Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Halollik. Halollik vijdon, adolat va burch kabi etikaning mezoniy tushunchalari bilan bog‘liq, insonning o‘zgacha munosabati o‘zicha munosabatidek sof, pokiza bo‘lishini talab qilidigan axloqiy meyordir.
Insonni manaviy, axloqiy jihatdan bezaydigan ajoyib fazilatlardan biri - halol, pokiza yashash, birovlarning xaqqiga zarracha bo‘lsada hiyonat qilmaslikdan iboratdir. Halol bilan haromni farqlash, faqat o‘z mehnati evaziga tirikchilik qilish, harom-harishdan jirkanish, haromxo‘rlikni eng katta gunohi azim va axloqsizlik deb bilish - bular Sharq faylasuflarining eng muhim g‘oyalaridan bo‘lib hisoblanadi. Halollik insonning ichki va tashqi dunyosining birligi, so‘zi bilan xattiharakati to‘g‘ri kelishini, atrofdagi insonlarga ochiq ko‘ngil va samimiy munosabatini ifodalovchi manaviy-axloqiy fazilat. Olimlar fikricha, halol va harom tushunchalari ijtimoiy mazmunga ega. Halollik jamiyatning axloqiy meyorlariga ongli ravishda va ixtiyoriy amal qilishga undaydigan hodisadir. Halollik inson harakterining mohiyatidan kelib chiqib, insonning o‘z vazifasini vijdonan va ongli ravishda bajarishida namoyon bo‘ladi. CHin manodagi halollik vadaga vafo qilish, so‘z bilan ish birligi demakdir. So‘zining ustidan chiqmagan odam beburd, belafz odam hisoblanadi. Molu davlat peshona teri bilan, mehnat bilan topilsa haloldir. Halollik rostgo‘ylik, to‘g‘rilik, axloqiy poklik, samimiylik kabi insoniy fazilatlar majmuasidan iborat. Halollik haromning dushmani. Halol amallarga quyidagi fazilatlar kiradi: kasb-mehnat bilan tirikchilik qilish, halol rizq topish, yaxshi niyat qilish, yaxshi so‘zlash, yaxshi amallar qilish, omonat va qarzlarni o‘z vaqtida qaytarish, etimlarni kafillikka olish, vafodorlik, gunohni savob ishlar bilan yuvish, ehson va sadaqa qilish, muhtojlarga qarz berish, yordam ko‘rsatish, mehr-muruvvatli va oqibatli bo‘lish va hokazolar. Xizmat vazifasini halollik bilan bajarish barcha insonlar uchun zaruriy bo‘lgan axloqiy talab hisoblanadi. Davlat xizmatchilari xatti – harakatlaridagi halollik ular xulqining to‘g‘riligi, so‘zida qatiyligi, sobitqadam bo‘lishi va umrining oxirigacha o‘z prinsiplariga sodiq qolishida ko‘rinadi. shuning uchun ham, halollik kishiga ulkan axloqiy qoniqish bag‘ishlaydi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling