Sillogizmning qoidalari.
Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘lishi uchun etarli emas.
Xulosa chin bo‘lishi uchun muayyan qoidalarga amal qilish ham zarur.161 Bular:
Har bir oddiy qatiy sillogizmda faqat uchta termin (katta, kichik va o‘rta termin) bo‘ladi.
O‘rta termin hech bo‘lmaganda sillogizm asoslaridan birida to‘la hajmda olinishi kerak.
Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo‘lsa, xulosada ham shunday hajmda bo‘lishi kerak.
Sillogizm asoslaridan biri inkor mazmunda bo‘lsa, xulosasi ham inkor mazmunda bo‘ladi.
Sillogizm asoslarining har ikkisi inkor mulohaza bo‘lsa, ulardan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Sillogizm asoslaridan biri juziy hukm bo‘lsa, xulosa ham juziy bo‘ladi.
Sillogizm asoslarining har ikkisi juziy mulohaza bo‘lsa, ulardan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Sillogizmning har ikki asosi tasdiq mulohaza bo‘lsa, xulosa ham tasdiq mulohaza bo‘ladi.
Sillogizm figuralari va moduslari
Sillogizmlar bir-biridan 1) o‘rta terminning joylashishiga qarab va 2) asoslar va xulosadagi mulohazaning miqdori va sifatiga ko‘ra farq qiladi. O‘rta terminning o‘rni sillogizmning figurasini belgilab beradi.
I figurada o‘rta termin katta asosning subekti, kichik asosning predikati bo‘lib keladi. II figurada o‘rta termin katta va kichik asoslarning predikati bo‘lib keladi. III figurada o‘rta termin har ikki asosning subekti bo‘lib keladi. IV figurada o‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning subekti bo‘lib keladi.162
I figura II figura III figura IV figura
M_____P P_____M M_____P P_____M
S_____M S_____M M_____S M_____S
_________ __________ __________ _________
S – P S – P S – P S - P
Sillogizm asoslari oddiy qatiy mulohazalardan iborat. Bu mulohazalarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda (to‘plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» – shakl degan manoni anglatadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos shakllari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri shakllarini aniqlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos bog‘lanishi asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |