Alijonov ibratjon
Download 1.46 Mb.
|
ALIJONOV IBRATJON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optik kabel o‘zagi.
Muxofazalovchi qatlam. Kvars shishaning teoretik mustaxkamlik chegarasi 6000 N/mm2 qiymatidan ham juda yuqori, ingichka tolalarning mustaxkamlik chegarasi esa undan xam yuqori, ammo amaliyotda optik tolaning mustaxkamligi turli darajalarga va ichki kuchlanganlikga bog‘liq, shuning uchun optik tola ishlab chiqarish jarayonida chidamlik bo‘yicha nazoratdan o‘tadi, ammo chidamlilik bo‘yicha nazorat tekshiruvidan o‘tgan standart optik tolani uzilish bo‘yicha mustaxkamligi 10N qiymatidan oshmaydi. Optik tolalarni tashqi ta’sirlardan muxofazalash uchun qobiq ustiga birlamchi va ikkilamchi muxofazalovchi qatlam bilan qoplanadi.
Birlamchi qatlam tola ichida mikroyorilishlar paydo bo‘lishidan va mikroyorilishlarni rivojlanib ketishidan muxofazalaydi. Odatda tolaning birlamchi qoplami akrilat bilan qoplanadi va tolalarni bir-biridan ajratish uchun uning usti bo‘yaladi. Optik tolaning birlamchi muxofazalovchi qatlam diametri 245±10 mkm. Tola qobig‘ini namlikdan va vodoroddan muxofazalash uchun yupqa metallashtirilgan yoki uglerod qatlamini qo‘llash hisobiga maxsus muxofazalovchi qatlam hosil qilinadi. Bunday germetik va mustaxkamlovchi qatlam optik tolalarni tezda eskirish xolatini oldini oladi va ular ancha chuqur bo‘lgan suv osti optik kabellari uchun qo‘llanadi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek birlamchi muxofazalovchi qatlam optik kabel ichida zich ravishda joylashtirilgan optik tolalar orasida nurlanish modalari hisobiga hosil bo‘luvchi o‘zaro halaqitlardan saqlaydi. Buning uchun ishchi to‘lqin uzunligida taxminan 1dB/km miqdorda katta yutilish xususiyatiga ega bo‘lgan akrilat yoki silikon mumi yaxshi xususiyatga ega, chunki u optik tola o‘zagidan oqib chiqib tarqalib ketuvchi modalarni oldini olish maqsadida akrilat yoki silikon mum materialining sinish ko‘rsatgich qiymati optik tola qobiq sinish ko‘rsatgich qiymatidan katta bo‘lishi kerak. Optik kabel o‘zagi. Hozirgi zamon optik kabellarining o‘zak tuzilishi turli xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ular optik tolalarning joylanishiga bog‘liq bo‘lganligi hisobiga ikki guruxga bo‘linadi: zich joylashgan va bo‘sh joylashgan. Optik tolalarni kabel o‘zagida zich ravishda joylanish guruxi 6.1-rasmda keltirilgan. 4 3 a) b) 6.1-rasm. Kabel o‘zagining zich ravishda joylanish tuzilishi: 1-optik tola birlamchi va ikkilamchi qoplam orasida; 2-kuchlantiruvchi element; 3-optik tola birlamchi qatlam orasida; 4-ikkilamchi tasmali qatlam; 5-plastmassa tasma. O‘zagi bo‘shliq tuzilishdagi (6.2 – rasm) optik kabellar naychasimon (modulli) va profillangan (oraliqlarga joylashtirilgan) konstruktiv tuzilishga ega. Modulli tuzilishda (6.2,a – rasm) bitta yoki bir nechta birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan optik tolalar ikkilamchi muxofazalovchi qoplam vazifasini bajaruvchi polimer naycha ichiga bemalol ravishda joylashtiriladi. Naychaning diametri 2….3mm, shunday usul yordamida tashkil qilingan modullar markaziy kuchlantiruvchi element atrofida spiral ko‘rinishda o‘ralib chiqiladi. Ba’zi bir optik kabellarning o‘zagi bitta diametri 6…10 mm bo‘lgan markaziy naychali moduldan tashkil etilib unda birlamchi qoplamga ega bo‘lgan 50 tagacha optik tolalarni joylashtirish mumkin. Optik tolalarning montajini osonlashtirish maqsadida ular bog‘lam ko‘rinishida guruhlashtiriladi. Optik kabelning lozim bo‘lgan mustahkamlik chegarasiga erishish uchun kabel o‘zagi va muhofazalovchi qobiq orasiga yoki qobiq ichi metal simlar yoki sintetik mustahkam iplar yordamida mustaxkamlanadi.
a) b) 6.2 – rasm. O‘zagi bo‘shliq tuzilish ko‘rinishlari: 1- optik tola; 2- polimer naycha (modul); 3- kuchlantiruvchi element; 4- plastmassali tayanch o‘zak. Profillangan (o‘zak oraliqlarida joylashgan tolalar) o‘zak (6.2,b- rasm) to‘g‘ri burchakli plastmassali yoki V – ko‘rinishdagi oraliqlardan iborat bo‘lgan plastmassa o‘zak spiral shaklda joylashtirilgan o‘zakdagi kesilgan oraliqlarga birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan bitta yoki bir nechta optik tolalar bemalol joylashtiriladi. Kabelning kuchlantiruvchi elementi kabelning o‘zak o‘qi bo‘yicha joylashgan. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling