Entimema (qisqartirilgan qatiy sillogizm)
Insonning fikr yuritish jarayoni ko‘proq entimema ko‘rinishida amalga oshadi. Masalan, “U talaba bo‘lgani uchun, stipendiya oladi”, “Birodarim e’tiqodda sobit, Shuning uchun unga ishonsa bo‘ladi.” Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi – aqlda, fikrda degan manoni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.
Entimemalar uch turli bo‘ladi:
tartibli, yani katta asosi tushirib qoldirilgan.
tartibli, yani kichik asosi tushirib qoldirilgan. 3- tartibli yani, xulosasi tushirib qoldirilgan.166
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Bu o‘quvchi matematikani biladi. Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javobini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, Shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi (kichik asos tushirib qoldirildi).
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik sanatida keng qo‘llaniladi.
Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
Murakkab mulohazalarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarishda xulosa asoslariga mantiqiy bog‘lovchilar orqali bog‘langan oddiy mulohazalar deb qaraladi. Xulosa asoslari yo shartli, yoki ayiruvchi, yoki ham shartli, ham ayiruvchi mulohaza ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asoslardagi mulohazalarning turiga ko‘ra bunday xulosa chiqarishning quyidagi shakllari mavjud: I. SHartli xulosa chiqarish.
Ayiruvchi xulosa chiqarish.
SHartli-ayiruvchi xulosa chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |