Referat toraqulova Sarvinoz Abduvakilovna
Barkamol avlod tarbiyasi-yurtimiz kelajagi
Download 487 Kb.
|
REFERAT
Barkamol avlod tarbiyasi-yurtimiz kelajagi
Mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyalashga mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Komil farzand tarbiyalash vazifasiga bevosita katta kuch sarflaydigan xotin – qizlarning ijtimoiy himoyasiga ham alohida eʼtibor berildi. Chunki, juda koʻp mamlakatlarda boʻlgani kabi mamlakatimiz aholisining 51,2 foizini xotin – qizlar tashkil etadi. Ularning iktisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlarida faol ishtirok etishi jamiyatning huquqiy davlat sari barqaror rivojlanishining, salohiyatli farzandlar tarbiyalashning muhim omillaridan biridir Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb taʼkidlagan edilar:”Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʻlgan munosabat bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga Sharqona ehtirom va eʼzoz biz uchun ibratli merosdir”. Darhaqiqat ayolga ehtirom yurt kelajagi-farzandlarimizga eʼtibor demakdir. Chunki farzandlar tarbiyasi ularning qoʻlida. Shuning uchun yurtimizda ayollarning muammolari bilan bogʻliq siyosatni amalga oshiruvchi tizim ishlab turibdi. Respublika xotin – qizlar qoʻmitasining rahbari ayni paytda Bosh vazir oʻrinbosari hisoblanadi. Viloyat va tuman xotin – qizlar qoʻmitalarining raislari hokim oʻrinbosari maqomida faoliyat yuritishadi. Ular xotin – qizlarning huquq va manfaatlarini qoʻllab quvvatlab salohiyatini roʻyobga chiqarishda samarali taʼsir oʻtkazmoqdalar. Bugungi kunda oila, onalik, bolalik ijtimoiy muhofazasini va ayollar huquq va erkinliklarini taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasining 80 yaqin qonuni va qonun osti hujjatlari mavjud. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi ushbu yoʻnalishdagi xalqaro huquqiy normalarga ham qoʻshilgan. Masalan, Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan 1979 yil 18 dekabrda qabul qilingan va 1981 yili kuchga kirgan”Xotin – qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi konvetsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib, 1995 yili ratifikatsiya qilgan. Mazkur konvensiya 30 moddadan iborat boʻlib, unda xotin – qizlarning ijtimoiy muhofazasi, teng huquqliligi belgilangan. Siyosatchi ayollarni yuzaga chiqaradigan huquqiy omillardan biri parlament saylovlarida ayollarga kvota belgilanganligidir. Siyosiy partiyalardan Parlamentga nomzod koʻrsatilayotganda ayollarga foizlik kvota belgilandi. Saylov qonunchiligimizni bu tariqa takomillashtirilishi milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqdi. Natijada ayollarning Milliy qonunchilikdagi faol ishtirokini taʼminladi. Ushbu kvota belgilanganligi tufayli parlament aʼzolari boʻlgan ayollar soni avvalgi parlament sayloviga koʻra koʻpayib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarorida “Maʼnaviyat – eng taʼsirchan va qudratli qurolimiz” degan tamoyilga muvofiq, aholining madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik, jumladan, elektron kitobxonlikni rivojlantirish, ijodkor ziyolilarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish va ularning yutuqlarini targʻib etish borasidagi ishlarni keng aks ettirish” lozimligini taʼkidlandi. Shuningdek qarorda taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali olib borishga qaratilgan ishlarga alohida urgʻu berildi. Kelajakda bu davr jamiyatimizda ayollarni ulugʻlash, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va maʼnaviy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish, pirovardida komil farzand tarbiyalash, umuman oila, onalik v Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling