Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Download 1.22 Mb.
bet206/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Gedonizm (grech. hendone – lazzatlanish) – qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish manolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunos ligida gedonizm (huzurbaxshlik talimoti) hayotning manosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan talimotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi manolarini ham anglatmoqda.
Gedonizm (huzurbaxshlik talimoti) – bu o‘ziga xos hayotga bo‘lgan yondoshuv bo‘lib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pog‘onasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qo‘yiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning talimotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunos likning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bog‘laydi. YAni, nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshi likdir, degan xulosaga keladi. Bunday xulosa o‘sha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yo‘nalishini paydo qilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. shu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va o‘zini to‘liq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi. Falsafa qomusiy lug‘atida Gedonizmga shunday tarif berilgan: “Gedonizm - yunoncha lazzatlanib umr kechirish inson hayotining asl mazmunini tashkil etish lozim, degan qarashga asos bo‘lgan g‘oya va turmush tarziga intilish. Qadimgi YUnonistonda Aristin va elinur gedonizmning asoschilari hisoblanadi. YAngi davr falsafasida bu g‘oyani Mill va Bentam tomonidan qaytadan tiklashga harakat qilingan. Falsafada gedonizmga ko‘proq moddiy boyliklarga etibor berish asosida hayot kechirish, deb qaraladi. Bu hol gedonizm g‘oyalarini mutloqlashtirish sharoitida hosil bo‘ladi. Aslida esa, ko‘pincha gedonistlar inson uchun eng yaxshi jamiyat - farovon va moddiy boyliklar mo‘l-ko‘l bo‘lgan davr, deb hisoblaydilar. Ammo bu qarash ayrim hollarda, manaviy qadriyatlarga etiborni susaytiradi, ular ahamiyatini to‘g‘ri anglashga xalaqit beradi.”182
Yillar osha bu qadimgi tushuncha global ahamiyatga molik axloqiy masala sirasiga kira boshladi. Dunyo miqyosida hozirgi kunda huzurbaxshlik talimotining tasiri kun sayin kuchayib bormoqda. YAshashga bo‘lgan intilish ashyoviylik, moddiylik bilan yo‘g‘rilib, insonlarni elkasiga yanada og‘irroq bo‘lgan yuk lamani ortmoqda. Natijada zamonaviylik «hayotdan to‘liq zavq olish» shiori ostida uni yanada yorqinroq, chiroyli va dabdabali kunga aylantirishga intilish kuchaydi. «Sabr», «shukr», «minnatdorchilik», «kelajakka umid» degan tushunchalar nozamonaviylik, noreallik tarzida qabul qilinyapti. Bunda eng yaxshi hayot tarziga ega bo‘lish eng yaxshi narsalarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Qimmatbaho buyumlar, mazali taomlar, eng yaxshi moddiy taminot baxtning belgisi sifatida namoyon bo‘lar ekan, axloqiy anglash muammosi bu borada qay darajada muhim ekanligini belgilaydi.
shu jihatdan ham, hozir ushbu talimot sog‘lom va nosog‘lom turlariga ajrala
boshladi. Nosog‘lom turi nafaqat o‘zini, balki boshqalarning ham hayoti, YAni yashash tarziga «halaqit» beradi. Aynan moddiy etishmovchilik tufayligina boshqa insonlarni qadrini, oriyatini, izzatini oyoq-osti qiladi. Ularni tahqirlaydi. Insonning mohiyati emas, uning tashqi ko‘rinishi, u bog‘langan va foydalanayotgan narsalariga bo‘lgan qiziqishning kuchliligi, Kamyu tili bilan aytganda obektni sizdan «begonalashuviga» olib keladi. Biz o‘zimiz bilmagan holda uni nafratiga sabab bo‘lamiz. Unda o‘zini yoki boshqalarni o‘limiga intilish hissini uyg‘otamiz.
Gedonizm talimotining sog‘lom turi boshqalarning hayotini ham yaxshi o‘tishiga to‘sqinlik paydo qilmaslikdir. Misol uchun, siz jamoat transportida ketyapsiz. Qulog‘ingizga uyali aloqa vositasining quloqqa taqadigan jihozini (quloqchin) taqib musiqa eshitib ketyapsiz. Ammo bu jihozdan aksariyat holda YAni, siz eshitayotgan musiqani shovqinli, asabga qattiq tegadigan ovoz chiqaradi. Siz ertalabki tiqilinchni sezmaslik, o‘zingizda yaxshi kayfiyatni uyg‘otish uchun qo‘shiqdan huzur qilsangiz, atrofdagilarning asabi buziladi. shundoq ham qiyinchilik tug‘dirayotgan bu sharoit yanada og‘irlashadi. Sizni bekatdan tushib qolishingizni istaydilar. Huzurbaxshlik talimotini sog‘lom turi insonning o‘z burchini his qilishi, boshqalarni erkiga, izzat-nafsiga tegmaslikni talab qiladi. Bu zamonaviylikni faqat yaxshilik bilan bog‘liq xususiyatlarini o‘zida mujassam qilishni, turmush go‘zalligini, inson go‘zalligini, atrof-muhitni go‘zallashtirish, hayotni manosini to‘laqonli bo‘lishiga intilishda ko‘rinadi.
Gedonizm axloqshunos likning huzurbaxshlik yo‘nalishi bo‘lib, unda hayotning maqsadi hayotning yuksak nematlariga intilish va undan lazzatlanib, zavqlanib yashash bilan belgilanadi. shu jihatdan ham qadimgi davr faylasuflaridan bejizdan Antisfen: «Mehnat orqasidan keladigan farog‘atni talab qilish kerak, undan oldin keladiganini emas», - degan fikrni aytgan emas.
Aslida huzurbaxshlik talimotiga ergashish salbiy xususiyat kasb etmaydi. Insonni hayot qiyinchiliklaridan o‘tishda uning mehnati samarasi katta ahamiyat kasb etadi. Turli ruhiy, jismoniy zo‘riqishlarga uchragan insonga ruh bag‘ishlaydi. Mehnat estetikasi inson mehnat jarayonida zavqlangani uchun ham mehnatga intiladi, unda o‘zini erkin va komil his qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Zotan mehnatda inson o‘zining asosiy mohiyatini topadi: u yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa estetik zavq baxsh etadi. Qadimgi davrda gedonizmga qarshi g‘oyalarni ilgari surgan kiniklar edi. Kiniklarning asoschisi Antisfen (e.a. 435-375 yy.) lazzatlanishning har qanday turini, inson ehtiyoji uchun kerakli bo‘lgan oddiy qulayliklarga nisbatan ham qarshi chiqadilar. Misol uchun, Diogen Sinopskiy (e.a. 330 y. — 320 y), bochkada yashab, faqatgina yopinchiq bilan cheklangan. Bundan maqsad - moddiy imkoniyatlardan voz kechib haqiqiy erkinlikka erishish edi. Ammo bunday cheklashlar o‘zida jamiyat talablarini ham inkor etardi. Natijada oddiy axloqiy meyorlardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelardi. Zotan axloqiy anglashning eng muhim xususiyatlaridan botiniy ozodlik va manaviy qadriyatlarning ustuvorligi ular tomonidan mutlaqlashtiriladi.
Boshqa tomondan, huzurbaxshlik talimoti ham etikaning muhim g‘oyalaridan - inson uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari suradi. Bu ikki talimot asosida boshqa mashhur talimotlarni vujudga keltirdi.
Bu falsafiy yo‘nalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Aristipp (435—355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va nafislik sifatida, iztirob esa qo‘pol va ruhiy qo‘zg‘alish xususiyatlariga ajratadi. Aristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak cho‘qqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning manosi uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bog‘liq. Epikur esa lazzatni hayotni yo‘lga qo‘yishning tamoyili sifatida ko‘radi. Huzurbaxshlikni epikur nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod bo‘lish deb tushunadi. Unda asosiy maqsad huzurbaxshlikning o‘zi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan qutulishdir. Epikurning baxt falsafasida unga erishuv bezovtalik (ataraksiya) hamda iztirobdan erkinlik vositasida amalga oshishi bilan belgilanadi. Bunday erkinlik epikur fikricha dunyoviy ehtiyojlar yordamida emas, balki haqiqiy ehtiyojlarga bo‘lgan, misol uchun, do‘stlikka bo‘lgan ehtiyojga sinchkov etibor orqali erishiladi. Utilitarchilardan Djeremi Bentam bunday yondoshuvni «hisobli huzurbaxshlik» deb nomlaydi. Henri Sidgvik (Henry Sidgwick) XIX asr utilitarizmini tariflar ekan, huzurbaxshlik talimotini axloqiy va ruhiy huzurbaxshlik talimotiga ajratadi. Bunda ruhiy huzurbaxshlik talimoti insonning o‘z quvonchlarini ko‘paytirishga intilish bilan belgilanadi. shu tariqa tushkunlikka tushishdan saqlanishga yoki zavqlanishni kuchaytirishga intilish inson harakatlarining asosiy sababchisiga aylanadi. Axloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga ajralib ketadi. Inson o‘zinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik gedonizmi), yoinki jamiyatni farog‘ati uchun harakat qilishi lozim (universal gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli o‘laroq Bentam: «Tabiat insonni ikki hukmdor - iztirob va quvonchning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar»183, deb yozadi.
«Katta farog‘at egasi bo‘lish uchun inson o‘zini cheklay bilishi lozim», degan fikrni, garchi huzurbaxshlik talimoti namoyondasi bo‘lmasa-da, epikur hayotning tenglamasi qilib qo‘ydi.
Keyinchalik bu axloqiy yondoshuvlar estetika sohasi bilan uyg‘un tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika estetikasi, dizayn va intererlarning go‘zalligi. Teatr, musiqa, umuman, sanat turlari va ko‘ngilochar sayllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. shu tariqa huzurbaxshlik talimoti bir necha yo‘nalishga ajraladi.
Keyinchalik insonni doimo huzurbaxshlikka intilishi «libido (nafs)» tushunchalari bilan bog‘liq bo‘lib, ruhiy tahlil etikasi asoschisi Zigmund Froyd uning insonni o‘lim bilan bog‘laydigan, unga tayyorlaydigan, insonni doimo qo‘rquv, o‘zidan qoniqmaslik, vijdon azobi, va boshqa ruhiy iztiroblarning ibtidosi sifatida qarasa, YAngi ruhiy tahlil yo‘nalishi namoyondasi Karl Gustav YUng huzurbaxshlikka intilish insonni ruhiy xastalikka uchrashini «osonlashtiradi». Bunga qarshi insonni tabiatga YAqinlashishi qo‘l keladi. Karl YUng fikriga ko‘ra, inson tabiat bilan uyg‘unlashgandagina o‘z tabiiy insoniy mohiyatini topadi va uning huzurbaxshlikka intilishi moddiylikdan manaviylikka «o‘tish» bilan amalga oshadi.
Gedonizmning qaysidir manoda davomchisi sanalgan yana bir yo‘nalishlardan biri evdemonizmdir. Evdemonizm (grech. ευδαιμονία – barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) – inson asosiy faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqshunoslik yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Evdemonizm yo‘nalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk nemat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt hakidagi talimoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir. O‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga etishuv talimoti) Foma Akvinskiy talimotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan g‘oyani tasdiqlar edi. Falsafa qomusiy lug‘atida bu yo‘nalishga shunday tarif berilgan: “Evdemonizm yunoncha baxt - saodat, rohat - farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsadi, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish. Evdemonizm yunon etikasining asosiy prinsiplaridan biri bo‘lib, u Suqrotning SHaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt-saodatni manaviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng manoda, jismoniy va manaviy qadriyatlarning majmui tarzida tushuniladi.”184 evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik talimotini yoqlovchilar epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farqli o‘laroq huzurbaxshlik bu erda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bog‘lanadi. Misol uchun, epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis manaviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi.
Ammo asosiy evdemonizm yo‘nalishi tanqidchilaridan Immannuel Kant haqiqiy axloqiy faoliyatning asosida baxt emas, burch turishini takidlaydi.
Zamonaviy ruhshunoslikda bu yo‘nalish ijobiy, amaliy ruhshunos lik sifatida evdemonizm haqidagi qadimgi yunon faylasuflarining talimotini o‘rganmoqda.
Sharq falsafasiga esa, baxtga erishuv hakidagi bu talimotni buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga intilish va shu bilan to‘laqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama (XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi - baxtdir. Bu shubhasiz. Biz qanday e’tiqoddaligimizdan qatiy nazar – dahriy yo Xudoga ishonamizmi yo‘qmi, buddhachi yo nasroniy, – barchamiz hayotda eng yaxshi narsani izlaymiz. shu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy faoliyatimiz – bu baxtga intilishdir»185 . L.A.Seneka yaxshilikning o‘zi baxtli bo‘lish uchun etarlidir, deb hisoblasa, Spinoza baxt – yaxshilik uchun qilingan mukofot emas, balki ezgulikning o‘zidir, degan xulosaga keladi.
YUqori dagi mutafakkirlarning qarashlaridan xulosa yasaydigan bo‘lsak, inson haqiqiy baxtli bo‘lgandagina huzurbaxshlikka erishadi. Baxt esa, avvalambor axloqiy faoliyat bilan chambarchas bog‘liqdir.
Biz yuqori da keltirgan fikrlarda axloq tushunchasining tarifi, axloqni fanning tadqiqot obekti sifatida to‘xtalib o‘tgan edik. Endigi vazifamiz axloqning kelib chiqishi xaqidagi qarashlarni tahlil qilishdan iborat. Axloqning paydo bo‘lishi xaqida ham ikki xil fikrlar mavjud: biri dunyoviy, ikkinchisi diniy. Dunyoviy qarashlarga ko‘ra axloq insonlarning tabiiy tanlanish jarayonida o‘zining oldingi hayvoniy o‘tmishidan meros bo‘lib qolgan instinkt tarzdagi xatti-harakatining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari surishadi. Bu qarashlarning asoschisi CHarlz Darvin va uning izdoshi Konrad Lorens hisoblanadi186 .
Diniy yondashuv ga ko‘ra, hamma narsani, yani Yer va osmon, butun mavjudot Alloh tomonidan yaratilgan, u odamzodga axloqiylik va ezgulik fazilatlarini xudoning borligini tanish, uning izzat-ikromi va olqishlariga sazovor bo‘lishi uchun bergan. Masalan, islom dinining muqaddas kitobi «Quroni Karim»da: «Mashriqu mag‘rib Allohnikidir. U pokdir. Albatta, osmonlaru erdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma unga bo‘ysunuvchidir. U osmonlaru erni paydo qiluvchidir. Kimki yaxshilik qilgan holda o‘zini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaslar»187 , - deyilgan. Demak, ularning fikricha, axloq Allohning izmidadir. Uning vazifasi Alloh tomonidan buyurilgan narsa - axloqiy meyor va boshqa qonun-qoidalarni so‘zsiz bajarishdan iboratdir.
Axloqiy tafakkur taraqqiyotiga nazar tashlasak, kishilik jamiyatining ilk davrlarida dastlabki axloqiy talimotlar qadimgi Sharq mamlakatlari - Misr, Bobil, Falastin, Xitoy, Hindistonda va Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan. Qadimgi Misrda, Bobilonda axloqni yorituvchi pandnomalar yaratilib, ularda odob qoidalarini bilishlik insonga afzalliklar keltirishini ko‘rsatib o‘tganlar.
Avesto. Jumladan, axloqiy qarashlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
“Avesto”da ham ko‘rish mumkin. Avestoda yaxshi lik, Yorug‘lik va go‘zallik xudosi Axura Mazda va yomonlik, yovuzlik, pastkashlik xudosi Axriman o‘rtasidagi kurash tashkil qiladi. “Avesto”da davlat xizmatchilarining axloqiy fazilatlari haqida shunday fikr bildiriladi: “Davlatni adolatli podsholar pokiza qalb va ezgu niyatlar bilan boshqarishlari kerak. Zolim podsholarni davlatni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymanglar”, “Haqiqat - baxt saodat manbaidir. Baxt faqat haqiqatni sevguchi insongagina mansubdir”, “Adolat tantana qilishi, yovuzlik yo‘q qilinishi kerak” kabi ko‘plab fikrlarni uchratish mumkin.
Xuddi shunday fikrlarni, qadimgi Hindistondagi barcha talimotlarda hamda
Xitoyda shakllangan konfusiylik, daosizm talimotlarida ham ko‘plab uchratish mumkin. Axloqiy fikrlar birmuncha aniq ifodalangan qarashlarni qadimgi Gresiya va Rimda yashab ijod etgan Suqrot, Aflotun, Arastularning asarlarida ko‘rish mumkin. Masalan, Suqrotning fikriga ko‘ra, jasurlik ayni vaqtda donolikdir, YAni xavf - hatarni va xavfsizlikni o‘z vaqtida bilib, anglab olishdir. Mardlik qo‘rquvni bartaraf qilish hamda mo‘tadillik o‘z hissiyotlariga erk bermaslikni, adolat yaxshilik qilishni anglatadi.
Aflotun. U o‘zining “Davlat” va “Qonunlar” nomli asarlarida axloqiy qarashlarini bayon etgan. U “ideal davlat” haqidagi g‘oyani ilgari surar ekan, undagi yaxshi fazilatli insonlarning kasb - hunar axloqi to‘g‘risida fikr bildiradi. Uning fikricha, har bir odam o‘z ishini qilishi kerak, boshqalarning kasbi sohasidagi ishlariga aralashmasligi zarur. Ideal davlatni boshqaruvchi SHaxs quyidagi to‘rt yaxshi xislatga ega bo‘lishi kerak: donolik, jasurlik, muvozanatni saqlab turish, odillik.
Arastu. Arastuning axloqiy qarashlari uning asarlari “Nikomax etikasi”, “Katta etika” , “Poetika” va “Siyosat” asarlarida o‘z aksini topgan. Arastu “Poetika” asarining “Katta axloq kitobi” bo‘limida shunday deyiladi: “Etika - axloq muammolari haqida gapirishdan avval biz axloq nimaga taaalluqli ekanligini aniqlab olishimiz kerak. Gapning lundasini aytsak, axloq siyosatning tarkibiy qismidir.
CHindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lmagan, yani munosib bo‘lmagan odam faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq - fazilatlar egasi - fozil bo‘lmoq, demakdir. Zero, ijtimoiy va siyosiy hayotda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan odam axloqan fazilatli odam bo‘lmog‘i kerak. Xullas, etika, axloq siyosatning tarkibiy qismi, uning asosidir. shuning uchun, axloqni bemalol siyosat, deb atash mumkin”188.
Forobiy. Sharq allomalaridan biri atoqli faylasuf va axloqshunos olim Abu
Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O‘zlug‘ ibn Tarxon Forobiydir Sharqda «Ikkinchi muallim» deb tan olingan bu alloma o‘zining «Fozil odamlar shahri», «Davlat arbobining hikmatlari», «Baxt-saodatga erishuv haqida» kabi bir qator asarlari bilan axloq ilmini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” nomli asarida adolatli jamiyat qurishga qodir bo‘lgan insonlarning axloqiy fazilatlarida quyidagi muhim sifatlar bo‘lishi lozimligini takidlaydi:

  1. Jismoniy salomatlik va aqliy kamolotning birligini taminlash zarur. Bunday odamlarning barcha azolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu azolari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarni osonlik bilan bajara olsin.

  2. Barcha masalani, muhokama va munozarani tezda va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning manosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrlarning chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin.

  3. Xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan – eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay yodida saqlab turadigan bo‘lsin.

  4. Zehni shu darajada o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezish bilan bu alomat nimani bildirishini tezdan bilib olsin.

  5. So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan muloxazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin.

  6. Bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni bilmay osonlikcha o‘zlashtira olsin.

  7. Ovqatlanishda, ichimlik ichishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlari o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin.

  8. Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin.

  9. Ruhning g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan YUqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin.

  10. Dirxam, dinor va shu kabi turkumga qarashli buyumlarga jirkanch bilan qaraydigan bo‘lsin.

  11. O‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kura shuvchilarga xayrixoh, adolatsizlik qilib jabr – zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin, o‘z odamlari va boshqalarga adolatli bo‘lsin, go‘zal va yaxshi hisoblangan barcha narsalarni barchaga taqdim etgan holda odamlarni adolatga targ‘ib etadigan, adolatsizlik oqibatlarini yo‘qotadigan, ularga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsin.

  12. Adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb topgan narsasini amalga oshirishda qatiylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin. 189


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling