Bevosita argumentlash (isbotlash)da tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan mulohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va malum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan mulohaza (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb elon qilinishi, uning xalqaro miqyosda etirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita argumentlash (isbotlash)da esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik argumentlash (isbotlash) tezis (a) va antitezis
(a) o‘rtasidagi munosabatga asoslanadi. Masalan, «muloqot insonlarni birlashtiradi», degan mulohazaning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan
«muloqot insonlarni birlashtirmaydi», degan mulohaza olinadi.
Apagogik argumentlash (isbotlash)da antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan malum bir natija keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi.
Ayiruvchi argumentlash (isbotlash)da tezis sof ayiruvchi mulohazaning
(kuchli dizyunksiyaning) bir azosi bo‘lib, uning chinligi boshqa azolarining
(antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, “Bu xatni do‘stlarimdan A, yo B, yo S yozgan», degan fikr tekshirilib, «xatni B ham, S ham yozmaganligi”ligi aniqlanadi va shu tariqa «Xatni A yozgan», degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda isbotlash ayiruvchi – qatiy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan. Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi, yani tezis isbotlanadi. Raddiya. Rad etish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |