Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ezgulik va
Estetik tarbiya ijtimoiy-manaviy jarayon va inson kamolotining muhim mezoni. U bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlaridan zavqlanish, yangilik va innovatsiyaga qiziqish tuyg‘usini nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatuvchi manaviyatning aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Estetika insonning voqelikka nafosatli munosabatini, xalq, millat, jamiyat badiiy tafakkurini hamda borliq, sanat va ijod jarayonlarining eng umumiy qonuniyatlari, tushunchalari, mezonlarini go‘zallik asosida anglash, o‘rganish va o‘zlashtirishga doir nazariy-amaliy faoliyat tizimidir. Etiket takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan munosabat hodisasidir. Etiketning qamrovi keng, u malum manoda xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, YAni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqazo etadi. Ezgulik va manaviy axloqiy tushunchalar orasidagi eng muhim yovuzlik juftliklaridir. E. insonni faoliyatning asl mohiyatini anglatadi – Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu amol» uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham shundan. E.insonga eng kuchli manaviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy Shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; Shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. F Fahm insonning aqliy qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi estetik anglash tuzilmasidagi muhim tushuncha. Falsafa (yunoncha «fileo» — sevaman va «sofia» —donolik) donolikni sevaman. Tabiat, jamiyat, inson, uning tafakkurida amal qiluvchi eng umumiy qonunlarni o’rganuvchi fandir Fan ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. Shuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Faoliyat insonning o‘zini o‘rab turgan olamga faol munosabati shakli bo‘lib, uning mazmunini maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qayta qurish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkil etadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling