Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Mulohazalarning inkor qilinishi


Download 1.22 Mb.
bet166/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Mulohazalarning inkor qilinishi. Mulohazalarni inkor qilish muhim mantiqiy amallardan bo‘lib, u orqali yangi mulohazalar (inkor mulohazadan tasdiq mulohaza va tasdiq mulohazadan inkor mulohaza) xosil qilinadi.
Ikki mulohaza bir-biriga zid bo‘lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi yolg‘on bo‘lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza (p) yolg‘on bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza ( p) chin bo‘ladi158. ( - inkor belgisi )

p

p

chin

yolg‘on

yolg‘on

chin

Quyidagi mulohazalar bir-birini inkor qiladi:
Hamma talabalar alochi. (yolg‘on).
Bazi talabalar alochi. (chin).
Hech bir inson qush emas (chin). Bazi insonlar qushdir (yolg‘on).
Mulohazalarni predikatning subektga taalluqli emasligini ko‘rsatish va mulohazani yolg‘on deb ko‘rsatish orqali inkor qilish mumkin. Birinchisi ichki inkor, ikkinchisi tashqi inkor deyiladi. Masalan:
Bazi yo‘llar tamirlangan emas (ichki inkor).
Ikkining tub son ekanligi – noto‘g‘ri fikrdir (tashqi inkor).
Murakkab mulohazalarni inkor qilish. Birlashtiruvchi va ayiruvchi mulohazalar inkor qilinganda ularning mantiqiy bog‘lamalari almashadi va tarkibidagi oddiy mulohazalar inkor qilinadi.
Birlashtiruvchi mulohazani inkor qilish.
Halol va vijdonli odamlar axloqli bo‘ladilar.
Halol bo‘lmagan yoki vijdonli bo‘lmagan odamlar axloqsiz bo‘ladilar. Birlashtiruvchi inkor mulohazani inkor qilish.
Alochi va jamoatchi bo‘lmagan talabalar tanlovda ishtirok etmaydilar.
Alochi yoki jamoatchi bo‘lgan talabalar tanlovda ishtirok etadilar. Ayiruvchi mulohazani inkor qilish.
Men darsdan so‘ng yo kutubxonaga, yo do‘stimnikiga boraman.
Men darsdan so‘ng kutubxonaga ham, do‘stimnikiga ham bormadim. Ayiruvchi inkor mulohazani inkor qilish.
Hunar o‘rganmagan yoki ilm olmagan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topmaydi.
Hunar o‘rgangan, ilm olgan insonlar hayotda o‘z o‘rnini topadi. SHartli mulohazani inkor qilish
Agar bo‘sh vaqtim bo‘lsa, unda televizor ko‘raman.
Bo‘sh vaqtim bo‘ldi, lekin televizor ko‘rmadim.
Murakkab mulohazalarni inkor qilish usullarini bilib olish yangi mulohazalarni tuzish, nuqtai nazarni o‘zgartirish uchun imkoniyat yaratadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling