Alifbe bayrami senariysi zal bayramona bazatilgan (kuy yangraydi) 1 – boshlavchi
Download 66.5 Kb.
|
ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – boshlavchi
- O’qituvchi
2 – boshlavchi: Bu bolalar “Bilimlar mamlakati”dagi 25-IDUMda bilim olganlari uchun ham shunday bilimdon bo’libdilar, menimcha.
1 – boshlavchi: “Bilimlar mamlakati” shu qadar mo’jizalarga boy, u yerdagi barcha ustozlar bolalarga mehribon va bilimga kon – ki, u yerga kirgan kishi, sira chiqib ketishni istamaydi. 2 – boshlavchi: Qarang ana bu yerda yana bir qancha qizaloqlar raqsga navbat kutib turishibdi. Keling endi navbatni ularga beraylik. 1 – boshlavchi: Albatta, marhamat. Qizlar ijrosida qorqiz raqsi. Qorbobo: -Barakalla bolajonlar! Sizlar ijro etgan qo’shiq va raqslarni ko’rib qalbim quvnadi. Men ham yoshligimni esladim. Sizga bilim berib, o’qish – yozishni o’rgatgan, chin yurakdan mehnat qilayotgan aziz ustozingiz Aziza opani ham chin dildan tabriklaymiz. 2 – boshlavchi: - Albatta, bugungi bayram, tantana shu aziz ustozimizning mehnatlari natijasidir. 1 – boshlavchi: Kelinglar hozir davramizga Aziza opani ham taklif qilsak, marhamat ustoz! O’qituvchi: - Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar, Mana siz qisqa muddat ichida o’qish – yozishni bilib oldingiz. Shu munosabat bilan sizga “Savodxonlik muborak” degim keladi. Shirin - shakar bolajonlar, Bog’imdagi gul rayxonlar, Doim bo’ling siz shodonlar, Savodxonlik muborak. Qo’lingizda bo’lsin kitob, Chehrangiz go’yo oftob, Qiling doim ezgu, savob Savodxonlik muborak! Bo’ling doim sog’ – salomat, Dangasalik qilmang faqat, Mashaqqatga qiling toqat, Savodxonlik muborak! Sizlarni bugungi savodxonlik bayrami bilan tabriklab, barchangizga maktabimiz direktori Fotima Ahmadjonovna Karimova bilan birgalikda “Savodxonlik guvohnomalari”ni topshirmoqchimiz. Marhamat, ustoz! O’qituvchi: - Hurmatli uztozlar, aziz ota – onalar, shirindan shakar bolajonlar! Shu bilan bugungi “Bilimlar mamlakatida yangi yil” nomli bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Qadrli ustozlar, aziz mehmonlar. Barchangizga kirib kelayotgan yangi 2023-yil muborak bo’lsin. Yangi yil barchangizga yangi baxt, yangi quvonch olib kelsin. Qalbingizning tubida yashirinib yotgan orzu-istaklaringiz yangi yilda amalga oshsin. Sog’ – salomat bo’ling. “Yangi yil” qo’shig’i qo’yib beriladi, Qorbobo sovg’alarini tarqatadi. Bolalar bilan birga raqsga tushishadi. Mehribon ota – onagizga, ona yurtimizga, jonajon xalqimizga xizmat qiladigan bilimdon, serqirra, fidoiy farzandlar bo’lib yetishing. Bilimlarni chuqur egallang. O’z Vatanini chin dildan sevgan vatanparvarlar bo’lib yetishing. Download 66.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling