Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hunuklik kishilarda noxushlik tuyg‘usini paydo qiluvchi, go‘zallik va
nafosatdan zavqlanishning ziddi bo‘lgan narsa-hodisalarni inson ongida aks etishidir. I
Idealizm olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy yo’nalish.
Ijobiy hislatlar Odob saqlash, rasm - odat bo‘lib qolagan odob qoidalaridan chetga chiqmaslik hamda etika va estetika talablarini bajo keltirishdir. Odoblilik samimiyatga asoslangan bo‘lib, insonning boshqalarni hijolat qiladigan, ranjitadigan yoki quvontiradigan narsalarning hammasini anglab olishini, boshqalarning ehtiyoj – talablarini va kechinmalarini tushuna bilishini shart qilib qo‘yadi. Farosatli kishi noqulay vaziyat sodir bo‘lishini oldini olishga intiladi. CHiroyli hatti – harakatlar qoidalarini yodlab olib, unga odatlanish mumkin, lekin odob qoidalarikishidan ko‘proq narsani talab qiladi. Odobga o‘rganish uchun inson o‘zini boshqa inson o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Farosatlilik jamiyatga, insonning o‘ziga yoki birovga xavf tug‘dirmaydigan hollarda boshqalarning ishiga aralashmaslikni talab qiladi.
Ijtimoiy faollik subektning jamiyat hayotida ongli holda mustaqil ishtirok etishi, uning malum ijtimoiy–manaviy sohada vujudga keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan harakati.
Ijtimoiy fikr yuz berayotgan vaziyatlar, voqealar va xatti–harakatlarning jamiyat azolari tomonidan maqullanishi yoki maqullanmasligi: baholashdir.
Ijtimoiy muhit insonni o‘rab turgan va uning shakllanishi, yashashi va faoliyati yuz beradigan moddiy, manaviy va ijtimoiy shartsharoit.
Ijtimoiy ong jamiyatning manaviy hayotini aks ettiruvchi, ijtimoiy guruh, sinf, xalq, millatning kundalik turmushi tasirida shakllanadigan g‘oyalar, nazariyalar, qarashlar, histuyg‘ular tizimini aks ettiruvchi falsafiy kategoriya.
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendentsiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |