Ал-хоразмий номидаги


Download 0.84 Mb.
bet27/71
Sana11.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1259091
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruza

Yo`qlama qilishbu sanash, tortish, o`lchash va h.k.lar yo`li bilan korxona mol-mulkini ro`yhat qilish, ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish, topilgan kamomad, ortiqmoshlik, nobudgarchilik va h.k.lar tarzidagi farqlarni hujjat bilan rasmiylashtirish, bu farqlarning sabablarini va aybdorlarini topishdan iboratdir. Yo`qlama qilishning buxgalteriya hisobi usulining elementi ekanligi 1950 yilda professor N.A.Kiparisov tomonidan isbotlanib, iqtisodiy adabiyotga kiritilgan. Yo`qlama qilish korxonalar mol-mulki ustidan nazorat qilib turishga yordam beradi va buxgalteriya hisobi ko`rsatkichlari haqiqiyligini, ishonchliligini ta’minlaydi. Chunki moddiy qiymatliklarning buzilishi, materiallarni qabul qilish va ombordan chiqarishda yo`l qo`yilgan xatoliklar, moddiy qiymatliklarning tabiiy kamayishi, kamomadlar va shu kabi xatolar sodir bo`lishi bilan ularni darhol aniqlash va qayd qilish juda qiyin. Bular faqat yo`qlama qilish yo`li bilangina aniqlanadi va natijada buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ham o`zgartiriladi.
Baholash xo`jalik mablag`lari, ularning tashkil topish manbalari va xo`jalik jarayonini pul o`lchovida ifodalash usulida namoyon bo`ladi. Bu usul natura va mehnat o`lchovlarini qo`llash, zarur ma’lumotlarni taqqoslash va umumlashtirish, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi sodir bo`layotgan xo`jalik muomalalari to`g`risida umumlashtirilgan ko`rsatkichlar berishi kerak. Bunday ko`rsatkichlar hamma xo`jalik muomalalarini pul ifodasida baholash yordamida keltiriladi. Moddiy qiymatliklar hisobi joriy buxgalteriya hisobida reja bahosida, qat’iy hisob bahosida yoki haqiqiy tannarxida olib borilsa ham, ular balansda haqiqiy tannarxda ko`rsatiladi. Baholash buxgalteriya hisobi usulining bir elementi ekanligi birinchi marta 1948 yilda professor A.A.Afanasev tomonidan isbotlangan va iqtisodiy adabiyotga kiritilgan. Baholash yordamida natura, mehnat, kombinatsiyalashgan va shartli o`lchovlarda qayd qilingan xo`jalik mablag`lari, xo`jalik jarayoni va muomalalari umumlashtiruvchi pul o`lchoviga keltiriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling