Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subekt va predikatning o‘rnini almashtirish
orqali keltirib chiqariladi:160
Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi tablitsada ko‘rsatilgan:
|
Xulosa asosi
|
Xulosa
|
Almashtirish turi
|
|
A. Hamma S-
|
A. Hamma P-
|
Sof almashtirish
|
|
P
|
S
|
|
|
E. Hech bir SP emas
|
E. Hech bir P- S emas
|
Sof almashtirish
|
|
I.Bazi S-P
|
I.Bazi P – S
|
Sof almashtirish
|
|
A. Hamma S-
P
|
I. Bazi P – S
|
Toraytirilgan almashtirish
|
|
I. Bazi S-P
|
A. Hamma P – S
|
Kengaytirilgan almashtirish
|
Juziy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Almashtirishga misol:
1 –misol. A. Hamma shifokorlar oliy malumotlidir. I. Bazi oliy malumotlilar shifokorlardir. 2- misol. E. Hech bir inson tosh emas. E. Hech bir tosh inson emas.
3-misol. I. Bazi yoshlar tadbirkordir.
I. Bazi tadbirkorlar yoshlardir.
4- misol. A. Hamma odamlar jonli mavjudotdir.
I. Bazi jonli mavjudotlar odamlardir
5-misol. I. Bazi sanatkorlar qo‘shiqchidir.
A. Hamma qo‘shiqchilar sanatkordir.
Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi subekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan tariflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |