Ал-хоразмий номидаги
Ishlab chiqarish jarayoni
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotish jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni moddiy ne’matlar yaratish bilan bog`liq bo`lgan eng murakkab xo`jalik muomalalarini o`z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlarini (hom-ashyo, material, yoqilg`i, yarim tayyor mahsulot va h.k.) va mehnat vositalarini (eskirishi tariqasida), shuningdek ish kuchini (ish haqi hisoblash shaklida) iste’mol qilish sodir bo`ladi. Natijada kishilar ehtiyojini qondirishga mo`ljallangan iste’mol qiymatidagi moddiy ne’matlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish jarayonida yangi yaratilgan mahsulotning tannarxi shakllanadi. Shuni ham aytish kerakki, yangidan yaratilgan mahsulot qiymatida jamiyat uchun qo`shimcha mehnat asosida vujudga kelgan milliy daromadning bir qismi mavjud bo`lib, bu mahsulotning qiymati bilan tannarxi o`rtasidagi farqdir. Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni korxona omboriga topshirish bilan tugaydi.
Sotish jarayoni xo`jalik mablag`lari davriy aylanishining so`ngi bosqichi bo`lib, bu bosqichda ombordagi tayyor mahsulotlar korxonaning maxsus bo`limlari tomonidan shartnomaga muvofiq xaridorlarga yoki iste’molchilarga yetkaziladi. Mahsulotlarni boshqa korxonalarga ularning ishlab chiqarish iste’mollari uchun yoki to`g`ridan-to`g`ri aholiga sotish mumkin. Buning evaziga korxona xaridordan pul oladi. Ammo bu pul tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan mablag` miqdoridan bir muncha ortiq bo`ladi. Ortiqcha chiqqan bu summa foyda bo`lib, u ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltiriladi va sotish jarayonida pul ko`rinishini oladi. Sotish jarayoni xo`jalik jarayonini tugallaydi va yana yangidan ta’minot jarayoni boshlanadi, ammo bu jarayon avvalgidan kengroq tus oladi. Chunki ishlab chiqarish kengaygan takror ishlab chiqarish iqtisodiy qonuniga rioya qilgan holda rivojlanadi. Shunday qilib, korxonaning xo`jalik mablag`lari davriy aylanishning barcha bosqichlarida harakat qiladi. Ularning ayrimlari ta’minot jarayonida bo`lganida, ayrimlari ishlab chiqarish jarayonida bo`ladi, shuningdek bir qismi sotish jarayonida bo`ladi va natijada biridan ikkinchisiga o`tib turadi. Shuni ham aytish kerakki, xo`jalik mablag`larining shakllari va tuslari ham o`zgarib turadi. Demak, buxgalteriya hisobi har bir korxonada xo`jalik jarayonida sodir bo`layotgan xo`jalik muomalalarini va bu muomalalar ta’sirida xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirishi zarur. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling