Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xushxulqlilik
Rostgo‘ylik yoki to‘g‘riso‘zlilik insonning haqiqatga intilishi bilan bog‘liq xatti-harakatidir. Haqiqat esa doimo sinfiylik, partiyaviylik, mafkuraviylik va tarixiylik, davriylikdan yuqori turadi. Haqiqatning ifodaviy shakllaridan biri rostgo‘ylikdir. Demak, rostgo‘ylik – insonning keyinchalik kasb etgan tabaqaviylik, so‘ziga, ongiga, ruhiga singdirgan, ijtimoiy, hayotiy, davriy, tajribaviy xususiyat emas, balki uning mohiyatida berilgan fazilat. M., yaqinda tili chiqqan yosh go‘dakni olaylik. U nima desangiz ishonadi, o‘zi nimaiki desa – rost gapiradi. Go‘dakning soddaligidan, ishonuvchanligidan, to‘g‘risini aytishidan biz – kattalar kulamiz; lekin, haqiqat ustidan, rostgo‘ylik ustidan kulayotganimizni o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Go‘dak kattarib, «aqli kirib» borgani sari atrof-muhitda yolg‘on mavjud ekanligini, rost gapirsa yo kulgi bo‘lishi, yo jazo olishi mumkinligini anglab etadi va asta-sekin yolg‘onga o‘rgana boshlaydi, dastlabki maishiy yolg‘on ijtimoiy bosqichga ko‘tarildi. Insonning bu yo‘ldan faqat yuksak manaviylik, birinchi galda axloqiy tarbiya qutqaradi. Ezgulik, nomus, qadr-qimmat, insonparvarlik, halollik, insof nima ekanini tushunib etgan kishigina rostgo‘y bo‘la oladi. Rostgo‘ylik oson emas. U insondan sabr-toqat, matonat va jasoratni talab qiladi, rostgo‘yinson qo‘rquvdan forig‘ bo‘ladi, har qanday holatda ham vijdoniga qarshi bormaydi: kimlarningdir ko‘ziga qarab, ish tutmaydi, yaqinlarini yoki hamkasabalarini xafa qilishdan, o‘z moddiy manfaatdorligiga zarar etkazishdan cho‘chimaydi. Rostgo‘ylikdan inson aziyat chekishi, tana-dashnomlarga qolishi mumkin. Lekin, bularning hammasi bir odamga yoki muayyan guruhga voqelikni asl holida etgazganligidan, ularni noto‘g‘ri yo‘lga solib yubormaganligidan qalbda paydo bo‘lgan manaviy qoniqish hissi, xotirjamlik va orom tufayli yuvilib ketadi, ichki bir quvonch unga baland ruh bag‘ishlaydi.
Xushxulqlilik. Bu axloqiy mezon davlat xizmatchisining faoliyatida nihoyatda zarur bo‘lgan hodisadir. Davlat xizmatchisi inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlilik insonni ulug‘likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo‘lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o‘zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o‘ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Insoflilik halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, malum manoda halollikka o‘xshab ketadigan axloqiy fazilatdir. Lekin, halollik o‘z haqi va haqqini, YAni moddiy va manaviy huquqini o‘zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg‘a tashlangan holatdir: unda kishi o‘z halol haqi va haqqidan o‘zganing hisobiga kechadi; «o‘zga»ning sharoiti o‘zinikidan nihoyatda og‘ir va YOmon ekanini hisobga olib, o‘z qonuniy haqi va haqqini yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o‘zgaga beradi, muruvvat ko‘rsatadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling