Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Ulug‘vorlik va tubanlik kategoriyasining falsafiy mohiyati


Download 1.22 Mb.
bet233/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Ulug‘vorlik va tubanlik kategoriyasining falsafiy mohiyati
Ingliz nafosatshunosi e.Byork go‘zallikni ulug‘vorlik bilan ыiyoslaydi va ularni bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. Olmon faylasufi
I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o‘laroq, faylasuf Xegel ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi bo‘lib, ulug‘vorlik – zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishidir, deb tushuntiradi. Mazkur fikrlardan ulug‘vorlik - insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmui, degan fikr kelib chiqadi.
Takidlash zarurki, ulug‘vorlik go‘zallik singari qamrovli tushuncha. U o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni namoyon qiladi. Fridrix SHiller ulug‘vorlik qayg‘u va qo‘rquvni enguvchi va insonni ulug‘lab unga go‘zallik baxsh etishini tushuncha ekanligini uqtiradi. Buni u «axloqiy xavfsizlik» tushunchasi orqali izohlaydi. CHunki, qo‘rquv va dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli bo‘lish lozim. Zero, jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lib, insondagi qatiy ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, dahshatli yo‘qotishlar va mudhish qotilliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo‘qoladi. Agar xavf insonning o‘zigagina yaqinlashsa-yu, u o‘zini hotirjam xis qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; unga hech qanday havf tahdid solmaydi. SHu bois «axloqiy havfsizlik» din, e’tiqod va abadiylikka dahldorlikni taqazo etadi. Buni o‘zbek xalqi manaviy merosida muhim o‘rin tutgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi sarkardalarning, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi olimlarning hayotidagi manaviy jasoratni asos sifatida aytish mumkin. Ayniqsa, Abu Muin Nasafiy islomiy xalqlarning zaiflashuvi va o‘zaro e’tiqodiy ziddiyatlar kuchaygan bir davrda e’tiqodiy masalalarda hujjatlari eng aniq keltirilgan manbalar asosida ahli sunna val jamoa bilan unga xusumatlashgan boshqa firqalarning o‘zaro murosaga kelishini taminlash yo‘lida ko‘rsatganmanaviy jasorati bunga misol bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ulug‘vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go‘zallik muhokamasidan ustuvorroqdir, deyish mumkin.
Tabiatdagi ulug‘vorlik Cheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko‘z bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xajm, dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli hayrat va hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Tog‘lar insonni yuksak fikrlashga, buyuk g‘oyalarga undaydi: everestga O‘zbekiston bayrog‘ini tikib qaytishgan alpinistlarimizning taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Odatda estetikaning asosiy kategoriyalariga “zid”, “qarama-qarshi” va “teskari” tushunchalar tabiat, jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Biroq, estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlikning ziddi bo‘lgan tubanlik bevosita inson va uning faoliyati bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi.
Tubanlik - insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriya. U kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo qiladigan xunuklikdan ko‘ra kuchliroq, tasirchanroqdir: SHu bois uni hunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qo‘zg‘atib yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi.
Tubanlik kategoriyasi etika bilan estetikaning bir-biriga yaqin, uzviy va ajralmas ekanligini isbotlovchi tushuncha hamdir. Tubanlik etikada – xoinlik, sotqinlik, qotillik, vahshiylik kabi illatlar bilan bab-baravar mazmun kasb etadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling