Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish
Download 0.54 Mb.
|
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish
Algoritm tushunchasi.
Qo‘yilgan masalani u yoki bu turini echishning algoritmlarini shakllantirish va ishlab chiqish eng ma‘suliyatli hamda muhim bosqichlardan hisoblanadi, chunki bu bosqichda keyinchalik shaxsiy kompyuterda bajarilishi kerak bo‘lgan amallarning ketma-ketligi oldindan belgilab olinadi. Algoritmda yo‘lga qo‘yilgan xatoliklar hisoblash jarayonini noto‘g‘ri bajarilishiga olib keladi, ya‘ni noto‘g‘ri natijalarni beradi. Algoritm – bu masalani echish usullarini izohlashdir, yoki boshqacha qilib aytganda, kutilayotgan natijalarni shaxsiy kompyuter tomonidan olish uchun bajarilayotgan hisoblash jarayolarining ketma-ketliklaridir. «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» izohli lo‘g‘atida quyidagi ta‘riflar keltirilgan: Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami. Dastlabki ma‘lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi xisoblash jarayoni orqali masala echimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. Algoritm atamasi o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi AlXorazmiy nomidan kelib chiqqan. U o‘zi kashf etgan o‘nli sanoq tizimida IX asrning 825 yilidayoq to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algoritm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma‘nosi bilan axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi. Algoritm quyidagi xususiyatlarga egadir: 1. Aniqliligi, ya‘ni turli hisobga olinmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va uni bajaruvchilar uchun tushunarliligidir. Ushbu xususiyatiga ko‘ra algoritmni bajarish jarayoni o‘z-o‘zidan bajariladigan xarakterga ega. 2. Natijaviyligi, ya‘ni ma‘lum bir oddiy bosqichlarni bosib o‘tgandan so‘ng kutilayotgan natijani olishga erishishdan iborat. Ommaviyligi, ya‘ni bitta masalani echish uchun emas balki shunga o‘xshash turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi. Diskretlilik, ya‘ni algoritmni bir nechta elementar bosqichlarga ajratish imkonini mavjudiligi. Masalaning algoritmini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: ma‘lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlarni belgilab olish; ma‘lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlari ketma-ketligini ular o‘rtasidagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish asosida aniqlash; har bir bosqich mazmunini izohlash. Masalani echish algoritmini ifodalovchi hisoblash jarayonlarining algoritmlashtirish natijalari hisoblash chizmalari ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, Hisoblash chizmalarini tasvirlashning bir necha usullari mavjuddir. Bularga so‘z asosida, operatorlar va blok-chizmalar shakllari kiradi. Misol. Quyidagi formula asosida V kattalikning qiymatini hisoblash algoritmini so‘zlar asosida keltiring. n V = ai i=1 Natijaviy summani quyidagi ko‘rinishda berish mumkin: B = a1 + a2 + a3 + a4 + . . . + an B = B + ai. Echimi. V kattalikni nolga teng deb olish kerak. Ikkinchi bosqichga o‘ting. i –ni birga teng deb olish kerak. Uchinchi bosqichga o‘ting. V-ni V qo‘shilgan ai deb olish kerak. To‘rtinchi bosqichga o‘ting. i-ni N –ga teng yoki kattaligini tekshiring. Agar ha bo‘lsa 6-chi bosqichga o‘tish kerak, aks holda beshinchi bosqichga o‘ting. i –ni bittaga oshirish kerak. Uchinchi bosqichga o‘ting. 6. Hisoblash jarayonini to‘xtating. Algoritmni so‘z bilan izohlashning kamchiligi bo‘lib hisoblashlar jarayonini yaqqol qilib taqdim eta olinmaslik xisoblanadi. Lekin, ushbu usul bilan algoritmlarni qismlarga ajratishni hohlagan darajada amalga oshirish mumkin. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling