Ал-хоразмий номли урганч давлат университети


§10. P-N O’TISHDAN O’ZGARUVCHAN


Download 1.96 Mb.
bet13/28
Sana26.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1722936
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
kontakt xodisalar

§10. P-N O’TISHDAN O’ZGARUVCHAN
RESISTOR SIFATIDA FOYDALANISH

Ma’lumki p-n o’tishni elektr zanjiriga qo’yilayotgan maqsadga qarab to’g’ri yoki teskari ulash mumkin. Bunday ikki xil ulanish p-n o’tishni xarakteristikalarini nochiziqli ko’rinishga olib keladi. Shuning uchun p-n o’tishni qarshiligini ulanishga bog’liq ravishda o’rganish uchun differetsial qarshilik va o’zgarmas tokga qarshilik tushunchalari kiritilgan.


Differentsial qarshilikni aniqlash uchun quyidagi ifodadan foydalanamiz:
(10.1)
Bu ifodani tok kuchining funktsiyasi sifatida ifodalash uchun ushbu ifodadagi kuchlanishning qiymati boshqacharoq usul bilan aniqlanadi. Buning uchun p-n o’tish (diod)ning statsionar volt-amper xarakteristikasidan foydalanamiz. Bu xarakteristika rasm.10.1.da keltirilgan.
p-n o’tishning VAXidan shu narsa aniqlanganki, tok kuchining kuchlanishga bog’likligida kuchlanishning kichik o’zgarishida tok kuchining juda katta o’sishi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(10.2)
(10.2) ifodani (10.1) ga qo’ysak:



Rasm.10.1. p-n o’tish (diod)ning statsionar
volt-amper xarakteristikasi


(10.3)
Ushbu ifoda o’rinli bo’ladi, agar J>>J0 shart bajarilsa. Bu erda ekanligini hisobga olsak, differentsial qarshlikni quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin bo’ladi:
(10.4)
U<0 bo’lgan teskari soha uchun rd juda tez o’sadi va bo’lganda juda kata chegarasiz qiymatni olishi mumkin. U> 0 bo’lgan sohada esa rd juda tez kamayadi.
O’zgarmas tok uchun p-n sohaning qarshigi R0 ni aniqlash uchun (10.2) formuladan foydalanamiz. Natijada ushbu ifodaga ega bo’lamiz:
(10.5)
Bilamizki, . Ushbu ifodadan foydalangan holda p-n o’tishning tokga nisbatan qarshiligini topamiz:
(10.6)
Ushbu ifodadan shunday hulosa chiqadiki, bo’lganda Rd qarshilik kuchlanishga to’gri proportsional bo’lar ekan:
(10.7)
Agar J=0 va U=0 bo’lsa differetsial qarshilik (Rd) va o’zgarmas tokga qarshilik (R0) bir-ibiriga teng bo’lar ekan:
(10.8)
Kichik to’g’ri toklarda R0 doimo Rd dan katta bo’ladi. Teskari toklar sohasida esa R0 d.
Odatda p-n o’tish(diod)ning to’g’ri qarshiligi deganda to’g’ri tok(kuchlanish)ning eng kichik qiymatiga mos keluvch R0 tushuniladi. Teskari tokning qarshiligi deganda esa teskari kuchlanishning nominal(eng kichik) qiymatidagi qarshilik (R0) tushuniladi.

Nazorat savollari


1.Differetsial qarshilikni tushuntiring.
2. Differetsial qarshilik qaysi ifodadan topiladi?
3. p-n o’tishli diodning VAX sini tushuntiring.
4. Kichik to’g’ri toklarda R0 va Rd orasidagi munosabatni toping.
5. Teskari toklar sohasida esa R0 va Rd qanday qiymatlarni oladi?
6. To’g’ri va teskari ulanishda o’tish xarakteristikalari qanday ko’rinishda bo’ladi?



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling