ALGORITMLASH, MODELLASHTIRISH VA DASTURLASHTIRISH
Reja:
SHaxsiy komp’yuterlarda masalalarni tayyorlash va echish bosqichlari.
Algoritm tushunchasi.
Hisoblash jarayonlarining turlari.
SHaxsiy komp’yuterlarda masalalarni tayyorlash va echish bosqichlari.
Turli xildagi masalalarni shaxsiy kompyuterlarda(SHK) echishgacha tayyorlash va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri SHK echishlar o‘z tarkibiga quyidagi bosqich-larni qamrab oladi:
masalaning qo‘yilishi; sonli usulni tanlash;
hisoblash jarayonini algoritmlashtirish;
kompyuter dasturini tuzish;
dasturni sozlash;
masalani shaxsiy kompyuterda echish va natijalarini tahlil qilish.
Masalaning qo’yilishi. Turli xildagi masalalarni echishning dastlabki bosqichi bo‘lib uning qanday qo‘yilishi hisoblanadi. Masalaning qo‘yilishi deganda, avvalom bor uni to‘g‘ri va ravon ifoda qilmoq, hamda uni to‘g‘ri echish uchun qo‘yilayotgan hamma shartlarini aniqlash tushuniladi. Undan tashqari masalani echish uchun kerak bo‘lgan birlamchi axborotlar ham aniqlanish kerakdir va hisoblanayotgan kattaliklar ro‘yhati va ularni taqdim etish shakli ko‘rsatilishi lozim.
S onli usulni tanlash. Sonli matematik usullar hisoblash jarayolarini elementar operatsiyalarga ajratishga yordam beradi, ya‘ni hohlagan masalani echishni operatsiyalarni bajarish ketma-ketligiga olib keladi. Ularning tarkibiga arifmetik operatsiyalar (<, , >, , =) va harakatlar kirib, hisoblash jarayonini tarmoqlashtirish(razvetvleniya) uchun hizmat qiladi. Aniq bir masalani echish uchun sonli usullarning barchasining orasidan shundayini tanlash kerakki, u qo‘yilayotgan masalani yaxshi darajada echishni ta‘minlab berishi lozim.
Ma‘lum bir sonli usulni tanlashda turli shartlar qatori quyidagi omillar bo‘lishi mumkinki, ya‘ni hisoblashlar natijasining aniqliligi, SHK masalani echilish vaqti, talab qilinayotgan xotira hajmi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |