58. Ibn Sino tushunchalarni ta’riflashda qanday xolatlarda xatoga yo‘l qo‘yiladi deb ko‘rsatadi?
A. 4 xolatda: predmetni uning o‘zi orqali bilishga harakat qilinganda, predmet unga qarama- qarshi bo‘lgan boshqa taniqli predmet orqali ta’riflanganda, predmet yanada noaniq bo‘lgan boshqa predmet orqali ta’riflanganda, predmet o‘zi orqali bilinadigan boshqa predmet orqali ta’riflanganda.
B. 3 xolatda: predmet unga qarama- qarshi bo‘lgan boshqa taniqli predmet orqali ta’riflanganda, predmet yanada noaniq bo‘lgan boshqa predmet orqali ta’riflanganda, predmet o‘zi orqali bilinadigan boshqa predmet orqali ta’riflanganda.
S. 3 xolatda: predmet unga qarama- qarshi bo‘lgan boshqa taniqli predmet orqali ta’riflanganda, predmet yanada noaniq bo‘lgan boshqa predmet orqali ta’riflanganda, predmetni uning o‘zi orqali bilishga harakat qilinganda
D. 2 xolatda: predmet yanada noaniq bo‘lgan boshqa predmet orqali ta’riflanganda, predmetni uning o‘zi orqali bilishga harakat qilinganda
59. Nomukammal sillogizmlarning xulosasini isbotlashda Markaziy Osiyo mutafakkirlari qanday usullardan foydalanganlar?
A. Asoslarning o‘rni almashtiriladi, asosdagi hukm almashtiriladi, bema’nilikka olib kelish usuli qo‘llaniladi.
B. Asosdagi hukm almashtiriladi va aylantiriladi.
S. Bema’nilikka olib kelish usuli qo‘llaniladi.
D. sillogizm xulosasiga zid hukm olinib, uning chinligi isbotlanadi.
60. Arastu asarlariga arab-musulmon faylasuflarining yozgan sharhlari uch turda bo‘lgan. Bular...
A. katta sharh, o‘rta sharh, kichik sharh yoki parafraza
B. katta sharh, o‘rta sharh
S. kompendiy, parafraza
D. kompendiy, katta sharh, o‘rta sharh
61. Katta sharh qanday yozilgan?
A. sharh yozilayotgan asarning har bir bobi va bo‘limlari bo‘yicha muallifning fikrlari alohida-alohida keltirilib, ularga batafsil tushuntirish berilgan.
B. sharh yozilayotgan asarning har bir bobiga batafsil tushuntirish berilgan.
S. sharh yozilayotgan asarning har bir bandidan birinchi jumlalar keltirilib, qolganlari esa tushuntirib berilgan.
D. sharhlovchi asarni o‘zi xohlagancha tartibga solib, o‘z fikrini qo‘shib, qolganlarini esa tushuntirib bergan
Do'stlaringiz bilan baham: |