Elektron-kovak o‘tish (p-n o‘tish) - biri p, ikkinchisi n- turdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikki yarimo‘tkazgich sohalari orasidagi o‘tish.
Energetik zona -kristalldagi elektronlar to‘liq energiyasi qiymatlarining cheklangan uzluksiz yoki kvaziuzluksiz sohasi.
Yarimo‘tkazgich diod - bir elektr o‘tishli, ikki elektrodli, elektr o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi yarimo‘tkazgich asbob.
Yarimo‘tkazgich stabilitron - p-n o‘tishda elektr teshilishi hodisasidan foydalanishga asoslangan va kuchlanishni barqarorlashtirish uchun ishlatiladigan yarimo‘tkazgich diod.
O‘tkazuvchanlik zonasi -qo‘zg‘otilgan elektronlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng pastki bo‘sh zona.
Schottky to'sig'i- metall-yarim o'tkazgich chegarasida paydo bo'ladigan potentsial to'siqdir.
Valentlik zonasi - valentlik elektronlar zonasi bo’lib, nol haroratda yarimo'tkazgichda to'liq to'lgan bo’ladi.
Volt-amper xarakteristikasi - tokning kuchlanishga bog'liqligi. Har qanday yarimo'tkazgichli qurilma uchun asosiy xarakteristikasi.
P-n o'tishning sig'imi- yarimo'tkazgichlarda p-n o'tish sohasida va undan tashqarida to'plangan hajmiy zaryadlarining sig'imi. P-n o'tishning sig'imi chiziqli emas - bu ulanishga qo'llaniladigan tashqi kuchlanishning qutbi va qiymatiga bog'liq. P-n-o'tish sig'imlarining ikki turi mavjud: to'siq va diffuziya.
To’siq(zaryad) sig’im – teskari ulash rejimida kuzatilib p-n o’tishni potentsial to’sig’ini o’zgarishiga bo’gliq. U yassi kondensator sig’imiga ekvivalent bo’lib, o’tishning maydoniga va dielektrikning nisbiy singdiruvchaligiga bog’liq.
Diffuziya sig'imi- bir sohada asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarni (p-mintaqadagi elektronlar va n-mintaqada teshiklar) to’g’ri ulanish rejimida to’planishi.
Yarimo'tkazgichli stabilitron yoki Zener diodi- yarimo'tkazgichli diod bo'lib, teshilish rejimida teskari yo'nalish bilan ishlaydi.
Yorug'lik chiqaradigan diod (LED) - elektron-teshik birikmasi bo'lgan yarim o'tkazgichli qurilma bo'lib, u orqali elektr toki oldinga yo'nalishda o'tkazilganda optik nurlanish hosil qiladi.
Fotodiod - optik nurlanishni qabul qiluvchiboʻlib, u oʻzining fotosezgir sohasiga tushgan yorugʻlikni p-n oʻtishdagi jarayonlar tufayli elektr zaryadiga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |