Ал-хоразмий номидаги
BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA USULLARI
Download 0.84 Mb.
|
Ma\'ruza
BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA USULLARI
1. Buxgalteriya hisobining predmeti. 2. Buxgalteriya hisobining usullari. Buxgalteriya hisobining predmeti Buxgalteriya hisobi umumiy nazariyasi tarmoq kurslari bilan birgalikda «Buxgalteriya hisobi» fanini tashkil etganligi sababli doimo o`z predmetiga ega bo`ladi. Bu predmetning mazmunini anglash uchun buxgalteriya hisobi vazifalarini o`rganish kerak. Barcha korxonalarda buxgalteriya hisobi yuritiladi. U korxonalardagi xo`jalik mablag`larining tuzilishi, joylanishi, qaysi manbalardan tashkil topganligi hamda xo`jalik jarayoni va muomalalari ta’siri ostida bo`layotgan o`zgarishlarning borishi ustidan uzluksiz nazorat olib boradi. Buxgalteriya hisobi bu ishni bajarishda o`zining barcha usullaridan keng foydalanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deganda mahsulotni, ish kuchlarini va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish tushuniladi. Mahsulotni takror ishlab chiqarish asosan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridan tashkil topadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishni boshlashdan avval korxonaning tegishli bo`linmalari, hom-ashyo, material, yarim tayyor mahsulot, yoqilg`i va boshqa moddiy qiymatliklarning zarur zahirasiga ega bo`lishlari zarur. Ta’minot jarayonida korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan olib boradigan o`zaro munosabatlari natijasida hisob-kitob muomalalari kelib chiqadi. Demak, buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishning bu pallasidagi ob’ektlari korxona tomonidan sotib olingan moddiy qiymatliklar, ularning korxona omborlariga qabul qilinishi va korxona ichidagi harakati hamda moddiy qiymatliklarni sotib olishga doir mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar olib borishdir. Bu jarayondagi buxgalteriya hisobi ob’ektlariga moddiy qiymatliklar sotib olishga doir hisob-kitoblarda sodir bo`lgan pul-kredit muomalalarini ham kiritish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida hom-ashyo, material, yarim tayyor mahsulotlar mehnat vositalari va ish kuchi ta’siri ostida qayta ishlanib, tayyor mahsulotga aylanadi. Bu jarayonda mashinalar, asbob-uskunalar, hom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda kam baholi va tez ishdan chiqadigan buyumlarni, ishlab chiqarish davrlari harakatini, mehnat vositalaridan foydalanishni qayd qilish va ular ustidan nazorat olib borish, sarflangan ish vaqti, ishlab chiqaruvchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilar bajargan ishlarning miqdorini qayd qilish va ularga ish haqi hisoblash hamda ish haqini to`g`ri hisoblash ustidan nazorat o`rnatish ish haqi fondini aniqlash va undan foydalanish ustidan nazorat olib borish, ishchi va xizmatchilar ish haqidan ushlab qolinadigan summalarni aniqlash va ularni tegishli tashkilot yoki shaxslarga o`tkazish, pochta orqali berib borish, soliqlarga doir tashkilotlar bilan hisob-kitoblar, ishlab chiqarishni boshqarish va uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni hisobga olish va ularni ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turlari o`rtasida taqsimlash, tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmini aniqlash va hisobga olish, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini hisoblab chiqish va boshqalar buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot xaridorlarga yuboriladi va bularning evaziga korxona pul oladi. Bu jarayon sotish jarayoni deb yuritiladi. Sotish pallasida buxgalteriya hisobining ob’ektlariga korxona tayyor mahsulotini omborda hisobga olish va ular ustidan nazorat olib borish, tayyor mahsulotni xaridorlarga yuborish va buning natijasida vujudga kelgan xaridor va buyurtmachilar bilan bo`lgan hisob-kitoblar, sotish va ortib jo`natish, moliyaviy natijalarni aniqlash, pul mablag`lari va boshqa hisob-kitoblardagi mablag`lar kiradi. Xo`jalik mablag`lari davriy aylanishining asosiy bosqichlari ketidan taqsimot va iste’mol ham keladi. Bu pallada ish haqiga doir to`lovlar, foydadan davlat budjetiga to`lovlar va foydaning korxona ixtiyorida qolgan qismidan foydalanish, maxsus maqsadlarga atalgan fondlar va boshqalar ham buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo`lib hisoblanadi. Iste’mol uch qismdan, ya’ni ishlab chiqarishning o`zidagi iste’mol, ishlab chiqarishga tegishli bo`lmagan iste’mol va shaxsiy iste’mollardan iborat. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling