Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Oddiy qatiy sillogizmning IV figurasi


Download 1.22 Mb.
bet176/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Oddiy qatiy sillogizmning IV figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:

    • Asoslarning biri inkor mulohaza bo‘lsa, katta asos umumiy mulohaza bo‘ladi.

    • Katta asos tasdiq mulohaza bo‘lsa, kichik asos umumiy mulohaza bo‘ladi.

  1. figuraning beshta to‘g‘ri modusi mavjud:

AAI-Bramalip, AEE-Camenes, IAI-Dimaris, eAO-Fesapo, eIO-Fresison.
Katta va kichik asoslari umumiy tasdiq , xulosasi juziy tasdiq mulohaza bo‘lgan AAI-Bramalip shakli. Misol:
A. Halol odamlarning hammasi vijdonlidir.
A. Hamma vijdonlilar adolatli kishilardir.
I. Bazi adolatli kishilar halol odamlardir.
Katta asosi umumiy tasdiq, kichik asosi va xulosasi umumiy inkor mulohaza bo‘lgan AEE-Camenes shakli. Misol:
A. Hamma zamonaviy ko‘priklar metaldan yasalgan.
E. Metaldan yasalgan buyumlarning hech biri mo‘rt emas.
E. Zamonaviy ko‘priklarning hech biri mo‘rt emas.
Katta asosi juziy tasdiq, kichik asosi umumiy tasdiq va xulosasi juziy tasdiq mulohaza bo‘lgan IAI-Dimaris shakli. Misol:
I.Milliy teatrning bazi akterlari kinoda ham rol o‘ynaydi.
A. Kinoda rol o‘ynaydiganlarning hammasi el nazariga tushadi.
I. El nazariga tushganlarning bazilari Milliy teatrdandir.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi umumiy tasdiq va xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eAO-Fesapo shakli. Misol: E. Hech bir fan doktori assistent emas.
A. Assistent bo‘lganlarning hammasi dissertatsiya yoqlaydi.
O. Bazi dissertatsiya yoqlaydiganlar fan doktori emas.
Katta asosi umumiy inkor, kichik asosi juziy tasdiq va xulosasi juziy inkor mulohaza bo‘lgan eIO-Fresison shakli. Misol:
E.Hech bir fan doktori assistent emas.
I. Bazi assistentlar talabalarga dars beradilar.
O. Bazi talabalarga dars beradiganlar fan doktori emas.
Sillogizmning IV figurasi umumiy tasdiq hukm ko‘rinishidagi xulosani bermaydi.
Arastudan boshlab barcha mantiqshunoslar sillogizmning I figurasi va uning moduslariga katta etibor berganlar. Ular I figurani mukammal, deb bilganlar, uning xulosalarini aniq va yaqqol, deb hisoblaganlar.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling