Al Forobiyning axloqiy ta’limotida barkamol inson timsoli


Download 65.5 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1313919
Bog'liq
Al


Al – Forobiyning axloqiy ta’limotida barkamol inson timsoli.
Abu Nasr al – Forobiy Yaqin va O’rta Sharqda ijtimoiy – siyosiy fanlar
asoschisi sifatida inson axloqi, inson kamoloti masalasi ustida katta ish olib
bordi.

“Insonga – deydi al – Forobiy – uning oldiga qo’ygan maqsadlarini


amalga oshirishga yordam beruvchi kuchlari, qobiliyatlari va o’rgangan
harakatlari inson yaxshiligidir. Insonga uning oldiga qo’ygan maqsadlarini
amalga oshishiga halaqit beruvchi kuchlari, qobiliyatlari va o’rgangan
ixtiyoriy harakatlari inson yomonligidir”.
Al – Forobiy nazariy bilimlarni o’rganishga kirishgan har bir inson
axloq – odobga ham yuksak darajada pok bo’lishi kerakligi ta’kidlab,
“Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risda”gi risolasida
shunday yozadi: “Falsafani o’rganishdan avval o’zingiz hirsu – havaslardan
shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shahvoniyat kabi noto’g’ri
tuyg’ularga emas, balki kamolotga bo’lgan hirs – havas qolsin. Bunga xulq –
ahloqni faqat so’zdagina emas, balki haqiqatda (amalda) tozalash orqali
erishish mumkin. Shundan so’ng xatto va adashishda saqlovchi, haqiqat
yo’lini tutib olishga boshlovchi nafsni, jonini, ruhini tozalash zarur”.
Mashhur yunon faylasufi Aristotel (Aratu)ning inson axloqi haqidagi
fikrlarini al – Forobiy quyidagicha sharhlaydi.
“Arastu orzu qilinadigan bo’lib ko’ringan va vaqt nuqtai nazaridan boshqa
istaklardan ustun turuvchi ezgulik deb bilinadigan va intiladigan
(odamlarning) maqsadlarni to’rtta deb tushuntiriladi, bular: tan sog’lomligi,
tuyg’ular (a’zolarning) sog’lomligi, turli narsalarning idrok etishga bo’lgan
qobiliyat sog’lomligi (bu qobiliyat borligi uchun ana shu sog’lomlik ham
bo’ladi), intilishga bo’lgan qobiliyat sog’lomligi (bu qobiliyat borligi uchun
ana shu sog’lomlik ham bo’ladi)…”

16
Agar inson xayrixohlik, go’zallik, olijanoblik va ulug’vorlikka boshqa


odamlar orqali emas, balki o’zi va o’z ruhi o’rtasidagi mavjud narsa orqali
bo’lsa, ul (odam) haqiqatan ham xayrixohlik va barkamollikka erishadi.
Al – Forobiy ijtimoiy axloqni tahlil qilar ekan, uni takomillashtirish
muammolarini ahloqning shakllanishi, inson va jamiyat munosabatlari,
insoniylik fazilatlari, adolat, yetuk jamoa va komil inson tarbiyasi
masalalarini o’zining ijtimoiy qarashlarida asoslashga intildi. Inson tabiatan
yaxshi, ahloqiy pok yoki badxulq emas, balki ijtimoiy muhit ta’sirida hamda
tarbiya asosida bu xususiyat va sifatlar hosil qilinishi uning asarlarida
alohida ta’kidlab o’tiladi.
Al – Forobiy jamiyat bu qayta qurish yo’llarining tamoyillari haqidagi
tizimli ta’limotni yaratgan birinchi ilmdir. Uning insonparvarlikka
yo’naltirilgan ta’limoti Sharq ijtimoiy – falsafiy bilimlarining katta
yutuqlaridan biri bo’ldi. Al – Forobiy ahloqiy fazilatlar deganda donolik,
bilimdonlik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik
manfaatini yuqori qo’yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik
kabi xislatlarni tushunadi. Biroq bu xislatlarning eng muhim har bir
insonning bilimli, ma’rifatli bo’lishidir. Shu sababli u axloq tushunchasiga
aql bilan uzviy bog’liq holda, aqlga asoslangan ahloq sifatida qaraydi.
Bundan biz al – Forobiyning ahloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagina
emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin
etganligini ko’ramiz.
Al – Forobiy umri davomida ham barkamol inson axloqini shakllantirish
ustida izlandi, ayni vaqtda insonlarning bilim darajalarini boyitish maqsadida
bir qancha asarlar yaratdi. “Ilmlar tasnifi va ular tartibi haqidagi kitob”ida u
shunday yozadi:

17
“Bu kitob yordamida inson fanlarni o’zaro qiyoslashi, ularning qaysi biri


ko’proq e’tiborga loyiq, foydali, mukammal, haqqoniy va qudratli hamda
qaysilari kamroq ahamiyatli ekani to’g’risida tasavvur hosil qiladi”.
Olima S. K. Satibekovaning yozishicha, “Al – Forobiy uchun “Inson
elementi”ni fanda izlash muammosi hayotining mazmuni edi”. Shu sababli al
– Forobiy o’zi bilgan barcha fanlardan inson va uning axloqi, kamoloti bilan
bog’liq bo’lgan jihatlarni izladi. Masalan, tibbiyotda al – Forobiyni
kasalliklarning kelib chiqish sabablari va sog’liqni saqlashning umumiy
qonuniyatlari, matematikada – matematik tushunchalarning tabiati va
ularning inson hayotidagi o’rni, musiqada esa ohang hamda mutanosiblik
qonuniyatlari va musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri qiziqtirgan.
Al – Forobiyning faylasuf sifatida asosiy maqsadi inson olamining
borligi va uning ko’p qirrali tomonlarini tadqiq etish bo’lib qoldi. Bu haqida
u “Faqat birgina o’sha narsa (ya’ni “inson” N. K.) to’g’risidagi turli
bilimlarning guvohligidan ko’ra ko’proq asosli, foydali va qat’iy dalillar
yo’q” deb yozadi. Al – Forobiy jamiyat taraqqiyotining omili bo’lmish inson
va uning axloqi, tarbiyasi masalalarini o’rganishda hamda anglashda barcha
fanlarningi mavqei bir xil – deb hisoblaydi.
Al – Forobiy ta’limotiga ko’ra, insonning shakllanishida uning o’zini
tutishi, xulqi tug’ma sifatlari, xarakteri, psixologiyasi katta rol o’ynaydi. U
inson muammosini tadqiq qilar ekan, o’rganish ob’yekti ko’lamini
kengaytirib, unga “baxt” muammosini ham kiritadi.
Olimning fikricha, insonlar xarakterning turlicha bo’lishi ular iste’mol
qiladigan chorva ekan va mahsulotlarini ularni o’rab turgan samoviy
jismlarining hamda ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning turlicha ekani
bilan belgilanadi. Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, agar inson mast
qiluvchi narsalarni iste’mol qilsa, axloqsizlik qilishi shubhassiz. Shuningdek,
18
turli xil odamlar munosabatda bo’lishiga qarab, insonning axloqi o’zgarib
boradi. Bular hammasi al – Forobiyning axloqiy tarbiya borasida o’z
ta’limotiga ega ekanidan dalolat beradi.
Biroq, al – Forobiy yuqoridagi kabi insonlar ustidan qat’iy hukm
chiqarmaydi. Aksincha, har qanday inson ham ta’lim – tarbiya orqali fozillik
darajasiga ko’tarila olishi haqidagi o’z g’oyalarini ilgari suradi va buni ilmiy
asoslashga harakat qiladi.
Al – Forobiy Aflotun fikrlariga qo’shilgan holda, “Ruh eng ezgu olam
bo’lgani uchun inson avvalo o’zining ruhini kamol toptirishi zarurligini –
yozadi. Ruhni e’zozlash – uning ehtirosini qondirishdan iborat emas, chunki,
agar shunday bo’lsa, (ya’ni faqat ehtirosni qondirish bo’lsa) bolalar va johil
odamlarda paydo bo’luvchi o’z ruhiy ehtiroslarini qondirish istagi, ruhni
e’zozlashga intilishday tuyuladi. Ular nimani yaxshi va lazzatli deb bilsalar,
ruhlar ham o’sha narsalarni xohlardi, vaholanki, bu ehtiroslarni qondirish
kishiga ulkan zarar keltiradi. Aslida esa ruhning qadr – qimmati uning
poklanishidan va ilohiy qonunlarda maqtovli hisoblangan istaklarni
qondirishdan iborat bo’lishi kerak”.
Bu o’rinda al – Forobiy, inson faqatgina o’z nafsini, hirsini tiyib,
kamolotga erishuvchi va bu yo’lda unga diniy e’tiqod ko’maklashishini
ta’kidlaydi. Shuningdek, u inson tabiatini tarbiyalashda yomon qiliqlardan
qutulish kerakligini uqtirib o’tadi.
Al – Forobiy: “Agar odamda tug’ma kuchli g’ururi, bo’lmasa, u holda
o’sha odam o’z ruhini mashq ila tarbiyalashi zarur …” – deb yozadi. Shu
tariqa, fazilatlarga va ilohiy ezgulikka erishib, o’z hayotini go’zal va
quvonchli qiladi – degan g’oya al – Forobiyning axloqiy ta’limotida o’z
ifodasini topadi.

19
“Insonga ikki narsa xos. Ulardan biri – tabiatda olingan. Boshqasi –


niyat (xohish) – deb yozadi al – Forobiy. Agar inson yaratilishining maqsadi
bo’lmish barkamollik insonga faqat tabiatan xos bo’lganida va faqat yaxshi
niyat bilan amalga oshirilganida edi, u holda barkamollikka yetishuvchi
faoliyat va hayot tarzi faqat chin insoniy fazilat, ezgu ishlar va faoliyatlar,
go’zal hayot tarzi bo’lur edi. Ammo insonni ushbu barkamollikdan mahrum
etadigan holatlar ham bor, ular insoniy bo’lmagan faoliyatlar va hayot tarzi
bo’lib, ular maraz, xunuk va yomon ishlar hamda yomon faoliyatlardir”. Bu
xususda inson oldida turuvchi asosiy vazifa nima yaxshi-yu, nima
yomonligini ajratib olish va nimani qabul qilib, nimadan saqlanmoq
lozimligidan iborat. Bu vazifani inson faqatgina ilm bilan hal etaolishini al –
Forobiy qayta – qayta ta’kidlaydi.
Olim o’zining “Kamtarlikning usutvorligi” risolasida “Darhaqiqat, har
bir narsaning asosi, manbai bor, ilmning manbai uning aniq, ravshan
bayonidir” – deb yozadi va ta’lim – tarbiya jarayonida o’quvchi – talablarga
ularning yoshlari va idrok – imkoniyatlari darajasiga mos usullari qo’llash
lozimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u ilm o’rganishda ham odamlarga
ko’proq zarur va foydali ilmlarni egallash kerakligini uqtirib, “Zohidlar
odobi” risolasida “Odamlar ilm o’rganishda nafli hisoblangan ilmlardan
saqlanishlari lozim” – deydi.
Al – Forobiy axloqiy barkamol inson timsolini o’zining “fozillar shahri”
hokimining fazilatlari tarzida bayon qiladi. Bu barkamollik sari yetaklovchi
fazilatlar o’n ikkitadir:
“Fozillar shahri hokimi avvlo to’rt muchali sog’, solim bo’lib, o’ziga
yuklangan vazifalarni bajarishida biror a’zosidagi nuqson halal bermasligi
lozim, aksincha, u sog’ – salomatligi tufayli bu fazilatlarni oson bajarishi
lozim.

20
Ikkinchi – bunda shahar hokimi tabiatan nozik, farosatli bo’lib,


suhbatdoshining so’zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg’ab olishi. Shu
sohada umumiy ahvolni ravshan tasavvur qila olishi zarur.
Uchinchidan – u anglagan, ko’rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni
xotirasida to’la – to’kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur.
To’rtinchidan – u zehni o’tkir, zukko bo’lib, har qanday narsaning
bilinar – bilinmas alomatlarini va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib,
sezib olishi zarur.
Beshinchidan – u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida, chiroyli
so’zlar bilan ifodalay olishi zarur.
Oltinchidan – u (ustozlaridan) ta’lim olishga, bilim, ma’rifatga havasli
bo’lishi, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo’lishi zarur.
Yettinchidan – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda
ochofatchilik emas, aksincha, o’zini tiya oladigan bo’lishi, (qimor yoki
boshqa) o’yinlardan zavq – huzur olishidan uzoq bo’lishi zarur.
Sakkizinchidan – u haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni
sevadigan bo’lishi, yolg’on va yolg’onchilarni yomon ko’radigan bo’lishi
zarur.
To’qqizinchidan – u o’z qadrini biluvchi va nomus – oriyatli odam

bo’lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug’ma olihimmat bo’lishi, ulug’,


oliy ishlarga intilishi zarur.
O’ninchidan – bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga (pilga – N.K.)
qiziqmaydigan (mol – dunyo ketidan quvmaydigan) bo’lishi zarur.
O’n birinchidan – tabiatan adolatparvar bo’lib, odil odamlarni
sevadigan, istibdod va jabr – zulmni, mustabid va zolimlarni yomon
ko’ruvchi, o’z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani
adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga

21
yaxshilikni va o’zi suygan go’zalliklarni ravo ko’ruvchi bo’lishi zarur. O’zi


haq ish oldida o’jarlik qilmay, odil ish tutgan holda har qanday haqsizlik va
razolatlarga murosasiz bo’lishi zarur.
O’n ikkinchidan – o’zi zarur deb hisoblagan chora – tadbirlarni amalga
oshirishda qat’iyatli, sabotli, jur’atli, jasur bo’lishi, qo’rqoqlik va
hadiksirashlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Al – Forobiy bu talablarni o’zi orzu qilgan jamiyatning hokimi
zimmasiga bejiz qo’ymagan. Sanab o’tilgan fazilatlarga ega bo’lgan inson
nafaqat o’zining barkamolligi, balki boshqalarning ham – baxt – saodati
yo’lida xayrli ishlar qilishga qodir bo’ladi.
Taraqqiyot quyidan yuqoriga, oddiydan murakkablikka tomon borgani
kabi. Forobiy o’z ta’limotida jamiyat rahbarida fazilatlar ziyoda bo’lib
borishini talab qiladi. Bu haqida u shunday yozadi: “… keyingi imom
(rahbar, hokim – N.K.)da yana olti fazilat hosil qilinishi zarur”:
Birinchi – donishmandlik.
Ikkinchi – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada
yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga (saqlovchi
quvvatga – N.K.) ega bo’lish.
Uchinchi – avvalgi imomlar davridan biror (yoki bir qancha) sohaga
taalluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonunni o’ylab topishi uchun ijod,
ixtiro qilish quvvatiga ega bo’lish.
To’rtinchidan – hozirgi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida
yuz beradigan, avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldindan ko’ra
bilish uchun bashoratgo’ylik xislatiga ega bo’lish.
Beshinchidan – avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek,
avvalgilardan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi
uchun qizg’in so’zlash – notiqlik xislatiga ega bo’lishi.

22
Oltinchidan – zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish


uchun yetarli jismoniy quvvatga ega bo’lish ham jang qilish, ham sarkarda
sifatida jangu – jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilishi”.
Al – Forobiy bu olti shartning so’zsiz bajarilishi lozimligini uqtirib o’tar
ekan, agar bitta shart rahbarda bo’lmasa, o’sha shart talabiga ega bo’lgan
kishi yoki kishilar guruhi bilan birgalikda fozillar shahriga hokimlik qilish
darkorligini ta’kidlaydi. Olim tomonidan ilgari surilgan ahloqiy fazilatlarni
quyidagicha umumlashtirib, ifoda etish mumkin.
Al – Forobiy inson tarbiyasida ilmiy yondashuvning ahamiyati katta
ekanini alohida ta’kidlaydi. U to’g’risida ilm, o’lchash to’g’risidagi ilm,
yulduzlar haqidagi ilm va musiqa ilmini pedagogik, ya’ni tarbiyalovchi
ilmlar deb, ular orqali boshqa murakkab ilmlar tomon yo’l boshlanishi aytib
o’tadi. Jumladan, “bu ilm (musiqa ilmi) shu ma’nida foydaliki, u o’z
muvozanatini yo’qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi, mukammallikka
yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo’lgan (odamlar)
xulqining muvozanatini saqlab turadi. Bu ilm tananing salomatligi uchun
ham foydalidir, chunki tana kasal bo’lsa, ruh ham so’ladi, tana to’siqqa
uchrasa, ruh ham to’siqqa uchraydi. Shuning uchun ovozlarning ta’siri bilan
ruhni sog’aytirish yordamida tana sog’aytiriladi, ruh esa o’z kuchlarining
tartibga solinishi va o’z substabnsiyasiga moslashtirilishi orqali sog’ayadi”.
Al – Forobiy ta’limotida inson ahloqiy barkamolligi va tarbiyasi yo’lida
mehnat va hunarning ahamiyati beqiyos ekanini ko’rsatib o’tadi. O’z
orzusidagi jamiyatning aholisini mehnatga jalb qilar ekan, quyidagi 3 ta
jihatga e’tibor qaratish lozimligini talab qiladi:
1. Har qanday kishi istalgan ish yoki hunarga to’g’ri kelavermaydi.
Ishga qobiliyati va mutaxassis bo’lib yetishadi.

23
2. Agar kishi doimo bir ish yoki hunar bilan shug’ullansa, u kamol topib,


o’z sohasida mohir usta va mutaxassis bo’lib yetishadi.
3. Ko’p ishlarning o’z vaqtida bajarilishi lozim bo’lgani sababli, ikki
ishni bajarish, ularning o’z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xalaqit beradi.
Al – Forobiy ta’limoti bo’yicha inson tabiiy qobiliyatga ega bo’lsa-da,
jamiyatda shakllanadi. Insonga o’zidagi qator kuchlar yordam beradi. Ya’ni:
Iste’mol kuchi – insonda birinchi o’rinni egallaydi va u ovqatlanishdan
hosil bo’lib, o’sish, mavjud bo’lish hamda ko’payish uchun zamin yaratadi,
shuningdek, insonning boshqarilishiga asos bo’ladi.
Sezuvchi kuchi – yordamida o’zining ma’lum hislari (sezgilari)dan biri
orqali haqiqiylikni borliqni qabul qiladi.
Tasavvur kuchi – insonga uni o’rab turgan borliq to’g’risida to’liq
tushuncha, ma’lumot beradi.
Intilish kuchi – u bilan doimo biror narsaga intiladi. Uning yordamida
xohish va rad etish, jahl, rag’bat, jasurlik, qo’rquv va boshqa ruhiy holatlar
paydo bo’ladi.
Aql kuchi – amaliy va nazariy bo’ladi. Amaliy aql kuchi mehnat, kasb
orqali hosil bo’lsa, nazariy aql kuchi – ilm va o’qish bilan vujudga keladi.
Bu kuchlarning deyarli barchasi yoshlikdan tarbiyalanib boriladi.
Shuning uchun, al – Forobiyning fikricha, jamiyatning vazifasi odamni
o’qitish va tarbiyalash uchun zarur shart – sharoit yaratishdan iboratdir.
Shu tariqa al – Forobiy pedagogikaning bosh tushunchasi – “tarbiyaga”
ga ta’rif beradi va tarbiya xalqlarning bilimlarga asoslangan holda axloqiy
fazilatlar va san’atlari bilan boyitilgan vositasidir – deb hisoblaydi.
Al – Forobiy axloqiy tarbiyaga oid ta’limotining tahlili natijasida
quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
24
1. Al – Forobiy o’zi yashagan davrgacha yaratilgan va o’rta asrlarda
mavjud bo’lgan inson va uning ahloqiga oid ta’limotlari o’rganib chiqib va
ijodiy rivojlantirib, ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan o’z ta’limotini yaratdi;
2. Al – Forobiy inson va uning axloqini o’rganar ekan, o’zining
ta’limotiga “Baxt - saodat” tushunchasini kiritdi hamda insonning
yaratishdan maqsad uning kamolotga, u orqali esa baxt – saodatga
erishmog’i lozimligini ta’kidladi;
3. Inson tabiatan fozil yoki fosiq bo’lib yaratilmaydi, balki shu
hislatlarga yaxshiroq, moyilroq bo’lishi mumkin. Shu sababli tarbiyachining
asosiy vazifasi – insonda ahloqiy yuksak va insoniy fazilatlarni mustahkam
hosil qilish hamda ularni odat tusiga aylantirishdan iboratdir, degan fikr al –
Forobiy ahloqiy ta’limotining asosini tashkil etadi.
4. Al – Forobiy IX – X asrlardek “tarbiya” tushunchasining ilmiy,
ijtimoiy ta’rifini berishga muvaffaq bo’lgan olimdir.
Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling