Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Raddiya – argumentlash (isbotlash)ni


Download 1.22 Mb.
bet192/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Raddiya argumentlash (isbotlash)ni buzishga qaratilgan mantiqiy amal.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani argumentlash (isbotlash)ning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentlash (isbotlash) kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan mulohaza), argumentlar (tezisni rad qiluvchi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, yani bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I Tezisni rad etish II Argumentlarni rad etish III Demonstratsiyani rad etish. I.Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:

  1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealar, statistik malumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Bu qo‘lyozma XVII asrda yozilgan», degan tezisni rad etish, yani uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun yozuv usuli, qog‘ozning turi, qaysi alifboda yozilganligi kabi faktlarga asoslanamiz va tezisni rad etamiz.

  2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bemanilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bemanilik bo‘ladi. «Bemanilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha: (a→b) → ((a→b)→a)

  3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi.


  1. Download 1.22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling