Referat toraqulova Sarvinoz Abduvakilovna
Download 487 Kb.
|
REFERAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom madaniyati poytaxti”
REFERAT Toraqulova Sarvinoz Abduvakilovna TOSHKENT SHAHRINING ISLOM MADANIYATI POYTAXTI DEB ELON QILINISHI VA UNING AXAMIYATI Yurtimizda mustaqillikning yigirma besh yilligi mobaynida erishilgan muvaffaqiyatlar asrlarga tatigulikdir. Xususan, dinimiz ravnaqi, unutilgan allomalarimiz hayoti va faoliyati, shuningdek, ularning nafaqat musulmon olami, balki butun jahon hamjamiyati tan oldi. Islomiy bilimlarni teran o'rganish imkonini beruvchi yangi bilim dargohlarini ochilishi, xorijiy davlatlar bilan turli sohalarda keng aloqalar bog'lash bo'yicha yuz yillar qamrab olmas miqyosda xayrli va ezgu ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli xalqimiz qon-qoniga singib ketgan dinimiz yana qayta o'rganila boshlandi. Sobiq sho'ro davri og'ir zulmi ostida dinimiz qattiq qoralandi, boshqa din vakillari qatori musulmon aholisi haq-huquqlari ham poymol qilindi. Taassufki, endi bu mudhish xotiralar xalqimiz tarixida qora satrlar bilan qoladigan bo'ldi. Ammo xalqimizda oyning o'n beshi qora bo'lsa, o'n beshi yorug' bo'ladi degan purma'no gap bor. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridayoq, aniqrog'i 1992 yil “Hayit” bayramlarini dam olish kuni deb e'lon qilinishi deyarli bir asr mobaynida tahlikada yashagan xalqimiz uchun unutilmas voqea bo'ldi. O'zbekiston diniy bag'rikenglik o'lkasiga aylandi. IX asrdan boshlab hozirgi O'zbekiston hududida islom dini ahli sunna yo'nalishining hanafiy mazhabi qaror topgan. Biz ota-bobolarimizning muqaddas bo'lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon-e'tiqodni insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o'rni va ta'sirini yuksak baholaymiz. Mustaqilligimiz sharofati bilan ko'plab allomalarimiz hayoti, meroslari chuqur o'rganilib, ularning tavallud sanalari, yubileylari o'tkazildi va tabarruk nomlari tiklandi. Mana shu ulug' maqomga sazovor bo'lgan ko'plab allomalarimiz O'zbekiston deb atalmish tabarruk zaminda yetishib chiqishini tasodifiy hol deb bo'lmaydi. Garchi mana shu holning o'zi ham bir necha ming yillik tarixga ega bo'lganiga dalolatdir. O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov 8-yanvar kuni, Toshkentda Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini qutlamoqda. (O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi) Bu betakror yurtda ilm-fan va madaniyatni avvaldan benihoya chuqurligidan, bu barakotli zaminga azal-azaldan an'anaviy yuksak madaniy, ma'naviy muhit mavjud bo'lganligidan, eng muhimi bu yurt ahli insoniyat va jamiyat manfaatlari yo'lida har qanday ilmni ham tez va teran ilg'ab, yuksak pog'onalarga ko'tarish salohiyatiga qodir ekanligidan dalolat beradi. Mustaqillik tufayli o'zligimizni anglayotgan, ma'naviy qadriyatlarimiz qayta tiklanayotgan hozirgi paytda g'urur bilan aytishimiz mumkinki, ota-bobolarimiz dini, iymoni, vijdoni bo'lib qolgan bizning mintaqaviy islom dinimiz o'ziga xos o'zbekona tusga ega, ya'ni o'zbekchilik bilan uyg'unlashib ketgandir. 2007 yilga kelib mustaqillik yillaridagi yana bir katta yutuqlarimizdan biriga erishdik. Bu ham bo'lsa O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” degan yuksak maqomga erishishidir. Buni Yurtboshimiz quyidagicha izohlaydilar: “Haqiqatan ham ta'lim fan va madaniyat masalalari bo'yicha islom tashkiloti AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda “Islom madaniyati poytaxti” degan nom berilishi mamlakatimiz hayotidagi ulkan madaniy, ma'naviy voqeadir”. Barchamizga ma'lumki, sobiq tuzum davrida diyorimiz mustamlaka iskanjasida edi. Allohga beadad shukrlar bo'lsinki, yurtimiz istiqlol ne'matiga musharraf bo'lgach, xalqimiz barcha sohada kamoli hurriyat ila say'-harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. Jumladan, dinimizga ham keng yo'l ochilib, mo'min-musulmonlarimiz ibodatlarini emin-erkin ado etish baxtiga muyassar bo'ldilar. 2008 yil – Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro markazning faoliyat boshlashi ham mamlakat ma'naviy hayotida katta voqea bo'ldi. Bu yerda hadis ilmi bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, turli xalqaro ilmiy anjumanlar o'tkaziladi, yurtimizdagi masjidlarning imom-xatiblari o'z kasbiy mahoratlarini oshirmoqda. Jahon islom tamadduniga, fan va madaniyatiga ulkan hissa qo'shgan Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg'inoniy, Ahmad Farg'oniy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi atoqli islom olimlari va tasavvuf ulamolarining tavallud to'ylari keng nishonlanib, qadamjolari obod qilindi, asarlari esa nashr etildi. O'tgan ushbu davr mobaynida diniy-ma'rifiy mazmundagi bir qancha adabiyotlar nashr etildi. Qur'oni karim va uning ma'nolari, hadis to'plamlari bir necha marta chop qilindi. Mustaqillik yillarida Imom Buxoriyning “Al Jomi' as-Sahih”, “Al-adab al-Mufrad” asarlari, Burhoniddin Marg'iloniyning “Hidoya”, Abu Iso Termiziyning “Sunan”, mazhabboshimiz Imom A'zamning “Asarlar”va “Musnad” kabi mashhur asarlari, aqoid, fiqh usullari, Hadis, siyrat, tafsir, arab tili sarfi va nahviga doir o'nlab darslik va kitoblar nashr etildi. Barcha viloyat, shahar va qishloqlarda hamma qulayliklarga ega yuzlab yangi masjidlar qurildi, qadimiylari ta'mirlandi. O'nlab islom o'quv yurtlarida aziz o'g'il va qizlarimiz islom ta'limotlarini chuqur egallamoqdalar. Bunday bunyodkorlik ishlari barcha viloyat va shaharlarda ham amalga oshirib kelinmoqda. Istiqlol sharofati bilan Hazrati Imom majmuasining asl tarixiy qiyofasini tiklash uchun bu yerda keng ko'lamli qurilish-ta'mirlash va obodonchilik ishlari olib borildi. Bulardan tashqari oylik “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetalari xalqimiz hukmiga xavola etib kelinmoqda, Televidenie orqali “Hidoyat sari” va “Ziyo” dasturlari muntazam ravishda berib kelinmoqda. Bularning hammasi mustaqillik bergan imkoniyatlar va erkinliklardir. Mo'min-musulmonlarimiz Alloh taolo ato etgan mustaqillik ne'matiga, ibodatlarni emin-erkin ado etish ne'matiga doimiy shukronalar aytishlari lozim. O'z e'tiqodini oshkor qila olmagan, ibodatlarini huzur-hulovat bilan ado eta olmagan ota-bobolarimiz erisholmagan hurriyat ne'matidan Alloh taolo bizlarni bahramand qildi. Minglab masjidlar ochilib, mo'min-musulmonlar ehtiyojiga topshirildi, o'nlab diniy ta'lim muassasalari barpo qilinib, u yerda yoshlar diniy va dunyoviy fanlardan tahsil olmoqdalar. O'nlab ziyoratgohlar ta'mirlanib, diniy idora ixtiyoriga topshirildi. O'tgan yillar davomida hukumatimiz tomonidan diniy sohaga taalluqli bo'lgan bir nechta qonun va qarorlar qabul qilindi. Bu esa mamlakatimiz hukumatining din va dindonlarga nisbatan naqadar hurmat va ehtirom ko'rsatayotganining yorqin misolidir. Shunday ekan, yaqinda 25 yilligi nishonlanayotgan hur, ozod va obod ona Vatanimiz mustaqilligining qadriga yetib yashashimiz lozim bo'ladi. Shu aziz Vatan barchamizniki, bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson aziz ona Vatanimiz oldidagi fuqarolik burchlarini yaxshi anglab olmoqlari lozim. Katta huquq va erkinliklarga ega bo'lish bilan birga zimmamizda burch va majburiyatlar borligini ham unutmaslik darkor. El-yurtimiz necha asrlardan buyon bu qutlug‘ qadamjoni asrab-avaylab, obod qilib, unga hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelmoqda. Shu birgina misolning o‘zi olijanoblik, ezgulik va tom ma’nodagi bag‘rikenglik fazilati xalqimiz tabiati, mentaliteti asosini tashkil etishidan dalolat beradi. Bizning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Biz bugun amalga oshirayotgan Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida ham millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Yurtimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda 138 ta milliy madaniy markaz katta rol o‘ynamoqda. Ana shu markazlar faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida biz yaqinda muhim bir qaror qabul qildik. Unga binoan Respublika baynalmilal markazi negizida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Endigi vazifa — mazkur qo‘mita oldiga qo‘yilgan dolzarb masalalarni samarali hal qilish, uning faoliyatini talab darajasida tashkil etishdan iborat. Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda islom madaniyati markazi tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi. “Ma’lumki, bizning mintaqamiz, avvalambor, bugungi O‘zbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Xalqimizning ana shunday boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish, jahon afkor ommasiga keng tanishtirish, eng muhimi, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish maqsadida biz azim poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekistondagi islom madaniyati markazini barpo etishga qaror qildik”, —ta’kidladi davlat rahbari. Aytilishicha, ushbu markazni Xastimom majmuasi hududida tashkil etish, bu yerda O‘zbekistondan yetishib chiqqan buyuk islom olimlari, alloma va mutafakkirlari, jahon madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan ulug‘ shoir va adiblar, rassom va xattotlarga oid boy ma’lumotlarni mujassam etish ko‘zda tutilmoqda. Bu maskanga tashrif buyuruvchilar bir vaqtning o‘zida islom olamining o‘nlab eng yorqin namoyandalarining hayoti va faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. “Bizga vatandosh bo‘lgan har bir alloma va mutafakkirning hayoti va faoliyatiga ekspozitsiyada alohida bir bo‘lim bag‘ishlanadi. O‘zbekistonda ularning sharafiga barpo etilgan me’moriy yodgorliklar maketlari, qo‘lyozma va bosma asarlar, xattotlik namunalari, o‘sha davrdagi amaliy san’at buyumlari va boshqa eksponatlar shu bo‘limlarda namoyish etiladi”, — dedi Prezident. Shavkat Mirziyoyev barcha ishtirokchilarni bu ishda o‘z taklif va maslahatlari bilan faol ishtirok etishga chaqirdi. Mustaqillik yillarida respublikada paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, pillachilik, meva-sabzavotchilik sohalari, sanoatning gaz, neft, qimmatbaho metallar qazib chiqarish turlari keng rivoj topdi. Neftni qayta ishlaydigan yangi zamonaviy zavod barpo etildi. Mavjudlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi Shoʻrton gaz-kimyo majmuasi kabi noyob korxonalarda tayyorlanayotgan suyultirilgan gaz, turli markadagi polietilen va boshqa mahsulotlarga talab nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham katta. Neft ishlab chiqarish 1990 yilga nisbatan uch baravar ortdi. Bugungi kunda Oʻzbekiston aholining oʻsib kelayotgan talabini taʼminlash bilan birga eksport hajmini ham koʻpaytirishga erishdi. Andijon, Samarqand Xorazm viloyatlarida avtomobil zavodlari barpo etilgani tufayli mustaqillik yillarida avtomobillar soni keskin oshdi. Va har yuz oilaning avtomobil bilan taʼminlash darajasi, bir necha baravar oʻsdi. Oʻz-oʻzidan ayonki mamlakatimizda benzin va yoqilgʻi – moylash mahsulotlariga boʻlgan talab ham shunga mos ravishda oʻsmoqda. Qishloq xoʻjaligiga, masalan, gʻallachilik rivojiga eʼtibor bersak ham ana shunday ulugʻvor yuksalishlarni koʻrish mumkin. Mustaqillikning ilk yillarida aholi ehtiyojlari uchun gʻalla tashqaridan keltirilgan boʻlsa, bugun Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligi tarkibidagi qoʻshni mamlakatlarga, shuningdek, Afgoniston, Eron va boshqa davlatlarga gʻalla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, oʻzbek halqining rizqi, noni butun boʻldi. Yetishtirilayotgan gʻallaning yuz foizi fermer xoʻjaliklari tomonidan tayyorlanayotganligi ularning egalik hissiyoti, manfaatdorlik va maʼsuliyat tuygʻusi kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Shuningdek mamlakatimiz paxta yetishtirishda jahonda beshinchi oʻrinda turadi. Istiqlol tufayli mamlakatimiz poytaxti-Toshkent “Islom madaniyati poytaxti” deb ulugʻlandi! Oʻzbekiston qadim yurt. Yer yuzidagi birinchi qadimiy qoʻl yozma kitob”Avesto”ning vatani ham bizning mamlakatimiz. Hozir yurtimizda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi qadimiy obidalarga boy mashhur shaharlarimiz mavjud. Mamlakatimiz hududining kattaligi jihatdan jahonda 55 oʻrinda boʻlib, 447 ming 400 km/kvni tashkil qiladi. Aholi soni jihatidan 42 oʻrinda turadi, oʻttiz milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling