Ал-хоразмий номли урганч давлат университети


§12. YARIMO’TKAZGICH DIODLAR


Download 1.96 Mb.
bet15/28
Sana26.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1722936
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
kontakt xodisalar

§12. YARIMO’TKAZGICH DIODLAR

Yarimo’tkazgich diod – bu eng oddiy yarimo’tkazgich qurilma bo’lib bitta p-n o’tishdan iborat. Uning asosiy vazifasi- elektr tokini bir yo’nalishda o’tkazib teskari yo’nalishda o’tkazmaslikdir. P va N tipdagi yarimo’tkazgichlarning kontakti orqali p-n o’tish hosil bo’ladi. P- tipdagidagi yarimo’tkazgichga ulangan elektrod anod deb, n- tipdagi yarimo’tkazgichga ulangan elektrod esa katod deb ataladi. Yarimo’tkazgich diodda tokning yo’nalishi anoddan katod tomonga bo’ladi va teskariga deyarli tok xarakatlanmaydi.


Yarimo’tkazgich diodning n-sohasida asosan manfiy zaryadlangan zarrachalar – elkrtronlar mavjud bo’ladi.
p- sohada esa musbat zaryadlangan zarrachalar- kvoaklar mavjud bo’ladi. Agar biror joyda zaryadlar ishorasi bo’yicha farq qiladigan bo’lsa o’sha erda elektr maydoni hosil bo’ladi va turli xil ishorali zaryadlar bir-biriga tortisha boshlaydi. Bu maydon ta’sirida elektronlar p-n sohadan o’tib p sohaga, kovaklar esa n sohaga diffuziyalanadi. Natijada kichik elektr toki paydo bo’ladi. Natijada elektronlarning kontsentratsiyasi p –soha chegarasida, kovaklarning kontsentrasiyasi n- soha chegarasida ortadi va asosiy zaryad tashuvilar xarakatiga to’sqinlik qilishadi.
Yarimo’tkazgich diodning juda ko’p turlari mavjud. Ularning belgilanishi rasm.12.1.da keltirilgan.
Yarimo’tkazgich diodlarning ishlash printsiplari ko’plab fizik jarayonlarga asoslangan. Ularning ko’pchiligi metall-yarimo’tkazgich kontaktga, elektron-kovak o’tkazuvchanlikga, anizatrop geteroo’tishlarga asoslangan. Shunday bo’lishiga qaramasdan bir nechta o’tishlarga hatto murakkab strukturalarga ega diodlar mavjud. Diodlarning klassifikatsiyasi rasm.12.2.da keltirilgan.

Rasm.12.1.Turli xil diodlarning elektr sxemalarda belgilanishi

Rasm 12.2 Diodlart klassifikatsiyasi

To’g’rilagich diodlar


To’g’rilagich diodlar yarimo’tkazgich diod bo’lib, o’zgaruvchan elektr tokini o’zgarmas elektr tokiga aylantirish uchun ishlatiladi. Bu turdagi diodlarning ishlash printsipi asosida p-n otishni bir tomonlama tok o’tkazish xossasi yotadi(rasm.12.3).
Nosimmetrik p-n o’tishga ega qotishmali, epitaktsial va diffusion diodlar to’g’rilagich diodlar sifatida ishlatiladi. Bu turdagi diodlar o’tkazish holatida qarshiligi kichik va katta elektr tokini o’tkazadi. P-n o’tish sohasi katta bo’lgani uchun bar’er sig’im ham kata qiymatga ega bo’ladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling