al-xobiysil muxbisi ash-shaytonir rojiym», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, kir, najas, iflos, ifloslik qiluvchi, (Allohning dargohidan) quvlangan shaytondan panoh tilayman.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari 12-bob. Hojatxonada so’zlashish va zikr qilishni man’ etish Xoh yalanglik-sahroda bo’lsin, xoh pana joyda, hojat chiqarayotib so’zlashish va zikr qilish makruhdir. Faqat zarurat yuzasidan ruxsat berilgan. Ba’zi birodarlarimizning fikricha, aksa ursa, hamd aytilmaydi, aksa urib, hamd aytganga javob berilmaydi, salomga alik olinmaydi, muazzinga ijobat qilinmaydi. Chunki bu holatida musulmon kishi javobga mustahiq emas. Javob berishi makruh hisoblanadi. Ammo harom emas. Lekin aksa urganida tilini qimirlatmasdan, qalbi bilan hamd aytsa, zarari yo’q. Shuningdek, jimo’ paytida ham aytish bezarardir. 58/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilayotganlarida bir kishi u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik olmadilar». Imom Muslim rivoyatlari 59/2. Muhojir ibn Qunfuz (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsam, u zot bavl qilayotgan ekanlar. Salom berdim, u zot tahorat qilib bo’lgunlaricha javob bermadilar. So’ng menga uzr aytib: «Allohni nopok yoki tahoratsiz holda zikr qilishni xushlamadim», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. 13-bob. Hojatda o’tirgan kishiga salom berishdan qaytarish Birodarlarimiz aytishadi: «Hojatda o’tirgan kishiga salom berish makruhdir. Mabodo, salom berilsa, javobi shart emas». Yuqoridagi bobda kelgan Ibn Umar va Muhojirlar rivoyat qilishgan hadislar buning dalilidir. 14-bob. Hojatxonadan chiqayotganda aytiladigan duo Rasululloh alayhissalom hojatxonadan chiqqanlarida: «G‘ufronaka» (Sening mag’firatingni so’rayman ) va «alhamdu lillahillaziy azhaba ‘annil aza va ‘afaniy» (mendan aziyatlarni ketkazib, ofiyatda qilgan Allohga hamd bo’lsin), deb aytar edilar. Avvalgisini Abu Dovud va Termiziy, keyingisini Nasoiy va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 22 60/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqsalar: «Alhamdu lillahillaziy azaqoniy lazzatahu va abqo fiyya quvvatahu va dafa’a ‘anniy azahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Meni (taomning) lazzatidan bahramand qilgan va menda uning quvvatini qoldirgan, so’ng mendan aziyatini daf qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari 15-bob. Tahoratdan oldin o’qiladigan duo Yuqorida aytilganidek, bismillohni aytish mustahabdir. 16-bob. Tahorat qilganda o’qiladigan duolar Tahoratning avvalida «Bismillahir rohmanir rohiym», deb aytish mustahab qilingan. «Bismilloh», desa ham kifoya. Birodarlarimiz aytishadi: «Agar tahoratning avvalida bismillohni aytmasa, davomida aytaveradi. Xoh qasddan, xoh adashib aytmay qolsa ham, tahorati mukammal bo’ladi». (Muallif Imom Shofe’iy mazhabidalar. Shuning uchun bismillohni aytish mustahab deyilyapti. Bu sunnat ma’nosidadir. Bizning Imomi A’zam mazhabidan boshqa mazhablarda sunnat «mustahab» deb yuritiladi. – Tarjimon.) Bismillohni aytish haqida kelgan hamma hadislar zaifdir. Ahmad ibn Hanbal: «Tahoratda bismilloh deyish to’g’risida birorta sobit hadis bilmayman», deb aytganlar. 61/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilayotganda Allohni zikr qilmagan kishining tahorati yo’qdir», dedilar. Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qildilar, Bayhaqiy va boshqalar ham rivoyat qilishgan va zaif deb aytishgan. Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy: «Bismillohdan keyin tahoratning boshida quyidagi duoni o’qish mustahab», deydilar: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q deb va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.) Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy tahorat qilib bo’lgandan keyin ushbu duo o’qiladi deydilar: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn. Subhanakallohumma va bihamdik. Ashhadu alla ilaha illa anta astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Yakka Allohdan bosh-qa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, bizlarni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil. Ey Rabbim, Senga Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 23 hamd aytish bilan Seni poklayman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.) 62/2. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilib bo’lib: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluhu», desa, unga jannatning sakkizta eshigi ochilib, xohlaganidan kiraveradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Termiziy «Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn» kalimasini ziyoda qilganlar. 63/3. Ibn Umardan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilganidan keyin, gapirishdan oldin: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa, ikki tahorat orasidagi gunohlari kechiriladi», dedilar. Bu hadisni Dora Qutniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. 64/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahoratini chiroyli qilib, so’ng uch marta: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh», desa, u uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlagan eshigidan kirib ketaveradi» dedilar. Bu hadisni Ahmad ibn Hanbal, Ibn Moja, Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 65/5. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qilgan hadisda: «La ilaha illalloh» kalimasini uch marta takrorlash aytilgan. Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Ba’zi faqihlar, ushbu zikr va duolarni tahoratdan ke-yin qiblaga yuzlangan holda aytiladi, deyishadi. Fasl: Tahorat mobaynida har bir a’zo yuvilayotganda o’qiladigan duolar bor, ammo ularning birortasi ham Rasulullohdan vorid bo’lmagan. Lekin salaf ulamolarimiz bu zikrlarni aytishni mustahab deyishgan. Tahorat qilayotgan kishi bismillohdan keyin: «Alhamdu lillahillaziy ja’alal ma-a tohuro» (Suvni pok qilgan Allohga hamd bo’lsin), deydi. Og’iz chayqayotganida: «Allohummasqiniy min havzi nabiyyika sollallohu alayhi vasallama ka’san la azmau ba’dahu abada» (Ey Rabbim, meni payg’ambarning havzidagi suv bilan sug’or, undan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 24 keyin hech ham chanqamayin), deyiladi. Burun chayqayotganida: «Allohumma la tahrimniy roixata na’iymika va jannatik» (Ey Rabbim, ne’matlaring va jannatingning hididan meni mahrum qilma), deyiladi. Yuzni yuvayotganida: «Allohumma bayyiz vajhiy yavma tabyazzu vujuhun va tasvaddu vujuh» (Ey Rabbim, yuzlar oq va qora bo’ladigan kunda yuzimni oq qilgin), deyiladi. Ikki qo’l yuvilayotganida: «Allohumma a’tiniy kitabiy biyamiyniy, Allohumma la tu’tiniy kitabiy bishimaliy» (Ey Rabbim, nomai a’molimni o’ng qo’limdan ber, chap qo’limdan berma), deyiladi. Boshga mash tortilayotganida: «Allohumma harrim sha’riy va bashariy ‘alan nari va azollaniy tahta ‘arshika yavma la zilla illa zilluk» (Ey Rabbim, sochimni va yuzimni do’zaxga harom qil va meni soyalar bo’lmaydigan kunda arshingni ostida soyalantir), deyiladi. Ikki quloqqa mash tortilayotganida: «Allohummaj’alniy minallaziyna yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanah» (Ey Rabbim, so’zlarni eshitib, ularning yaxshisiga ergashadiganlardan qil), deyiladi. Ikki oyoq yuvilayotganida: «Allohumma sabbit qodamayya ‘alas-sirot» (Ey Rabbim, sirot ko’prigida qadamimni sobit qil), deb o’qiladi. 66/6. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohga tahorat uchun suv olib bordim. U zot tahorat qilib bo’lib: «Allohummag’firliy zanbiy va vassi’ liy fiy dariy va barik liy fiy rizqiy» (Ey Rabbim, gunohlarimni kechir. Hovlimni keng qil va rizqimga baraka ber), degan duoni o’qidilar. Men: «Ey Rasululloh, sizning shunday-shunday deb o’qiyotgan duoingizni eshitdim», dedim. Rasululloh: «Biror narsani o’qimay tashlab ketdimmi?» dedilar». Nasoiy va Ibn Sunniy sahih isnod bilan rivoyat qilishgan. Download 5.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling