Referat toraqulova Sarvinoz Abduvakilovna
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Download 487 Kb.
|
REFERAT
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bashariyat tamaddunining nodir sahifalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror kabi buyuk va moʻtabar zotlarning hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, Islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan bu allomalarning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish xalqaro markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan anjuman “Markaziy Osiyo mintaqasida islom madaniyati va san’ati”, “Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiy-ma’naviy merosi”, “Markaziy Osiyo tarixiy yodgorliklari epigrafikasi va arxitekturasi” hamda “Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odat va an’analaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik” kabi yo‘nalishlarga bo‘lindi. – O‘rta asrlarda butun musulmon mamlakatlari hududlarida kuzatilgan, Islom Renessansi deb atalgan olamshumul tarixiy bosqich muqadas islom dini ta’limotining mazmun-mohiyati hayotbaxsh, ijodkorlik, bunyodkorlik, ilmga da’vat etuvchi ekanini isbotladi, – deydiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov. – O‘sha davrlarda Movarounnahr, Iroq, Suriya, Andalusiya, Misr huudlarida faoliyat ko‘rsatgan ilmiy markazlarda amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlar, yozilgan bebaho asarlar, islom ilohiyotshunosligi, aniq fanlar, adabiyot, me’morchilik, san’at va madaniyat sohalarida islom sivilizatsiyasi Yevropa uyg‘onish davri uchun ham zamin yaratib bergani ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zining kashfiyotlari bilan jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan musulmon olamida bugungi kunda ham ilm sohiblari yetishib chiqishi uchun ajdodlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bebaho diniy-ma’rifiy merosni asrab-avaylash, targ‘ib qilish lozim. O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ham ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Markaziy Osiyodagi islom sivilizatsiyasini o‘rganish O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda IRCICA o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining muhim qismi ekanini alohida ta’kidlar ekan, xalqaro markaz bosh direktori Mahmud Erol Qilich shunday dedi: – Tarix shohidlik beradiki, Markaziy Osiyo yirik sivilizatsiya chorrahalaridan biri. Islom ta’siri ostida mintaqada ko‘p madaniyatli birga yashash muhiti saqlanib, ilm-fanga intilish rag‘batlantirildi. So‘nggi ikki yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi bilan hamkorlikda turli konferensiya, ilmiy-amaliy anjuman, seminarlar o‘tkazib kelyapmiz. Mazkur konferensiyaning bosh maqsadi – Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalarning asarlari bo‘yicha yangi tadqiqotlar o‘tkazish, yosh olimlarga tajriba ulashishdan iborat. Konferensiya islom sivilizatsiyasi tarixi va merosini Markaziy Osiyo sharoitida o‘rganishda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling