Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Vijdon etikaning nihoyatda tasir doirasi keng kategoriyalaridan biridir. U insonning o‘z faoliyati, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ruhiy tahlil eta olish imkoniyatidir. Inson manaviyatining kuchi, qudrati ham, o‘z qilmishiga o‘zi xolisona baho bera olish darajasi bilan belgilanadi. Vijdonga Abdulla SHer shunday baho beradilar: “Vijdon, Zigmund Froyd tabiri bilan aytganda, alo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat malum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi bu - oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning faryodi, talabi. Uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog‘i – aysbergga o‘xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki ming barobar kichik.”200 Vijdon – shaxsning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ruhiy tahlil imkoniyatidir. Lekin, SHaxsning vijdoni umuminsoniy, milliy, manaviy qadriyatlar zaminida shakllanadi, uning o‘ziga xos ehtiyoji va manfaatlari, dunyoqarashi va madaniyati hamda manaviy kamoloti darajasi bilan aralashib, faoliyatiga baho berishga imkon yaratadigan ruhiy mezonga aylanadi. shu sababli, vijdonlilik darajasi hammada bir xil bo‘lishi mumkin emas. Vijdon asosida o‘z qilmishimizgagina emas, balki boshqalarning faoliyatiga, jamiyatdagi voqea va hodisalar va ijtimoiy vaziyatga ham baho beramiz.
Kamtarlik bu – avvalo o‘z-o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch–quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, kishilar bilan shunchalik sodda va kamtarlik bilan muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. O‘zgalarga shirinso‘z bo‘ladi, boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, sohta shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlaridan esankiramaydi. Kamtarinlik Arastuning fikricha: “– uyatsizlik va tortinchoqlik o‘rtasidagi xislatdir. Bu xislat odamlarning qilmishlarida va gap so‘zlarida ko‘rinadi. Uyatsiz, shaloq odam hammaga, har qanday vaziyatda har narsani gapiraveradi. Tortinchoq odam esa zarur gapni zarur vaqtida aytmaydi, zarur ishni bajarishga ham jurati etishmaydi. Kamtarin odam esa, uyatsiz odam kabi, har vaqt, har erda, har qanday gapni aytavermaydi; va o‘ta tortinchoq odam kabi, zarur vaqtda zarur gapni aytishga juratsizlik ham qilmaydi.”201 Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan farq qiladiki, ular insonning qadr-qimmatini tushirib qo‘yish ehtimoli bor. Kamtarlik hokisorlik va samimiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga bo‘lgan munosabatda ham yaqqol ko‘rinadi. Kamtarlik inson ichki manaviy dunyosining tashqi ifodasi hisoblanadi. Tarbiya ko‘rgan, odobli kishini uning kamtarligidan ham bilib olish mumkin. Barcha insoniy fazilatlar ichida eng ezozlisi kamtarlikdir. Kamtarlikning qaramaqarshi tomoni takabburlikdir. Ularning biri, insonni insonga YAqinlashtiradi, ikkinchisi esa, uni odamlardan uzoqlashtiradi. Xitoy maqoliga ko‘ra “dono bo‘lmay turib, kamtar bo‘lish mumkin, ammmo kamtar bo‘lmay turib dono bo‘lish qiyin”. Adolat. Bu axloqiy, siyosiy-huquqiy kategoriya. Adolat jamiyat barqarorligini taminlovchi eng muhim axloqiy tushuncha. Adolat insonlarning birbiriga, davlatni fuqarolarga bo‘lgan munosabatida o‘zaro muvofiqlikni ifodalaydi, qonunlarga rioya qilishni bildiradi. Manbalarda adolat deyilganda, ijtimoiy munosabatlarning faqat meyor-o‘lchovi, tosh-tarozusi tushunilmaydi, balki adolat va adolat mezoni tushunchalari orqali axloqiy mehr-muruvvat, kishilar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan qadriyat, deb qaralib, bu tushunchaning ijtimoiy mohiyati belgilanadi. Adolatning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Adolat jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyatiga ega bo‘lib, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Adolatni malum manoda axloq sohasidagi miqdor o‘lchovchi, ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda zulm va zo‘ravonlikka, o‘zboshimchalik va beboshlikka yo‘l qo‘yilmaydi. shu bois, manaviy etuk likning eng yuksak belgisi adolatlilik, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Bejizga Davlatimiz rahbari parlamentga qilgan murojaatlarida adolatga quyidagi bahoni bermaganlar: “Men bir fikrni takrorlashdan charchamayman: xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolatni hayotimizda tom manoda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylanishi shart.”202 Adolat axloq va huquq tushunchasi sifatida axloqiy va huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, insonlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchov hisoblanadi. Adolatning aniq meyorlaridan biri – bu birinchi navbatda demokratiyaning mavjudligidir. Demokratiya nafaqat hokimiyatni tashkil etish tamoyili bo‘lib qolmasdan, balki jamiyat hayotini xalq manfaatlari asosida tashkil etish qoidalari hamdir. shu manoda demokratiya jamiyatda iloji boricha ko‘pchilik uchun o‘z imkoniyatlarini ro‘yoga chiqarish sharoitlarini yaratadi. Bu esa ijtimoiy adolat tamoyillari uchun katta imkoniyatlarni taminlaydi. Arastu adolat xususida shunday deydi: “Endi adolat nima va u qanday hollarda namoyon bo‘ladi, nimaga ekanligini ko‘rib chiqishimiz qoldi. Avvalo, adolatlilik nimaligini bilib olaylik. Ikki xil adolatlilik bor. Biri qonunga muvofiqlilikdir. Qonun buyurganini qilish adolatli hisoblanadi. Qonun odamlardan mard, oqil va fozil bo‘lishni talab qiladi. shuning uchun ham odillik – eng mukammal fazilat, deyiladi. Modomiki, adolatlilik qonunlarga muvofiq yashash ekan, qonun esa barchadan fazilatlar bilan yashashni talab qilar ekan, qonunlarga muvofiq, adolatli ish tutuvchi odam eng fozil odamdir. Adolatlilik eng yaxshi fazilatdir”.203 Adolatning axloqiy tushuncha sifatidagi o‘ziga xosligi ayniqsa, huquqda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Huquq vazirligining hatto adliya vazirligi deb atalishi, jinoyatga yarasha jazoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi idoralarning “Odil sud” degan nomlar bilan yuritilishi buning dalilidir. Lekin, adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to‘g‘ri emas. U, YUqori da aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan SHaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonini ham o‘z ichiga oladi. shu bois xalq orasida ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas. Hozirda ijtimoiy adolat muammolari inson huquqlari va demokratiya g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq holda talqin etiladi. Xalqaro huquq sohasidagi hujjatlarda ham bu tushunchaga jiddiy etibor berilmoqda. Jumladan, BMT hujjatlarida ijtimoiy adolatga shunday tarif beriladi: «Ijtimoiy adolat insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirishni va moddiy resurslarni adolatli taqsimlashni anglatadi. Bu sohadagi faoliyat sog‘liqni saqlash va talim kabi muhim xizmatlarga umumiy dahldorlikni taminlash, dastlabki bosqichida teng imkoniyatlarni yaratish, noqulay (nochor) vaziyatdagi shaxslarni himoya qilish, istemol hamda daromadlar olish kabi sohalarda muvozanatni (mutanosiblikni) taminlashga qaratilgandir».204 Adolatga ijtimoiy munosabat sifatida qaralar ekan, shu o‘rinda uning siyosiyhuquqiy kategoriya sifatidagi o‘ziga xosligi ham masalani mohiyatini yoritishda muhimdir. Burch – ado etilishi, bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifa, majburiyatdir. Demak, burch – qilinishi shart bo‘lgan ish, vazifa. Burch - biror xatti-harakat uchun javobgarlik hissidir. Avvalo, bu tushunchalar axloqiy va shu bilan birga huquqiy tushuncha hamdir. Axloqiy nuqtai nazardan qaraganda burch ijtimoiy-insoniy vazifalarni bajarishda keng namoyon bo‘ladi. Burch eng avvalo oilaviy munosabatlarda mujassamlashadi; ota-onalik burchi; siyosiy va huquqiy burch; vatan oldidagi burch shular jumlasidandir. Davlat, jamiyat va xalq oldidagi burch aytish joiz bo‘lsa, har bir inson – fuqaro hayot mazmun-maqsadi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda Vatan oldidagi burch millat oldidagi burch bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Burch manbaini, asosini ijtioiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida namoyon bo‘ladi. Burch va masuliyat muhim axloqiy fazilatlardir. Ayniqsa, vatan va xalq oldidagi burch va masuliyatni chuqur tushunib, unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi. Baxt - hayotning manosi bo‘lmasa, xaqiqiy baxtning bo‘lishi mumkin emas. Baxt inson hayotining umumiy bahosidir. Baxt inson o‘z hayoti manosini qay darajada tushungani va shu manodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga etganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga etish jarayoni bir umr davom etadi. shu manoda, buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», – deganida ko‘p jihatdan haq edi. Baxt – insonning yurish – turishi, turmush sharoitlari, jamiyatdagi o‘rniga berilgan axloqiy bahodir. Baxtning mazmuni insonning shaxsiy hayoti doirasi bilangina belgilanmaydi. O‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan, boshqalar bilan iymon, insof, adolat, asosida munosabatda bo‘la olmaydigan odamni baxtli, deb bo‘lmaydi. Baxt insonlar o‘rtasidagi munosabatlar asosida belgilanadi. Kimki jamiyatda, insonlar orasida o‘zining halol mehnati, axloq – odobi, boshqalar bilan odilona, halol munosabati asosida obro‘, etibor ortirsa – o‘sha baxtli odamdir. Baxt har bir insonning SHaxsiy hayotiga bevosita daxldor bo‘lsa ham, uning mezonlarini jamiyat, jamoatchilik belgilaydi. Inson o‘zining qay darajada baxtli ekanini anglamoqchi bo‘lsa, o‘zining mol – dunyosi, oilaviy hayotigagina emas, balki boshqalarning unga bo‘lgan munosabatiga ham tayanmog‘i lozim. Oilasi totuv, farzandlari axloqli, odobli, e’tiqodi mustahkam insonlar ham o‘zlarini baxtli, deb hisoblaydilar. Lekin, inson o‘zining oilaviy baxtiga, farzandlarining yurish – turishiga, e’tiqodi qay darajada mustahkamligiga boshqalarning nuqtai nazaridan ham qaray bilishlari shart. Bu ham insonning axloqiy kamoloti darajasiga bog‘liqdir. Biz jamiyatimizda bazida behissob boylikka ega yoki mansabning YUqori chuqqisida o‘tirgan insonlarni ham baxtsiz ekanliklariga guvohmiz. Baxt manaviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin-ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi. Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansada, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling