Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik: Jong‘a chun dermen: ‘‘Ne erdi o‘lmakim kayfiyati?” Derki: ‘‘Bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati”. Jismdan so‘rsamki: ‘‘Bu za`fingg‘a ne erdi sabab? ’’ Der: ‘‘Anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati’’. - Ushbu g‘azal baytlari xuddi zanjir halqalari singari bog‘lanish hosil qilgan.Bordiyu g‘azaldan biror bayt olib tashlansa yoki baytlarning o‘rni almashtirilsa, mazmuniy rishta zanjir halqalari singari uzilib ketadi. O‘zbek adabiyotida yakpora g‘azallar Lutfiy ijodida shakllana boshladi va Navoiy ijodida kamolga yetdi, keyinchalik go‘zal bir an`anaga aylanib, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlar tomonidan davom ettirildi.
- G‘azaliyotda yakporalikni yuzaga keltiruvchi xilma-xil vositalar bor: shoir mantiqiy izchillikni ta`minlash uchun bir o‘rinda biror tushunchani g‘azal markaziga qo‘yib, uni har taraflama izchil tasvirlasa, bir o‘rinda savol-javob usuli yoki tabiat tasviridan foydalanadi, boshqa o‘rinda esa turli poetik timsollarni ishga soladi
- Jumladan, Alisher Navoiyning yuqoridagi g‘azalida ham tadrij san`ati, savol- javob usuli, ‘‘Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur’’ deb boshlanuvchi g‘azalida esa daryo bilan bog‘liq timsollar mazmuniy yaxlitlikni yuzaga keltiruvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qilgan.Ayrim yakpora g‘azallarda lirik qahramon kayfiyat va kechinmalari muayyan hayotiy voqea bilan bog‘liq holda ham tasvirlanadi.Bunday g‘azallarda boshqa yakpora g‘azallardan farqli o‘laroq, mukammal sujet bo‘ladi.
- Yakpora g‘azallar sujetli- sujetsizligiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi:
-
- 1. Musalsal g‘azallar.
- 2. Voqeaband g‘azallar.
- ‘‘Musalsal’’ so‘zi ‘‘zanjirsimon’’ degan ma`noni bildiradi.Istilohning ma`nosidan ham ko‘rinib turibdiki,musalsal g‘azallar deganda baytlar mazmuni bir -biri bilan zanjirsimon bog‘langan, ammo sujetga ega bo‘lmagan g‘azallar nazarda tutiladi
- Yuqorida tilga olingan Navoiyning uch g‘azali ham musalsal g‘azalning yetuk namunalaridir.Voqeband g‘azallarda lirik qahramonning kayfiyat va kechinmalarishu kayfiyat va kechinmalarni yuzaga keltirgan muayyan voqea bilan bog‘liq holda tasvirlanib, o‘ziga xos tugun, voqea rivoji va yechim mavjud bo‘ladi. Alisher Navoiyning quyidagi g‘azalida bu holat ko‘zga aniq tashlanadi:
- Hava hush erdi-yu, oldimda bir qadah mayi nob
- Ichar edim vale g‘amdin qadah- qadah xunob.
- Kihozir erdi ushul sarvi nargisi maxmur,
- Valek rag‘mima qilmas edi qadahg‘a shitob…
- Bu g‘azalda ko‘zimiz oldida bir voqea- lavha jonlanadi:xushhavo kunlardan biri. Lirik qahramon oldida bir qadah toza may turibdi.U maydan quyib ichadi,lekin u xunob. Chunki uning yonida o‘tirgan yor aksiga olib shoir uzatgan qadahni olmaydi.Yomi may ich deyishga oshiqda jur`at ham,yolg‘iz may ichmoqqa mayi ham, may ichmasdan turishga toqat ham yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |