Alifbegacha bo'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish «Yozuv daftari»
Alifbegacha va aliffit davrlarida yozuv darslarini tashkil etish
Download 40.98 Kb.
|
Alifbegacha bo\'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish
Alifbegacha va aliffit davrlarida yozuv darslarini tashkil etish
O’quvchilar alifbega tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajargan bo’lishlariga qaramay, o’qituvchi navbatdagi darsni e'lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi hamda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo’yishi lozim: 1. Barmoq va qo'1 mushaklarining harakatini o’stiruvchi gimnastika mashqlarini o’tkazish. 2. Xattaxtaga mashqni yozib ko’rsatish va asosiy diqqatni qayerga jalb etishni tushuntirish (ayrim o’quvchilar harfni qanday yozishni aytib berishlari mumkin). 3. Yozuv daftarlaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish. 4. Partada to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri tutish qoidalarini eslatib o’tish. 5. Har bir qatorga nechta harf yozishni tushuntirish, o’quvchilarning yozuvini muntazam kuzatib borish. 6. Ishning birinchi qismi tugagandan so’ng (o’qituvchining savoliga qarab) o’quvchilarning yozuvlarini xattaxtadagi namuna bilan solishti-rib, yo'1 qo’yilgan xatolarini topishga o’rgatish. 7. Topshiriqni qayta tushuntirish orqali o’quvchilardagi kamchilik-larni bartaraf etish. 8. Jismoniy mashq daqiqalarini o’tkazish. 9. Ko’z bilan daftar orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish. 10. Har bir mashqni bajarishda uni tahlil qilish, zarur bo’lsa, qo’shimcha ko’rsatmalar berish. Yuqorida ko’rsatilgan talablarni o’qituvchi doim amalda qo’llashi lozim. Shu bilan bir qatorda, bu davrda o’quvchilarni asta-sekin yozuv daftaridan to’g’ri foydalanishga ham o’rgatib borish zarur. o’qituvchining ko’rsatmasiga binoan, o’quvchi daftardan zarur mashqni topishi va bajarishi lozim. Alifbegacha bo’lgan davrdan boshlab e'tibor harf va uning unsurlarini bir xil balandlikda, qiyalikda va qalinlikda yozishga qaratiladi. Ko’chirib yozish mashqlari uchun esa ayrim harf unsurlari emas, balki alohida guruhlar beriladi. Alifbegacha bo’lgan davrda bu talablarni amalga oshirish alifbe davrida darsni yanada samaraliroq olib borish uchun imkoniyat yaratadi. Alifbe davrida o’quvchilar nutq tovushlari bilan amaliy tanishadilar, so’z tuzishga, so’z va gaplarni o’qishga hamda ayrim unsurlar, harflar ishtirokida so’z va gaplarni yozishga o’rganadilar. Alifbe davrida bolalarni yozishga o’rgatish juda muhimdir. Bu davrda o’quvchilarga harf va uning unsurlari alifbe kitobida ko’rsatilgan tartibda o’rgatiladi. o’quvchilarga vaqti-vaqti bilan yozuv gigiyenasi qoidalarini eslatib turish lozim, chunki ayrim o’quvchilar yozuv bilan mashg’ul bo’lib, yozuv gigiyenasi qoidalarini unutib qo’yadilar. Alifbe davrida bajariladigan asosiy grafik ishlar quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 1. Kichik va bosh harflarni alifbe tartibida yozish. 2. Bo’g’in va so’zlarda harflarni qo’shib yozish. 3. Qo’l harakatini uzmay yozishga o’rgatish. 4. Harflarning qiyaligini va enini to’g’ri saqlashga o’rgatish. O’qituvchi ayrim harflarning unsurini noto’g’ri yozayotgan o’quvchilarga shu unsurning to’g’ri yozilishini ko’rsatib berishi lozim. Bu davrda o’quvchilarning harflarni to’liq yozmaslik yoki almashtirib yozish kabi xatolarini aniqlash mumkin. Alifbe davrida o’quvchilarning yozayotgan matnlarini uch xil yo'1 bilan tahlil qilish mumkin:
so’zlarning tarkibini aniqlash; so’zlarning ma'naviy tomonini aniqlash; d) mashqlarning grafik tasviri ustida ishlash. Shuning uchun ham «Yozuv daftari»dagi mashqlarning joylanishi «Alifbe» kitobi asosida beriladi.
Download 40.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling