Alifbegacha bo'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish «Yozuv daftari»


Download 40.98 Kb.
bet10/19
Sana15.06.2023
Hajmi40.98 Kb.
#1484737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Alifbegacha bo\'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish

Oltinchi guruh mashqlari

Darsning maqsadi. Ovalsimon shaklni chizishga o’rgatish.

Vazifa. Oval shakli bilan tanishtirish hamda uni aylana bilan qiyos qilib ko’rsatish.

O’qituvchi xattaxtada aylana va uning yoniga oval shaklini yozib, ularni solishtirib ko’rsatadi.

Ularning bir-biridan farqini tushuntiradi, aylana - bu koptok yoki tarvuzga, oval esa olxo’ri yoki qovun shakliga o’xshaydi. So’ng o’qituvchi oval shaklini tik va qiya holatda chizib ko’rsatadi.

O’quvchilar uni solishtirib ko’radilar, biri tik holatda, ikkinchisi esa chap tomonga qiya qilib yozilgan bo’ladi.

O’qituvchi oval shaklidagi bu unsurni bir tomonga zich qilib chizish shart ekanligini ta'kidlaydi. o’quvchilar uning yozilishini bir necha marta havoda bajarganlaridan so’ng yozishga ruxsat etiladi. o’qituvchi ovalning balandligi ham tayoqcha bilan baravar yozilishini eslatadi. o’quvchilar bir qatorga ikkita kichik tayoqcha va bitta oval shaklini chizadilar.

Oval shaklining orasiga qo’yilgan bu kichik tayoqchalar uning qiyaligini saqlab yozishga yordam beradi.

Yettinchi guruh mashqlari

Darsning maqsadi. Kichik harf unsurlarini qo’shib yozishda hamda ularning orasidagi masofani to’g’ri saqlashga o’rgatish.

Vazifa. Tagi ilmoqli kichik tayoqcha unsurlarini mashq qildirish hamda ularni bir-biriga qo’shib yozishga o’rgatish.

Bu vazifani to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilganligini ikkita unsur o’rtasidagi bo’shliqqa boshqa rangli qalam bilan nuqta qo’ydirish orqali ham bilish mumkin:

Agar o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta harf unsurlari orasiga to’g’ri joylashadi, aksincha, noto’g’ri bajargan bo’lsa, nuqta uchun joy topilmaydi. Bunday usul bilan vazifani tekshirish o’quvchilarda uchraydigan xatoning oldini olishning birdan-bir to’g’ri yo’lidir.

Sakkizinchi guruh mashqlari

Darsning maqsadi. «Uzunroq» va «kaltaroq» tushunchasini anglatish.

Vazifa. Ikki xil uzunlikdagi tayoqcha unsurlarini yozib ko’rsatish.

Bu vazifa ham rangli qalam bilan bajariladi. o’quvchilar bu tayoqchalarning qaysi biri uzun, qaysi biri kalta ekanini solishtirib ko’radilar.




Download 40.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling