Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
Download 1.22 Mb.
|
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi
E.G.YAkovlevning fikriga ko‘ra, mazkur tizim shu turda yaratilgan boshqa tizimlardan o‘zining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik (subordinatsiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinatsiya) tamoyilini mujassam etgani xolda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar”ga ega. Ayniqsa, V.P.SHestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish muammolari, kategoriyalarga o‘ziga xos yondoshuvning zamonaviy talqinlari hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Faylasuf bu borada yuqorida nomlari tilga olingan estetika nazariyotchilaridan farqli o‘laroq, kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik kategoriyalar, estetik kategoriyalar ko‘rinishlari. Tadqiqot davomida mazkur turkumning har biri alohida taxlil qilinadi. Jumladan, dastlabki kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta umumestetik kategoriyaga ajratadi: go‘zallik, fojeaaviylik, kulgulilik, ulug‘vorlik va hunuklik. Mazkur jadvalda V.P.SHestakov tomonidan tizimlashtirilgan kategoriyalarning umumiy ko‘rinishi aks etgan:
Biroq, takidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari asosan go‘zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o‘tishi bilan bu ananaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga YU.B.Borev - ulug‘vorlikni, L.N.Stolovich - hunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni, N.I.Kiyaщenko – qahramonlikni, o‘zbek olimlari T.Mahmudov uyg‘unlikni, Abdulla SHer qiziqarlilikni kiritdi. SHu o‘rinda Abdulla SHer taklif etgan estetika kategoriyalari (mezoniy tushunchalari) tasnifi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tasnifga ko‘ra, barcha estetik tushunchalar uch guruhga bo‘linadi. Birinchisi, – mezoniy tushunchalar. Ular subekt-obekt munosabatlarida estetik obektning xususiyatlarini subektga ochib beruvchi, tashqi nafosat bilan bog‘liq eng qamrovli, eng mushtarak tushunchalardir. Masalan, go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik v.h. Ikkinchisi – subekt – obekt munosabatlarida subektdagi estetik anglash muruvatlarini tushuntirib beradigan, ichki nafosat bilan bog‘liq estetikaning xususiy tushunchalari. Masalan, estetik hissiyot, estetik mushohada, estetik did, v.h. Uchinchisi – sanatning mohiyati, sanat turlari, umuman, badiiy ijod biln bog‘liq estetikaning muayyan tadqiqot obektlariga qaratilgan tushunchalar. Masalan, sanat, ijodkor, dizayn janr, uslub v.h. Bu o‘rinda tushunchalar guruhlarining nomlari shartli ekanini alohida o‘qtirib o‘tish joiz. Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi, uni tizimlashtirish muammolari, ko‘rinishlari va o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar etibor bergan bo‘lsangiz, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etmoqda. Biz manashu jihatga ko‘ra go‘zallik falsafasini tushuntirishdan avval go‘zallikning muhim mezoniy tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini ko‘rib o‘tishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar etiborini jalb etib kelayotganligidan maqsad ham go‘zallikning falsafiy, axloqiy, xatto siyosiy mohiyatini atroflicha o‘rganishga qaratilganligidadir. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling