Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Oddiy qatiy sillogizmning birinchi figurasi


Download 1.22 Mb.
bet173/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Oddiy qatiy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
 Katta asos umumiy mulohaza bo‘lishi kerak.  Kichik asos tasdiq mulohaza bo‘lishi kerak.
I figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
AAA-Barbara, eAE-Celarent, AII-Darii, eIO-Ferio.163
Moduslarning birinchi harfi katta asosning, ikkinchi harfi-kichik asosning, uchinchi harfi xulosaning sifat va miqdorini ko‘rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida ularning har biri alohida nom bilan ataladi.
Har ikki asosi va xulosasi umumiy tasdiq mulohaza bo‘lgan AAABarbara shakli.
A. Hamma juft sonlar ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi.
A. Hamma nol bilan tugagan sonlar – juft sonlardir
A. Hamma nol bilan tugagan sonlar ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq, xulosasi umumiy inkor mulohaza bo‘lgan eAE-Celarent shakli.
E. Hech bir maruza ko‘chirilgan emas.
A. Majlisdagi hamma nutqlar maruzadir.
E. Majlisdagi hech bir nutq ko‘chirilgan emas.
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi juziy tasdiq mulohaza bo‘lgan AII-Darii shakli.
A. Hamma avtobuslar tasdiqlangan grafik bo‘yicha yuradi.
I. SHahar transportining katta qismi – avtobuslardir.
I. SHahar transportining katta qismi tasdiqlangan grafik bo‘yicha yuradi.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juziy tasdiq, xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eIO-Ferio shakli.
E. Hech bir transport vositasi yoqilg‘isiz yurmaydi.
I. Bazi boshqariladigan texnik qurilmalar –transport vositasidir. I. Bazi boshqariladigan texnik qurilmalar yoqilg‘isiz yurmaydi.
Sillogizmning I figurasida oddiy qatiy hukmlarning barcha turlari bo‘yicha hulosalar beriladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling