Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Qadr-qimmat – tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi masul ekanligini anglash uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham erga urmasligini taqozo etadi. Qadr– qimmat insonning jamiyatda, insonlar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. Qadr–qimmat o‘z-o‘zini anglash va nazorat qilishni ifodalaydi. Qadr–qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida qimmatini yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi. Inson qadr– qimmatining mezoni unda mavjud bo‘lgan eng adolatli va insonparavar axloq nuqtai nazaridan insoniylik darajasidir.
Nomus – mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadrqimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabatidir. Biroq, bu – nomus qadr-qimmat tushunchasi bilan bir xil manoga ega, degani emas. CHunki, qadr-qimmat shaxsdan o‘zining boshqa odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning teng huquqliligi tamoyilini o‘ziga nisbatan qo‘llashlarini talab qiladi. Nomus esa, o‘z qadr-qimmatini bilishdan tashqari, har bir shaxsning jamiyatda alohida, o‘ziga xos tarzda egallagan mavqei va shu mavqeni dog‘ tushirmay saqlash-saqlamasligi bilan bog‘liq. Bu mavqe esa, shubhasiz, o‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, kasbi, yoshi va unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. Meyor, yani “Norma” - lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida rasmiylashtirilgan qonun – qoida. Hamma uchun majburiy, deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib – qoida; axloqiy qonun- qoidalarga asoslangan tartib – qoida hisoblanadi. Ularni kundalik hayotimizda malum axloq tushunchalarini va axloqiy tamoyillarning amalga oshish muruvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy, lekin keng tarqalgan shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Axloq normalari deb, bir xildagi ish – amallarga joriy qilinadigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar xatti-harakatini tartibga soluvchi axloq – odob talablarining shakliga aytiladi. Biz hozir ana shularga to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling