Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish


Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish


Download 0.54 Mb.
bet2/8
Sana26.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1723166
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Algoritmlash, modellashtirish va dasturlashtirish

Hisoblash jarayonini algoritmlashtirish. Algoritmlashtirish jarayoni masalani echish algoritmini tuzishni ta‘minlaydi va birlamchi axborotni natijaviyga aylantirish bosqichlar ketma-ketligini aniqlash va ifoda etish uchun xizmat qiladi.
Masalani echish algoritmi kutilayotgan natijani olish maqsadida dastlabki ma‘lumotlar va oraliq natijalar ustidan bajarilayotgan elementar operatsiyalar tartibini aniq belgilab berishi kerakdir.
Algoritm masalani echish usuli hisoblanmaydi, balki tanlangan sonli usulni amalga oshiradi.
Agar bitta sonli usulni amalga oshirish uchun bir nechta algoritmlar mavjud bo‘lsa, u holda ular orasidan shaxsiy kompyuterdan eng samarali foydalanish uchun xizmat qiladigan usuli tanlab olinadi(tarkibida kam operatsiyalar bori kam xotira talab qiladi).
Komp’yuter dasturini tuzish. Dasturlash – bu shaxsiy kompyuter dasturlash tilida algoritmni tasvirlash jarayonidir. Agar dastur kompyuter tilida(ya‘ni kompyuter komandalarida) tuzilsa, u holda dastur to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy kompyuterda amalga oshiriladi. Dastur simvollar tilida yozilsa, u holda dastur matni translyator orqali kompyuter tiliga o‘giriladi va undan keyin u shaxsiy kom‘yuterda echiladi.
Dasturni sozlash. Dasturdagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘rilash jarayoni sozlash deyiladi. Dasturlarda sintaksis va mantiqiy xatolar bo‘lishi mumkin. Translyator tomonidan dasturni sintaksis nazorat qilish natijasida dasturlash tili tomonidan ularni tuzishda ruxsat etilmagan turli kontruktsiyalar aniqlanadi. Sintaksis xatoliklarning mavjudligi dasturning to‘g‘ri bajarilishiga yo‘l qo‘ymaydi. SHunda ham dasturning bajarilishi yakunlansa, u holda olingan natijalar shubha uyg‘otadi. Sintaktik xatoliklarni tuzatgandan so‘ng dasturchi kompyuterda olingan natijalar asosida dasturning to‘g‘ri ishlayotganini aniqlash kerak bo‘ladi. Agar olingan natijalar kutilishi kerak bo‘lgan natijalar bilan mos kelsa, u holda dasturni mukammalroq qilib yana bir bor tekshirib olish lozim. Agar natijalar noto‘g‘ri bo‘lib chiqsa, u holda biz judayam yomon bo‘lgan mantiqiy xatoliklarga duch kelgan bo‘lamiz.
Mantiqiy xatoliklarga asosan dastur mazmunini loyixalashtirayotganda yo‘l qo‘yiladi. Masalani mohiyatini tahlil qilish, algoritmini tuzish yoki dasturni o‘zini dasturlash tilida yozish vaqtida dasturchi tomonidan uning ma‘nosi bo‘yicha xatolikka yo‘l qo‘yilishi mumkindir. SHuning uchun ham dasturlashni dastlabki bosqichiga qaytib qo‘yilgan masalaning ma‘no-moxi-yatini chuqurroq o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Vujudga kelgan holat algoritmda e‘tiborga olinganmi ? Hisoblovchi(schetchik) tsikldan to‘g‘ri foydalanilayaptimi ? Hisoblovchilar uchun to‘g‘ri birlamchi va natijaviy qiymatlar ko‘rsatilganmi ? Birlamchi ma‘lumotlar dasturlash tilida mumkin bo‘lgan formatga egamimi yoki yo‘qmi ? Hisoblashlar to‘g‘ri asoslanganmi ? Ushbu savollarni shu bosqichda hal qilishga to‘g‘ri keladi. Mantiqiy xatoliklarning borligi bosib o‘tilgan bosqichlarning barchasi yoki ayrimlarini qaytadan tekshirib chiqishni talab etadi.
Yo‘l qo‘yilgan xatolikning mazmunidan kelib chiqqan holda ularni tuzatish barcha dasturni to‘liq yoki ayrim qismini masala algoritmiga kerak bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritgandan keyin qaytadan tuzishni talab etadi. Bu jarayon katta kuch va kompyuter vaqtini ishlatishni talab etadi, shuning uchun ham dasturni yozishning dastlabki bosqichlaridan e‘tibor yuqori darajada bo‘lsa uni oldini olish mumkin bo‘ladi.
Masalani shaxsiy kompyuterda echish. Dastur to‘liq sozlanib bo‘lingandan keyin birlamchi ma‘lumotlarning barcha variantlari uchun natijalarni olish maqsadida masalani shaxsiy kom‘yuterda echish amalga oshiriladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling