Alifbegacha bo'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish «Yozuv daftari»


Tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish


Download 40.98 Kb.
bet8/19
Sana15.06.2023
Hajmi40.98 Kb.
#1484737
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Alifbegacha bo\'lgan davrda tayyorgarlik mashiqlarini tashkil etish

Tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish

Birinchi sinf o’quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to’g’ri olib borish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak:

1. Partada to’g’ri o’tirishga, avtoruchkani to’g’ri ushlashga va daftarning holatini to’g’ri tutishga o’rgatish.

2. O’quvchilarning husnixatga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish.

3. Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o’stiruvchi mashqlarni bajartirish.

4. Qo’l va barmoq mushaklarining harakatini o’stirish.

Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o’quvchilarni qora va rangli qalamlar, flomaster hamda yozuv daftari bilan ta'minlash lozim. o’qituvchining bu davrda rangli bo’rlardan foydalanishi yaxshi natijalar beradi.

Tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan mashqlarni ma'lum guruhlarga bo’lib, avval sodda va keyin murakkabroq mashqlarni bajarish lozim.

Mashqlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.

Birinchi guruh mashqlari

Darsning maqsadi. o’quvchilarni daftarning chiziqlari bilan tanishtirish va nuqtalarni ko’z bilan chamalashga o’rgatish.

Birinchi vazifa. o’quvchilarga bir xil masofada nuqtalar qo’yishga o’rgatish.

Ikkinchi vazifa. o’quvchilarga «baravar masofa», «yaqin», «uzoq» kabi tushunchalarni berish.

Uchinchi vazifa. o’quvchilarni daftarning qiya holati bilan tanishtirish. Bolalarga oldin daftarni tik, keyin esa qiya qilib qo’yish topshiriladi (daftarning pastki chap burchagi ko’krak o’rtasiga to’g’ri bo’lishi lozim). So’ngra daftarning qiya va tik holatlari solishtirib ko’rsatiladi hamda yozuvning qiyaligi daftarning holatiga taalluqli ekanligi bolalarga tushuntiriladi.

To’rtinchi vazifa. o’quvchilarning qalam ushlashlari tekshirib chiqiladi va qizil qalam bilan bir qator nuqta qo’yib chiqish topshiriladi.

Ikkinchi guruh mashqlari

Darsning maqsadi. Chiziqlarning qiya shaklda yozilishini ko’rsatish hamda chiziqlar orasidagi masofani to’g’ri topishga o’rgatish.

Vazifa. Kichik harflar yoziladigan chiziqlar orasiga qiya tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish.

O’qituvchi bu mashqni xattaxtada namuna qilib ko’rsatib beradi. o’quvchilar esa qizil qalamda qiya tayoqchalarni chizadilar. o’quvchilar birinchi qatorni yozib bo’lganlaridan so’ng tekshirib chiqiladi va tahlil qilinadi. Yozilgan tayoqchalarning bir xilligini tekshirish uchun ularning o’rtasiga boshqa rangdagi qalam bilan nuqtalar qo’ydiriladi:

Agar nuqtalar baravar masofada bo’lsa, o’quvchi vazifani to’g’ri bajargan, baravar masofada bo’lmasa, xatoga yo'1 qo’ygan bo’ladi. Xatoga yo'l qo’ygan o’quvchilarga shu mashqni qayta bajartirish lozim.


Download 40.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling