Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Download 1.22 Mb.
bet208/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Vatanparvarlik bu tamoyil bir ijtimoiy guruhga mansub bo‘lgan
insonlarning o‘z tarixini, tili, madaniyati, urf-odatlarini, milliy obro‘si, qadr– qimmatini bilish, hurmat qilishi, ularga tayanishi, boshqa xalqlarning ham obro‘– etiborini, manfaatlarini hurmat qila bilishini ifodalovchi manaviy fazilatdir.
Vatanparvarlik insonning o‘z Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha bo‘lib, u ayni paytda Vatan va millat oldidagi masuliyat va burchni anglash tuyg‘usi hamdir.
Vatanparvarlik ayni paytda etuk manaviyatdir. Manaviyati zaif bo‘lgan xalqda vatanparvarlik tuyg‘usi ham yuk salmaydi. Bu xususda faylasuf olim e. YUsupov shunday deydi: “Vatanparvarlik muayyan milliy madaniyat, mafkura, e’tiqodlar asosida shakllanadi va rivojlanadi. shu manoda hozirgi milliy istiqlol mafkurasi mustaqil O‘zbekiston vatanparvarligining nazariy asosini tashkil etadi. shu mafkura asosida shakllangan vatanparvarlik umummilliy fazilat sifatida shakllanadi va saqlanadi.”196 Xalqimizning vatanparvarlik e’tiqodi mamlakatimiz istiqloli va istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy iqtisodiy, ijtimoiy mafkuraviy muammolarni chuqur anglab etish asosida shakllanadi.
SHaxs manaviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo‘lgan munosabati, aql-zakovati va qadr-qimmati bilan o‘lchanadi. Manaviyat – axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. O‘z navbatida yuksak manaviyat SHaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Ijtimoiy hayotning bu ikki negizi doimo bir-biriga tasir etib, bir-birini to‘ldirib, taqozo etib boradi. Bu uzluksiz davom etadigan jarayondir. Vatanparvarlik tuyg‘usi milliy ong, milliy iftixor, o‘zlikni anglash singari fazilatlar bilan birga shakllanadi. Vatanparvarlik g‘oyatda serqirra bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadrqimmatini, taqdirini, istiqbolini qancha ko‘p anglashilsa, kishilarda vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha baland bo‘ladi. Bu jarayon Cheksiz dir. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, manaviy taraqqiyotning turli bosqichlari vatanparvarlikning yangi-yangi qirralarini kashf etib boradi. Bu tamoyil ayniqsa, milliy jipslashish harakatida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. CHinakam vatanparvarlik millat, Vatan manfaati bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida mehnat qilish hamda kurashishdir.
Vatanparvarlik tuyg‘usi milliy ong, milliy iftixor, o‘zlikni anglash singari fazilatlar bilan birga shakllanadi. Vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos axloqiy fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘-etibori ham shu millat kishilari vatanparvarlik tuyg‘usining darajasi bilan bog‘liqdir. Vatanparvarlik ham milliy, ham umuminsoniy manaviy qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. CHunki, ajdodlardan meros qolgan erni ezozlash, qadriyatlarni saqlash, davlat, jamiyat ravnaqi uchun vijdonan ishlab, mamlakatni dushmanlardan himoyalash, zarur bo‘lsa uning tinchligi uchun hayotini fido qilish ulug‘ sharafdir.
Vatanparvarlikning yana bir belgisi davlat va jamiyat manfaatlarini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yishdir. Haqiqiy fidoiylik vatanparvarlikning asosiy belgisidir. Vatanimizning mustaqil mamlakat sifatida mustahkamlanish, YUrtning iqtisodiy, manaviy-axloqiy rivoji, xalqning yaqin kelajakda obod hayotga etishi uchun fidokorlik bilan ishlash va izlanishni fidoiylik tuyg‘usi hisoblanadi. Fidoiylik el-yurtga bo‘lgan sadoqatdan va muhabbatdan boshlanadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling