Algoritm va uning intuitiv, formal va kibernetik ta’riflari
Qoʻyish boʻyicha saralash
Download 43.99 Kb.
|
algoritm YAKUNIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toʻgridan-toʻg‘ri tanlash boʻyicha saralash
Qoʻyish boʻyicha saralash
Ushbu a[1], a[2], ..., a[n] koʻrinishidagi massiv elementlarini qoʻyish usuli boʻyicha saralash jarayonini koʻrib chiqaylik. Dastlab, a massivdan berilishidayoq kamaymaydigan qilib tartiblangan qismi, masalan, a[1] ≤ a[2] ≤ ... ≤ a[i-1] va tartiblanmagan a[i], a[i + l], .. ., a[n] qismlari ajratiladi. Keyin, 1 qadam bilan, i = 2 dan boshlab, a massivning tartiblanmagan qismidagi a[i] elementni a massivning tartiblangan qismidagi elementlari bilan taqqoslashlar olib boriladi va u yerda a[j-l] ≤ a[i] ≤ a[j] shartni qanoatlantiruvchi j indeksi (kalit) aniqlanadi (1 ≤ j ≤ i -1). Agar shunday indeks topilsa, u holda tegishli joyga a[i] elementi qo ‘yiladi. Buning uchun tartiblangan qismning elementlari bitta pozitsiya oʻngga siljiydi: a[j], ... , a[i-1]. Shundan soʻng, i ning keyingi qiymatiga oʻtish amalga oshiriladi. Aks holda, ya’ni a[i] element tartiblangan qismga tegishli boʻlmasa, boshqarish boʻyicha birdaniga i ning keyingi qiymatiga (ya’ni a[i+1] ga) oʻtiladi. Har bir qadamda massivning tartiblangan qismi bitta elementga oshib boradi. Shubhasiz, toʻliq saralash (tartiblash) uchun n -1 ta qadam talab qilinadi. Bu yerda: n - a massivdagi elementlar soni. Toʻg'ridan-toʻg‘ri tanlash boʻyicha saralash Berilgan n ta elementli A massivni toʻg‘ri tanlash usuli boʻyicha kamaymaydigan (oʻsmaydigan) tartibda saralash quyidagi algoritm oʻyicha amalga oshiriladi. 1. Berilgan massivning minimal (maksimal) qiymatli elementi tanlanadi (yoki kaliti ). 2. Tanlangan element va birichi element joylari almashtiriladi. 3. Bu jarayon massivning qolgan n - 1 ta element bilan, keyin n - 2 ta elemenit bilan va hokazo takrorlanadi. Bu jarayon, toki massivda faqat bitta, eng katta ( eng kichik) element qolmaguncha davom ettiriladi. Hammasi boʻlib, belgilangan harakatlar ketma-ketligi uchun n - 1 marta amal bajarish kerak boʻladi. Saralash jarayonida massivning tartiblangan qismi ortadi, tartiblanmagan qismi esa mos ravishda kamayadi. Qoʻyishlar boʻyicha saralash usulida har bir qadamda berilgan dastlabki massivning faqat bitta keyingi elementi koʻrib chiqilar va tartiblangan qismning barcha elementlari, ular orasida qoʻyish uchun joy qidirilar edi. Endi boʻlsa, eng kichik (eng katta) kalit bilan bitta elementni topish uchun toʻg'ridan-toʻg'ri tanlash dastlabki massivning barcha elementlarini koʻrib chiqiladi va topilgan element massivning tartiblangan qismiga keyingisi sifatida joylashtiriladi. Download 43.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling