Algebra va funksional analiz” kafedrasining 2023 yil 27-aprel oyidagi №19 raqamli majlisi bayonnomasi qatnashdilar


Download 52.33 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi52.33 Kb.
#1652102
Bog'liq
№19. 27.04.2023 (2)


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Matematika fakulteti
Algebra va funksional analiz” kafedrasining
2023 yil 27-aprel oyidagi
19 raqamli majlisi
BAYONNOMASI
QATNASHDILAR: Magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyasini tashkil etish uchun komissiya a’zolari rais kafedra mudiri Omirov B.A., professorlar: – G‘anixo‘jayev R.N., Mo‘minov Q.Q., Rahimov A.A., Xudoyberdiyev A.X., dotsentlar: – Kurganov K.A., Normatov E.P., Ibragimov F.N., Kucharov R.R., Xaydarov F.X., katta o‘qituvchilar: – G‘aybullayev R.Q., Usmonov J.B., Azizov A.N., o‘qituvchilar: – Karimov U.Sh., Xushvaqtov N.E., Mavlonov I.M., Choriyeva I.B., va magistrantlar va bitiruvchi bakalavriant talabalari.
KUN TARTIBI: Kafedraning 2-kurs magistrantlarining magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha dastlabki ximoyasi ma’ruzalari.
ESHITILDI: Dastlabki ximoyani “Algebra va funksional analiz” kafedra mudiri B.A. Omirov ochib berdi va 2-kurs magistrantlaridan magistrlik dissertatsiyasini birma-bir ma’ruza qilishga quyidagi tartibda ruhsat berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Djumakulov Danisher Davlat o‘g‘li “Кубические матрицы и действия над ними” mavzusidagi tayyorlagan dissertatsiyasisining asosiy mazmuni kirish, 3ta bob va xulosa qismlaridan iborat bo‘lib, natijalar olishdagi qaysi chet el olimlarining ilmiy natijalaridan foydalanganligi bilan qatnashchilarni tanishtirdi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr etilgan ilmiy ishlarining ro‘yhatini sanab o‘tdi.

Kurganov K.A. magistrantdan ta’rif berishini so‘radi. Djumakulov Danisher savolga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Rizoyev Umidjon Raxim o‘g‘li “W*-алгебры со свойством Т” mavzusida tayyorlangan dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq olimlarning ishlarini sharxladi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar ustida to‘xtaldi. Shuningdek magistrant ma’ruza davomida magistrlik dissertatsiyasining kirish, 1-3 boblari va xulosa qismlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Haydarov F. magistrantdan kvadratik operator tushunchasiga ta’rif berishini so‘radi. Rizoyev Umidjon savolga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti O‘ktamaliyeva Dilobar Otabek qizi “Keli daraxtida Izing modeli uchun kuchsiz davriy Gibbs o‘lchovlari” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi. Shuningdek magistrant ma’ruza davomida magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va asosiy natijalarini gapirdi.

G‘anixo‘jayev R. magistrantdan Gibbs o‘lchovlari tushunchasiga ta’rif berishini so‘radi. Magistrant O‘ktamaliyeva Dilobar savolga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Xayrullayeva Dilaferuz Shuxrat qizi “Nilradikali filiform algebrasidan iborat bo‘lgan echiluvchan Li algebralarining markaziy kengaytmalari” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.

Solijanova G.O. magistrantdan barcha 5-o‘lchamlikkacha bo‘lgan nilradikali filiform algebrasidan iborat bo‘lgan echiluvchan Li algebralarining markaziy kengaytmalari ni o‘rgandizmi deb so‘radi. Magistrant Xayrullayeva Dilaferuz savolga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Hatamov Maruf “Yadrosi biror sinfdan bo‘lgan o‘z-o‘ziga qo‘shma qismiy integral operator spektral xossalari” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxatini sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.

Omirov B.A. magistrantdan kelgusida bu ishdagi ochiq muammolarni so‘radi. Magistrant Hatamov Maruf savolga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Bekmurodova Dilorom Baxodir qizi “Keli daraxtining chekli radiusli sferalar yordamida bo‘linish strukturalari” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.

Ibragimov F. magistrantdan Keli daraxti haqida so‘radi. Bekmurodova Dilorom savollarga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Pardabayev Surojiddin Bekpulatovich “Volterra tipidagi, umumiy holatda bo‘lmagan ba’zi 4-darajali stoxastik operatorlar dinamikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.

Xudoyberdiev A.X. magistrantdan stoxastik operatorlar dinamikasi haqida so‘radi. Magistrant Pardabayev Surojiddin savollarga javob berdi.

  1. Kafedraning 2-kurs magistranti Sharofboyeva Shahzoda Abror qizi “Ba’zi algebraik xossalarga ega gruppalarning lokal pozitiv tasvirlari” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi mavzusidagi va nashr etilgan ishlari haqida ma’lumot berdi.

Normatov E. magistrantdan gruppalarning lokal pozitiv tasvirlari haqida so‘radi. Magistrant Sharofboyeva Shahzoda savollarga javob berdi.
9. Kafedraning 2-kurs magistranti Xolliyeva Nargiza Orifjonovna “Chekli o’lchamli operatorlar *-algebralari” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.
Rahimov A.A. magistrantdan xos qiymat haqida ma’lumot bering deb so‘radi. Magistrant Xolliyeva Nargiza savolga javob berdi.
10. Kafedraning 2-kurs magistranti Yuldoshova Zamira Odil qizi “Локально негативные представления групп с некоторыми алгебраическими свойствами” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.
Haydarov F. magistrantdan gruppa haqida ma’lumot berishini so‘radi. Yuldoshova Zamira savolga javob berdi.
11. Kafedraning 2-kurs magistranti Toshmatova Maftunaxon Maxmudovna “Абстрактная характеризасия идеалов Шаттена С2” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi mavzusidagi va nashr etilgan ishlari haqida ma’lumot berdi.
Rahimov A.A. magistrantdan koeffitsiyentlari o‘zgaruvchi operatorlar haqida so‘radi. Magistrant Toshmatova Maftunaxon savolga javob berdi.
12. Kafedraning 2-kurs magistranti Karimov Dilshod Ismat o’g’li “Aynigan kososimmetrik matrisaga ega, uch o’lchamli simpleksda aniqlangan Lotka-Volterra akslantirishlari traektoriyalarining dinamikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi mavzusidagi va nashr etilgan ishlari haqida ma’lumot berdi.
Omirov B.A. magistrantdan Aynigan kososimmetrik matrisa haqida so‘radi. Magistrant Karimov Dilshod savolga javob berdi.
13. Kafedraning 2-kurs magistranti Yo’ldosheva Munisa Sobir qizi “ simpleksda aniqlangan uzilishga ega kvadratik stoxastik operatorlarning qo‘g‘almas nuqtalari tasnifi” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.
G‘anixo‘jayev R.N. magistrantdan uzilishga ega kvadratik stoxastik operatorlar haqida ma’lumot bering deb so‘radi. Magistrant Yo’ldosheva Munisa savolga javob berdi.
14. Kafedraning 2-kurs magistranti Kamoldinov Sardorbek Maxammadsobir o’g’li “Qo’shni sinflarda berilgan sonlarga ko’ra Keli daraxtining gruppaviy tasviri normal bo’luvchilarini qurish” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi. Shuningdek magistrant ma’ruza davomida magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va asosiy natijalarini gapirdi.
Kurganov K. magistrantdan normal bo’luvchilari haqida ma’lumot berishini so‘radi. Kamoldinov Sardorbek savolga javob berdi.
15. Kafedraning 2-kurs magistranti Elboyev Komil Elmurod o’g’li “Chekli maydonlar ustida kichik o’lchamli evolyutsion algebralar” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan qatnashchilarni tanishtirdi va bu mavzuga bog‘liq nashr etilgan ishlari ro‘yxati sanab o‘tdi va asosiy tushunchalar, tasdiq va natijalar sharhlariga to‘xtaldi.
Xudoyberdiev A.X. magistrantdan kichik o’lchamli evolyutsion algebralar haqida so‘radi. Magistrant Elboyev Komil savollarga javob berdi.

QAROR QILINDI: “Algebra va funksional analiz” kafedrasining 2-kurs magistrantlari M.Yo’ldosheva, SH. Sharofboyeva va S. Kamoldinovlarning ma’ruzalaridagi kamchiliklar aytib o‘tildi, barchalarida dissertatsiyani rasmiylashtirishda texnik kamchilik borligini va kamchiliklar to‘la bartaraf etilgach, keyin ximoyaga tavsiya qilinsin.


U.Rizoyev, M.Hatamov, S. Pardabayev, Sh.Sharofboyeva, hamda D. Karimovlar Haqiqiy o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi fanidan 1-yarim yillik bo‘yicha qayta topshirish imtixonidan ijobiy baholangandan so‘ng ximoyaga tavsiya qilinsin.
Kafedra mudiri B.A.Omirov


Kotiba SH.X.Beshimova
Download 52.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling