Ал-хоразмий номли урганч давлат университети


To’grilagich yarimo’tkazgich diodning asisoy asosiy parametrlari


Download 1.96 Mb.
bet16/28
Sana26.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1722936
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
kontakt xodisalar

To’grilagich yarimo’tkazgich diodning asisoy asosiy parametrlari:

  • Dioddagi aniq bir to’g’ri kuchlanishida (оdatdaUt=1-2V)

  • normallashadigan to’g’ri tok- It;

  • Diodning maksimal ruxsat etilgan to’g’ri toki- It.мах;

  • Diodning normal ishlashi mumkin bo’lgan maksimal teskari diod kuchlanishi Utes.мах;

  • Dioddan o’tayotgan teskari Utes.мах da kuzatiladigan o’zgarmas teskari tok Ites;

  • Diodning ruxsat etilgan qizishida uzoq vaqt o’tadigan o’rtacha to’g’rilangan tok- It.o’rt;

Diodning ishonchli ishlashi uchun unda tarqaladigan maksimal ruxsat etilgan quvvat Pмах.
Asosi germaniy bo’lgan diodning ish faoliyatini saqlash uchun uning temperaturasi +85°С dan oshmasligi, kremniyli diodlar esa +150°С gacha bo’lgan temperaturada ishlashi mumkin. To’g’ri tokni o’tkazishda germaniyli diodlarda kuchlanish kamayishi Uo’t=0,3-0,6V, kremniyli diodlarda esa Uo’t=0,8 - 1,2В.


Rasm.12.3.To’g’rilagich diod

To’g’ri tok o’tishida kuchlanishnni pasayishi kremniyli diodda germaniyli diodga qaraganda katta ekanligi aniqlangan. Buning asosiy sababi kremniy tomonidan hosil qilingan p-n o’tishning potentsial to’sig’ining balandligi kattaligidir. Temperaturani oshishi bilan kuchlanishni to’g’ri tushuvi (kamayishi) kamayadi. Bu potentsial bar’erning balandligini kamayishi bilan bo’gliq. Yarimo’tkazgichga teskari kuchlanish berilsa unda kichik miqdorda tok xosil bo’ladi. Buning asosiy sababi p-n o’tishdagi asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarning xarakati bilan bog’liq. P-n o’tish sohasida temperaturaning ortishi asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar sonini ortishiga olib keladi. Bunda elktronlarning bir qismi valent zonadan o’tkazuvchanlik zonasiga o’tadi. Natijada electron-kovak juftligining juftliklari hosil bo’ladi. Shu hisobiga teskari tokning miqdori oshadi. Yarimo’tkazgich diodga teskari yo’nalishda bir necha yuz volt kuchlanish berilsa, yopiq qatlamdagi tashqi elektr maydon juda kuchli bo’ladi va elektronlarni valent zonadan uzib olib o’tkazuvchanlik zonasiga o’tkazadi. Bu Zener effekti deyiladi. Bu holda teskari tok tezda kata qiymatga erishadi, bu esa diodni qizishiga olib keladi. Tokning qiymatini keying o’sishi p-n o’tishni buzilishiga olib keladi(rasm.12.4).


Ko’pgina diodlar teskari kuchlanishlarda ham ishonchli ishlay oladi. Buning uhcun kuchlanishning qiymati (0,7- 0,8) Uпtesh dan oshmasligi lozim. Germaniy asosida yaratilgan yarimo’tkazgich diodlarning teskari kuchlanishi – 100- 400 Voltgacha, kremniyli diodlarda esa – 1000 – 1500 Voltgacha etadi(rasm.12.3).

Rasm.12.4 To’g’rilagich diodning Volt-
amper xarakteristikasi

To’g’rilagich diodlar o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, elektr zanjirlarda kuchlanish boshqarish va kommutatsya qilish uchun ishlatiladi.





Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling