Ayiruvchi sillogizmda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
Ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar hajmiga ko‘ra kesishmasligi shart, aks holda xulosa xato bo‘ladi. Masalan:
SHirinliklar mazali yoki chiroyli bo‘ladi. Bu shirinlik mazali.
Bu shirinlik chiroyli emas.
SHirinliklar ham mazali, ham chiroyli bo‘lishi mumkin. Bunda ayiruvchi mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalar bir – birini inkor etmaydi va hajmiga ko‘ra, kesishadi. Shuning uchun xulosa xato.
Ayiruvchi mulohazada muqobillar bir-birini inkor etishi va to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Burchaklar o‘tkir yoki o‘tmas burchakli bo‘ladi.
Bu burchak o‘tkir burchakli emas.
Bu burchak o‘tmas burchaklidir.
Xulosaning xato bo‘lishiga sabab, ayiruvchi mulohazadagi muqobillar to‘liq ko‘rsatilmagan, yani to‘g‘ri burchakning mavjudligi etibordan chetda qolgan.
Ayiruvchi sillogizmlardan ko‘proq bir necha echimga ega bo‘lgan masalalarni echishda, yani muqobil holatlardan birini to‘g‘ri tanlab olishda foydalaniladi.
III. SHartli – ayiruvchi – lemmatik (taxminlab) xulosa chiqarish deb, asoslardan biri ikki yoki undan ortiq shartli mulohazalardan, ikkinchisi esa ayiruvchi mulohazadan iborat bo‘lgan sillogizmga aytiladi. Ayiruvchi asosdagi azolarning soniga ko‘ra, bunday xulosalar dilemma (ayiruvchi asos ikki azodan iborat bo‘lgan), trilemma (ayiruvchi asos uch azodan iborat bo‘lgan) va polilemma (ayiruvchi asos to‘rt va undan ortiq azodan iborat bo‘lgan) deb ataladi.
Dilemmada asoslardan biri (kattasi) ikki shartli mulohazaning iborat bo‘ladi, ikkinchi asosi (kichigi) ayiruvchi mulohaza bo‘ladi. Kichik asosda shartli mulohazalarning asoslari (antetsedentlar) tasdiqlanadi yoki ularning natijalari
(konsekventlari) inkor qilinadi. Dilemmalar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Oddiy dilemmaning xulosasi tasdiq mulohaza bo‘lsa – konstruktiv, inkor mulohaza bo‘lsa – destruktiv deyiladi. Murakkab dilemmalarda ham xuddi shunday. Demak, dilemmalar oddiy konstruktiv, oddiy destruktiv, murakkab konstruktiv va murakkab destruktiv ko‘rinishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |