Alijonov ibratjon
Download 1.46 Mb.
|
ALIJONOV IBRATJON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrofob to‘ldirgichlar
- 6.2. Turli joylarda qo‘llanuvchi optik kabellarning tuzilishlari.
Zirh qoplamlari. Odatda yer ostiga yotqizilgan optik kabellarni tuproq bilan ko‘mishda hosil bo‘luvchi bosimdan muxofazalash uchun zirx qoplamlari qo‘llanadi Zirx qoplamlari odatda po‘lat simlardan iborat bo‘ladi ammo oxirgi paytda zirx qoplami uchun ingichka po‘lat sim to‘qimalaridan va aramid ip to‘qimalari yoki kuchlantiruvchi shisha tolalaridan iborat bo‘lgan plastmassa tasmalar qo‘llanadi. Suv osti kabellarining zirx qoplami ikki qavat zirx qatlami rux bilan qoplangan po‘lat simlardan yoki zanglamaydigan po‘lat simlardan tayyorlanadi.
Gidrofob to‘ldirgichlar. Optik kabellarni tashqaridagi ochiq joylarda yotqizishda optik tolalarni ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun gidrofob to‘ldirgichlar qo‘llanadi. Muhofazalashning usullaridan biri jele yoki gel ko‘rinishidagi gidrofob to‘ldirgichlarni qo‘llashdan iborat. Odatda bunday kompaund kabel o‘zagi ichiga 65…70°S haroratda bosim ostida kiritiladi. Kabel o‘zagi ichiga suv kirib ketishidan muhofazalash uchun nam tegishi bilan shishib ketuvchi kukunlar, tasmalar yoki iplar qo‘llanadi. Kukunni kabel o‘zagi ichiga kiritilsa, tasma va iplar esa optik tolalardan iborat bo‘lgan element ustiga yoki kabel o‘zagi ustiga o‘raladi. O‘ralgan muhofazalovchi qurilmalar nam tegishi bilan butun hajmi bo‘yicha shishib ketadi va optik kabelning butun bo‘shlig‘ini suv yoki namlik kirib bormasligi uchun to‘ldirib boradi. 6.2. Turli joylarda qo‘llanuvchi optik kabellarning tuzilishlari. Optik kabelning konstruktiv tuzilishida kabellarning yotqizilishi va ekspluatatsiya qilish sharoiti albatta e’tiborga olinadi. Yer osti kabellari. Hozirgi zamon optik kabellarining yotqizilishida kabel yotqizgichlar yordamida yoki oldindan tayyorlangan transheyalarga yotqizilib, ular kabelni har qanday yuklamalardan muhofazalashni talab etmaydi. Ammo ekspluatatsiya sharoitida optik kabelni vertikal ravishda ko‘miladigan tuproq bosadi. Bundan tashqari agar optik kabel avtomobil harakatlanuvchi yo‘lning tagiga yotqizilgan bo‘lsa, u holda yotqizilgan kabelga harakatlanuvchi avtotransport bosimi ham qo‘shimcha ravishda bosadi. Optik kabelni o‘rab turuvchi muhit haroratini o‘zgarishi o‘z navbatida mexanik ta’sirlarga sabab bo‘ladi. Optik kabelga tuproq tomonidan turli haroratning chiziqlik kengayishi hisobiga tashqi kuch ta’sir etadi, bu esa kabelni o‘zida ko‘ndalang strukturaning bir jinsli bo‘lmaganligi hisobiga ichki kuchlanish hosil bo‘ladi. Optik kabelga shuningdek tuproq qa’ridagi turli xil ximiyaviy agressiv aralashmalar va namlik ta’sir ko‘rsatadi va u optik kabelning xizmat ko‘rsatish muddatini va mustahkamligini chegaralaydigan asosiy faktor bo‘lib hisoblanadi. Ko‘rib chiqilgan ekspluatatsiya sharoitlari yer ostida yotqiziluvchi optik kabellarning konstruktiv tuzilishini aniqlab beradi, bular: optik tolaning bemalol joylanishi optik tolaning spiral orlaqlariga yoki modullarini girofob kompaundlar yoki boshqa muhofazalovchi qoplamalar va to‘qimalar yoki zirx qoplami yordamida optik tolalarni to‘ldirish yo‘li bilan germitizatsiya qilinadi 6.4-rasmda ko‘plab ravishda qo‘llanuvchi yer osti optik kabelning konstruktiv tuzilishi keltirilgan. Kabelning bir qancha konstruktiv elementlari metal elementlarsiz bo‘lishi mumkin. 6.4-rasm. Yer osti optik kabelining ko‘ndalang kesimi yuzasi: 1-markaziy kuchlantiruvchi element ; 2- optik tola; 3- optik modul; 4-muhofazalovchi qobiq; 5-gidrofob kompaund; 6-zirx qoplami; 7-tashqi qobiq. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling