Algoritm va uning intuitiv, formal va kibernetik ta’riflari


Toʻg'ridan – toʻg‘ri va tezkor ichki saralash usullari


Download 43.99 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi43.99 Kb.
#1634302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
algoritm YAKUNIY

Toʻg'ridan – toʻg‘ri va tezkor ichki saralash usullari
Ichki saralashning barcha usullari toʻg'ridan–toʻg‘ri va tezkor (yoki yaxshilangan) saralash usullariga boʻlinadi. Toʻg'ridan–toʻg‘ri saralas usullari uchun 𝑛2 tartibdagi kalitlar taqqoslashi talab qilinadi va ular koʻpgina saralashlarning asosiy tamoyillarini tushuntirish uchun sodda va qulayroqdir. Bu usullar asosida yozilgan dasturlarni tushunish oson va tezkor algoritmlar dasturlariga qaraganda ancha qisqaroqdir.
Tezkor saralash usullari kam sonli amallarni talab qiladi, lekin odatda bu amallarning oʻzlari murakkabroq boʻladi va shuning uchun toʻg'ridan - toʻg‘ri usullar yetarlicha kichik n lar uchun tezroq boʻladi, garchi ulardan n ning katta qiymatlari uchun foydalanish tavsiya etilmasada. Ichki saralash usullarini, ularni belgilaydigan tamoyillarga koʻra, uchta sinfga boʻlish mumkin:
1. Qoʻyish boʻyicha saralash: elementlar birma-bir koʻrib chiqiladi va har bir yangi element oldin tartiblangan elementlar orasidagi mos keladigan pozitsiya (joy)ga qoʻyiladi. 2. Tanlash boʻyicha saralash: avval eng kichik (yoki eng katta) element tanlanadi va qandaydir tarzda u qolgan elementlaridan ajratiladi, soʻngra qolgan elementlar orasidan eng kichigi (eng kattasi) tanlanadi va u ham ajratiladi hokazo. 3. Almashtirish yoʻli bilan saralash: qoʻshni elementlarning juftlari ketma-ket koʻrib chiqiladi; agar juftlikdagi elementlar inversiyani tashkil qilsa (ya'ni ular tartiblanmagan boʻlsa), u holda ular joylari boʻyicha almashtiriladi.
Saralashning barcha toʻg'ri usullari, aslini olganda, massivning har bitta elementini har bir elementar qadamda bitta pozitsiyaga siljitadi.
Shuning uchun bunday qadamlardan O(𝑛2) tartib talab qilinadi. Har qanday takomillashtirilgan usullar saralashning har bir qadamida elementlarni uzoqroq masofalarga koʻchirish tamoyillariga asoslanadi. Bunday yondashuv saralash uchun ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi, ammo bajarish algoritmlarini murakkablashtiradi. Yaxshilangan almashtirish usullari sifatida - Sheyker saralash usuli, Hoar usuli (hozirgi kunda ma'lum boʻlgan eng tezkor ichki saralash usuli),
saralashni takomillashtirish boʻyicha - Schell usuli, toʻg'ri tanlash - binar daraxti yordamida saralashlash kabi usullarni keltirish mumkin.



Download 43.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling