Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Fojeaviylik va kulgulilik kategoriyasi


Download 1.22 Mb.
bet234/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Fojeaviylik va kulgulilik kategoriyasi
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkurning muhim tadqiqot obekti bo‘lib kelgan. Har qanday fojea zamirida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi, uning eng muhim jihati ko‘lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga tegishligidadir. Fojeaviylik real hayot va inson amolidagi kuchlar to‘qnashuvining natijasi bo‘lib, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol fojeaviylikning falsafiy jihatdan murakkab estetik kategoriya ekanligini ko‘rsatadi. Odatda, fojeiy qahramoni ko‘pincha ijobiy tusda tasvirlanadi: u o‘z davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulug‘vor shaxsni namoyon etadi. Lekin fojea to‘qimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan bo‘lib, o‘z taqdirlari bilan tomoshabinda o‘ta kuchli his-tuyg‘ularni qo‘zg‘aydi.
Malumki, ilg‘or madaniy tafakkur doim hayotni o‘zlashtirish, o‘lim xavfini qisqartirish haqida o‘ylab kelgan. O‘lim qayg‘usidan farqli o‘laroq fojeaviylik qayg‘u va iztirobdan iborat bo‘lib, ulug‘vorlikning vayron bo‘lishi bilan bog‘liq: u - hayotning tugashi yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy voqelikning barbod bo‘lishidir.
Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlik bilan ko‘p jihatdan yaqin bo‘lib, haqiqiy ulug‘vorlikni fojiaviylikning davomi, deyish mumkin. SHu bois estetika ilmida fojiaviylik ulug‘vorlik bilan uzviylikda o‘rganiladi. CHunki, ulug‘vorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi. Fojiaviylik mezoniy tushunchasining estetikasidagi markaziy muammosi-insonning imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (sanat, badiiy adabiyot, jamiyat va tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining qatiy va o‘zgarmas chegaralarini buzib, uning mohiyatini yanada yaqinlashish, tashabbuskor va bunyodkorlikni rag‘batlantirish, hayotda umidvorlik va unga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iboratdir. Fojeiy qahramon kelajakka yo‘l tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi. U doimo insoniyat kurashining oldida boradi.
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga borliqning mazmunini ochib berishda yaqindan ko‘mak beradi. SHaxs rivoji jamiyat va insoniyat o‘rtasidagi munosabatga bog‘liq ekanligini, jamiyat taraqqiyoti inson hisobiga emas, balki inson va inson orqali rivojlanishi zarurligi bevosita fojiaviylik tushunchasi orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa pirovardida inson va insoniyat muammolarini insonparvarlik yo‘li bilan xal etishga olib keladi. Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud
Torobiy qo‘zg‘aloni natijasiz tugashi, uning o‘zi esa fitna qurboni bo‘lishi ajdodlarimiz qismatidagi fojiadir. Mahmud Torobiy g‘anim qo‘lida emas, o‘z qavmidan chiqqan-nurga emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon YUsuf qo‘lida halok bo‘ladi. Biroq, Torobiy timsolidagi fojia hiyonat, sotqinlik, diyonatsizlik, zulm va zo‘ravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, xalq va Vatan fojiasidir. YOki istiqlol muqaddas tutgan, o‘lkaning milliy, diniy zaminidagi taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi g‘oyat katta mavqega ega bo‘lgan jadid marifatchilarining fojiasi ham jamiyatni to‘qimtabiat
«muhabbat» dan xalos etishning natijasi edi.
Fojiaviylikning falsafiyligi shundaki, u:

  • inson mahrum bo‘lgan fazilatlar o‘rni qoplanmasligini ifodalaydi; - shaxsning abadiyatga daxldor ekanligiga baxo beradi;

  • manaviy jasorat egasining xarakterini ochishga ko‘maklashadi;

  • borliq va inson hayoti uyg‘un ekanligini mushohada qilishga undaydi; - tarixni xolis baxolaydi, tarixiy ziddiyatlarni fosh etadi;

  • hayotdan umidvorlik, hayotga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlaydi;

  • odamlarni manaviyatsizlikdan forig‘ qiladi.

Kulgililik kategoriyasiga doir tadqiqotlar kulgining predmetini bir tomondan - obektiv xususiyat sifatida, ikkinchi tomondan - shaxsning subektiv imkoniyatlari natijasi sifatida, uchinchi tomondan - subekt va obekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida o‘rganadi. Bu o‘z navbatida, kulgililik kategoriyasini turli rakursda o‘rganishga olib keldi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, nodonlik - insonni kulgili qiladi, deydi. Arastu fikriga ko‘ra, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik obektidir. Bundan tashqari, Arastu kulgi - axloq hududlarini bezarar buzishdir, degan fikrni bildiradi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat obektiv tomonga ega bo‘lmay, subektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning subektiv tomoni - keng manodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir. Hazil tuyg‘usi juda murakkab aqliy tuyg‘u bo‘lib, unda shaxs o‘zining butun borlig‘i bilan namoyon bo‘ladi, uda insonning his-tuyg‘usi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks etadi. Shuning uchun ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin bo‘ladi.
Insonning turli sabalarga ko‘ra kulgisi qistaydi. Masalan, to‘yimli va mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham uchraydi, chunki bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik-jismoniy idrok etish ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Kulgililik bevosita biror bir hodisa - insonning tashqi ko‘rinishi bilan uning asl mohiyati o‘rtasidagi nomuvofiq ziddiyat natijasida yoki amaldagi voqelik bilan yuksak estetik orzularga mos kelishi kerak bo‘lgan voqelik o‘rtasidagi muhim tafovutlar hamda kelishmovchiliklarni tabiiy anglash natijasida vujudga keladi. Bazi-bir odamlar o‘zining pastkash, johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, oliftalik, takabburlik bilan «bezab» ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bu kabi odamlarni uchratganda ham insonda beihtiyor kulgi tuyg‘usi yuzaga keladi. Bunday kulgili xolatga o‘sha odamning ichki olami bilan uning tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi beo‘xshovlik sabab bo‘ladi. Mazkur nisbatning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, kulgili xolatdan olgan zavqimizga sog‘lom manodagi «xudbinlik» hissi ham qo‘shilib ketadi. CHunki biz bachkana, kalondimog‘, ovsarsifat odamning asl mohiyatini anglash qobiliyatimiz bilan manaviy-insoniy jihatdan u odamdan yuksakroq ekanligimiz o‘zimiz uchun hamisha yoqimlidir. SHu jihatiga ko‘ra kulgi insonni ruhan ko‘taradi, unga insoniy g‘urur tuyg‘usi bag‘ishlaydi.
Kulgi o‘z mohiyatiga ko‘ra demokratik xususiyatga ega: u barchani teng ko‘radi. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina bo‘lib qolmay, balki insonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi beqiyos rango-ranglik, xilma-xil qirralarga ega bo‘lib, mayin, rag‘batlantiruvchi, hushfel hazil tuyg‘usidan tortib, to ayovsiz achchiq istehzogacha bo‘lgan keng doirada amal qiladi.
SHuni alohida takidlash zarurki, kulgililik yoki kulgi - insoniy voqelik va faqat inson xos estetik tuyg‘u. Inson o‘zining aqli yordamida kuladi. U, albatta, o‘zining ahmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz kulgisi hisoblanadi. Kulgidagi lazzatning manbaida masxara, istehzo kabi obektlarning ustidan afzallik tuyg‘usi yotadi. SHu manoda, kulgi - biror-bir bemanilik bilan to‘qnashuv natijasida yuzaga keluvchi yoqimsiz tuyg‘ulardan halos bo‘lishdir.
Inson boshqa insonda kulgini mutloqo bir-biriga o‘xshamaydigan ikkita uslub orqali paydo qiladi: bexosdan, yani o‘zining noqulay hatti-harakati tufayli; to‘la onglangan xolatda, yani o‘zining zukkoligi va gapga chechanligi bilan. CHunonchi, zukkolik yoki zakiylikning yumoriga asoslanishi shundaki, u holatning tanqidiga to‘g‘ri yondoshadi, uning kamchiliklarini ko‘ra oladi, xolatni kulgi bilan amalga tushunarli xolda ko‘rsatib bera oladi. Zukkolik kulgilili xolatlarda qochirim, kinoya, luqma yordamida vaziyatni o‘nglashi va undan chiqib keta olishi mumkin. Mazkur jihatlarning umumlashmasi quyidagi to‘rtta asosni yuzaga keltiradi: Kosa tagidagi nim kosa gaplar. Bunda biron narsa haqida gapiriladi-yu, ammo mazmun boshqa manoga qaratilgan bo‘ladi. Byurokratiyaning sarsongarchiliklaridan bezor bo‘lgan shoirning qo‘yidagi misrasi fikrimizga misol bo‘ladi:
Bir tomon iljaysa, ikkinchi tomon
Qotib turaverar-unga bir tiyin, Ikki ministrlik aro sargardon
Bo‘lgan mo‘rkon kabi burnimga qiyin.
Kishining kamchiliklarini uning ko‘ngliga botmaydigan so‘zlar orqali ifodalash bilan ham kulgililikni ko‘rsatish mumkin. CHustiyning «Xurragim» g‘azalida kulgining subekti - xurrak otuvchi chiroyli tashbeh bilan ifodalanadi:
Uyga sig‘may, nayza sanchib tomni teshding nogahon: SHul zamon sirlik faner topdi jarohat, xurragim.
Ko‘kka chiqdingu malaklar uyg‘onib ketti bari,
Qayda bo‘lsang, bo‘ldi ko‘p uyquga g‘orat, xurragim.
Umuman olganda, estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)ni birbiri bilan doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, xunuklikda ham go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling