Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Go‘zallik va uning muqobillari


Download 1.22 Mb.
bet232/341
Sana29.10.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1733334
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   341
Bog'liq
Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Go‘zallik va uning muqobillari
Go‘zallik estetikaning asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham odatda “Estetika fani nimani o‘rganadi?”, “Estetika fanining maqsadi nima?”, “Estetika qanday fan?” degan qator savollarga “Estetika - go‘zallikni o‘rganuvchi fan!”, “Estetikaning maqsadi - go‘zallikni yaratish!”, “Estetika - go‘zallik haqidagi fandir!” - degan javob beriladi. Ko‘rinib turibdiki, estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik masalasiga borib taqaladi.
Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontologiyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buyum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. YOki tabiatdagi purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zaligini inson takrorlashga ojiz.
Ikkinchi ko‘rinishi go‘zallik gnoseologiyasi bilan bog‘liq. YAni go‘zallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari bilan o‘lchanadi. Inson go‘zallikni chinakam xis etganda, uning mohiyatini bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, go‘zallikni bilish, idrok etish insonning badiiy-estetik tafakkurini o‘stiradi.
Go‘zallik tushunchasining mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning tarixiy taraqqiyot hamda ijtimoiy munosabatlar jarayonida moddiy va manaviy zaruriyatga aylangan tushuncha ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bular:
Birinchidan - ijtimoiy hayotning barcha sohalariga go‘zallikni tadbiq etish, uning qonuniyatlarini manaviy jarayonlarga qo‘llash orqali ilg‘or qadriyatlar tizimini barpo etish mumkin. Jamiyatning iqtisodiy sohalariga go‘zallikni tatbiq qilish orqali moddiy ehtiyojlar manbai yaratiladi.
Ikkinchidan – globallashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, go‘zallikni amaliy-pragmatik jihatdan ahamiyati katta ekanligi yanada oydinlashadi. CHunki, hozirgi kunda tinchlikni barqarorlashtirish, ekologik xavfning oldini olish, davlatlararo va etnik nizolarga chek qo‘yish, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni yo‘q qilish, terrorizm, genotsid va giyohvandlikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi umumbashariy muammolarga aylanib bormoqda. Endilikda texnogensivilizatsiyani ham go‘zallik qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Uchinchidan - go‘zallik normativ-baholash xususiyatiga ega. CHunki, go‘zallikni his etish, uni baholash orqali inson o‘zida uyg‘unlikni namoyon qiladi. Uyg‘unlik insonni faollikka undaydi, loqaydlik, dangasalik kabi illatlardan halos etadi. Agar faoliyatning boshqa turlari (siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy) shaxsning alohida kuchlarini rivojlantirishga ko‘maklashsa, go‘zallik ularni yaxlit shakllantiradi.
Go‘zallik estetik tafakkur tarixida tushuncha sifatida, qonuniyat sifatida, nazariya sifatida, dunyoqarash sifatida o‘rganilgan. SHu bois faylasuflar, adabiyotshunoslar va sanatshunos olimlar o‘z sohalarining umumnazariy masalalarini yoritishda go‘zallikka murojaat qilganlar. Xususan, go‘zallikning nazariy va amaliy tahlili, manaviy va axloqiy mo¬hiyati, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud. Mazkur tadqiqotlarni umumiy manoda asosan ikkiga ajratish mumkin. 1. Go‘zallikni ilmiynazariy asoslarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar. 2. Go‘zallikni ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bog‘liq xolda amaliy-progmatik asoslarini yaratishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar.
Go‘zallik tushunchasi azaliy muammo sifatida mutafakkirlarning diqqat etiborida bo‘lib keldi. Donishmandlar go‘zallikning mohiyatiga u yoki bu tarzda yondoshganlar. Shuning uchun yillar davomida estetik tafakkur tarixida go‘zallik haqidagi g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va talimotlarning butun bir tizimi shakllandi.
Falsafa, estetika, etika, politologiya singari ijtimoiy fanlarning ilmiy asoslari ko‘proq antik davr qarashlari bilan muqoyasa qilinadi. Buning boisi antik davrlarda ushbu fanlarga daxldor muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etildi va muayyan tizimga solindi. Masalan, XII-XY asr Mavarounnahr mutafakkirlari ning go‘zallikka doir qarashlarida go‘zallik nazariya darajasidan ko‘ra ko‘proq qarashlar tarzida taxlil etildi, go‘zallik sanat hamda badiiy adabiyotning muhim vositasiga aylandi. Bir so‘z bilan aytganda, go‘zallik nasrdan nazmga ko‘chdi. CHunonchi, so‘z sanatida go‘zallikni namoyon ettirish ko‘proq g‘azal, sherdagi shakl va mazmuning hamohangligiga bog‘liq. Bu borada Alisher Navoiyning estetik merosiga murojaat etish o‘rinlidir.
Navoiy o‘zining «Hamsa» asarida falsafa, ilohiyot, ahloq, siyosat hamda nafosatshunoslikning qator masalalariga murojaat qilib, borliq va inson munosabatlarini chuqur tahlil etadi. Xususan, uning go‘zallikka doir mulohazalari «Hayrat ul-abror» («YAxshi kishilarning hayratlanishi»)da mufassal bayon etiladi. SHoir Sharq sheriyatining ko‘zgusi bo‘lgan so‘zning go‘zalligiga alohida ahamiyat berib, uni quyidagicha bayon etadi; «So‘z gavha¬rining qolipi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi, to‘rt sadaf (suv, havo, olov, tu¬proq) ichida gavharga qutu ham shu so‘z, etti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham shu so‘zdir». «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida esa Olohning hamma sohada tengsiz va yakkayu yagonaligi, borliqdagi barcha go‘zalliklar Ollohdan ekanligini bosh falsafiy-estetik masala qilib oladi. Qolaversa, Navoiyning barcha asarlarida ilohiylik ruhi pirovard maqsad qilib belgi¬langanki, bu xolat «Xamsa» da ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, Navoiy Quronning «Al-Isro» surasiga murojaat etgan holda, payg‘ambarimiz Muhammad (SAV)ning Meroj tunida ko‘r¬ganlarini «Saddi Iskandariy», «Farhod va SHirin», «Sabai Sayyor» dostonlari orqali tasvirlashga harakat qiladi.
Umuman, O‘rta asrlar musulmon Sharqi estetik tafakkuri taraqqiyotida go‘zallik haqidagi talimotlar, nazariyalar, qarashlarda umumiy dunyoqarashning kengligi, insonparvarlik va ratsionalizmning etakchiligi yaqqol seziladi. Musulmon
Sharqi mutafakkirlari go‘zallikni aql va tafakkurdan ayri holda olib qaramaslikka, moddiy go‘zallikni manaviy go‘zallikdan ajratmaslikka, aksincha, ularni uyg‘un xolda rivojlantirishga harakat qildilar.
SHuni ham unutmaslik lozimki, bu davr falsafiy talimotlarida Arastuga mansub olamning abadiyligi, voqelikdagi qonuniyatlarga inson tafakkur salohiyati, mantiqiy yondashish orqali mushohada qilish imkoniga ega, degan qarashlar etakchilik qildi. Biroq, ular Arastu talimotiga ko‘r-ko‘rona emas, balki uning «Metafizika» asrida ilgari surilgan Tavhid – Xudoning yagonaligi haqidagi nazariyani yangi g‘oyalar bilan boyitdilar. Va o‘ziga xos yangi falsafani kashf etdilar. Zotan, har qanday talimotlar davrlar o‘tishi bilan takrorlanadi, eskilari yangicha qarashlar bilan boyitiladi, yangicha ruh bilan sug‘oriladi.
«Go‘zallik»ning tugal ilmiy tarifi haqida biror-bir qatiy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, sanatda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga tasiri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan talimotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy-manaviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir.
Takidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga
«Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan savolga javobni ko‘ramiz. Bu borada «Huvarnosi Ahura Mazda ko‘p go‘zaldir, go‘zaldir juda» (Zardusht), «Go‘zallik bu g‘oyalardan iborat g‘oyaning g‘oyasi» (Aflotun), «Go‘zallik-bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to‘g‘ri keladigan, odamlar erishishga havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Forobiy), «Har qanday go‘zallik, go‘zallikni anglay olgan muhabbat obektidir» (Abu Homid G‘azzoliy), «Go‘zallikka muhabbat qo‘yishning asosida ham aql, ham hissiyot yotadi» (Ibn Sino), «Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi» (Umar Hayyom), «Go‘¬zallik bu hayotdir» (N.G.CHernishevskiy), «Go‘zallik hissi, yoqimlilik tuyg‘usiga bog‘liq holda, odamlarning birlashuviga, ularda ijtimoiy-ahloqiy fazilatlarning shakllanishiga olib keladi» (E.Byork), «Go‘zallik manfaatsiz maftunlikning, muhabbatning obekti» (I.Kant), «Go‘zallikhodisaga aylangan erkinlik» (F. SHiller), «To bizga taalluqli emas ekan, hamma narsa go‘zal» (A. SHopenhauer), «Go‘zallik Xudo-sanatkor tomonidan yaratilgan illyuziya-xayolotdir» (F. Nitsshe), «Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin: modda va nurning uzviy omuxtaligihayotdir» (Vl.Solovyov) va shu kabi fikrlar go‘zallikka turlicha yondoshuv natijasida yuzaga kelgan.
Odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.
SHuningdek, nafosat falsafasida go‘zallikni bilishning mahsuli sifatida munosabat bildiruvchi qarashlar ham mavjud. Bu muayyan asosga ega. CHunki, voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero inson nazari tushgan go‘zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go‘zallik haqidagi dastlabki malumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi bo‘lmish ko‘rish sezgisi orqali o‘zlashtiradi, undan so‘ng eshitish, tam bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go‘zallik anglanadi hamda xis etiladi. Masalan, harid qilmoqchi bo‘lgan kiyimingizni, istemol qilmoqchi bo‘lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo‘ladigan jihozni avvalo ko‘rasiz, o‘rganasiz, tomosha qilasiz, so‘ngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz... YArashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. SHunday ekan, go‘zallik xususiyatlarining namoyon bo‘lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega ekanligini etibordan chetda qoldirmaslik zarur. SHuningdek, go‘zallik haqidagi qarashlar taxlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go‘zallikni to‘laqonli aks ettirish uchun etarli emas.
YUqorida bildirilgan fikrlarga asoslangan holda go‘zallikka quyidagicha tarifni berishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Go‘zallik - manaviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda aha¬miyat kasb etuvchi tushuncha bo‘lib, narsa-hodisalarning inson tafakkurida lazzatning uyg‘unlik, meyor, hamohanglik, mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik asosida namoyon bo‘lishidir.
Malumki, voqelik o‘z ichiga talaygina ekvivalent tushunchalarni qamrab oladi; u yagona va ayni paytda rang-barangdir, abadiy va ayni paytda o‘tkinchidir, o‘zgarmas va ayni paytda o‘zgaruvchandir. Xususan, go‘zallik o‘z mohiyatini muayyan ziddiyatlar bilan bog‘liqlikda namoyon qilib boradi. Zero, go‘zallikning dialektik ziddiyati uni yanada takomillashib borishidagi zaruriy shartdir. Ana shu zaruriy shart nafosatshunoslikda umumiy nom bilan «xunuklik» deb ataladi: u go‘zallikning dilemmasi.
Gohida shakl va mazmun go‘zalligi bir-birini dialektik tarzda inkor etadi. SHunday esa-da, bu bir tomondan ijobiy holat. Negaki, mazmun o‘z vaqtida shaklning kamchiligini ko‘rsatib, uning go‘zallashuviga turtki berib turadi yoki aksincha. Yo‘qsa yo shakl yoki mazmun xunuklikka aylanib qolishi shubhasiz.
Zotan, bu kabi holatlar hayotimizda ko‘plab uchraydi; ko‘rinishi chiroyli bo‘lgan insonlarning hammasini ham manaviyati boy bo‘lmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda barkamol emaslar.
SHu manoda aytishimiz mumkinki, xunuklik bir paytning o‘zida ham go‘zallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddidir. CHunki, xunuklik lazzatlanish tuyg‘usi mavjud bo‘lgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forig‘lashdan mahrum.
Olmon faylasufi K.Rozenkrans o‘zining «Hunuklik estetikasi» nomli asarida xunuklikni go‘zallik bilan munosabati masalasini ko‘rib chiqadi. Qizig‘i shundaki, muallif asarda hayotning og‘riqli qusurlarini emas, balki xunuklikka to‘g‘ridanto‘g‘ri go‘zallikning murosasiz inkori sifatida yonda¬shadi. Bu borada takidlaydiki, «Bizga xunuklik emas, aksincha, o‘zidagilarni bardosh bilan engib, ulardan ajralib chiqqan go‘zallikkina zavq bag‘ishlaydi. Sanat bizga xunuklikning barcha ikrchikirlarini ochiq-oydin tasvirlamog‘i lozim».
SHuni alohida takidlash o‘rinliki, estetika kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha, uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. CHunki, xunuklik kishilarda engil no¬xushlik tuyg‘usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi. Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik engil noxushliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, biroq, tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Inson tomonidan qilinadigan ayrim hatti-harakatlardan esa nafratlanish va hatto jirkanish mumkin. Mamlakat boshiga og‘ir kulfat tushganda undan o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida foydalanuvchi tuban odamga misol bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, go‘zallikning o‘zi murakkab masala bo‘lishi barobarida uning ziddi hisoblangan xunuklik ham murakkablikda qolishmaydi. SHunga qaramay, go‘zallik o‘z mukamalligiga xunuklikni bartaraf etish orqali erishadi. Zotan, ongli mavjudot hech qachon xunuklikka e’tiqod qo‘ygan emas, aksincha, go‘zallikning qudratini tan olgan.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling